O'qildi: 38
Oktabr 12, 2025
/ 20 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Hayvonlarni soʻyish
Savol
Hayvon terisidan foydalanish mezonlari qanday? Go‘shti iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz, terisi oshlangan yoki oshlanmagan bo‘lishining ahamiyati bormi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Islomiy qoidalarga ko‘ra so‘yilgan, go‘shti halol hayvonlarning terilari pokdir. Chunki bu terilar so‘yish jarayonida poklanadi. Bunga tuya, sigir, qo‘y, kiyik, quyon va shu kabi hayvonlarning terilari kiradi, u xoh oshlangan bo‘lsin, xoh oshlanmagan bo‘lsin.
Go‘shti iste’mol qilinmaydigan hayvonlar, masalan, it, bo‘ri, arslon, fil va shunga o‘xshash hayvonlarning terisiga kelsak, ular so‘yilgan, tabiiy o‘lgan yoki o‘ldirilgan bo‘lishidan qat’i nazar najasdir. Ular shariatga muvofiq so‘yilgan taqdirda ham halol yoki pok bo‘lmaydi, balki nopokligicha qoladi. Kuchliroq fikrga ko‘ra, bu hukm terining oshlangan yoki oshlanmaganligiga bog‘liq emas. Chunki ko‘pchilik ulamolar fikricha, shar’iy yo‘l bilan so‘yilib poklanmagan hayvon terilari oshlash orqali ham poklanmaydi.
Ammo go‘shti halol bo‘lgan, lekin islomiy qoidalarga muvofiq so‘yilmay nobud bo‘lgan hayvonlarning terilari oshlansa, pok bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, hayvonlarning terilarini uch turga bo‘lish mumkin:
Birinchi qismi: Oshlangan yoki oshlanmaganidan qat’i nazar pok bo‘lgan terilar. Bular shariatga muvofiq so‘yilgan va go‘shti iste’mol qilinadigan hayvonlarning terisidir.
Ikkinchi qismi: Oshlashdan oldin ham, keyin ham pok bo‘lmaydigan terilar. Ular nopok, najasdir. Bunga go‘shti iste’mol qilinmaydigan hayvonlarning, masalan, it va cho‘chqalarning terilari kiradi.
Uchinchi qismi: Oshlangandan so‘ng pok bo‘lib, oshlashdan oldin nopok hisoblangan terilar. Bular go‘shti yeyiladigan hayvonlarning terilari boʻlib, agar ular noshar’iy so‘yilgan yoki harom o‘lgan bo‘lsa, ularning terilari faqat oshlash bilangina pok boʻladi.
Bu javob foydali bo’ldimi?