Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Gʻayridinlarni Islomga chaqirish » Musulmonga turmushga chiqish uchun Islomga kirish
Fatvo: 1656

O'qildi: 139

09.10.2025

/ 17 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Musulmonga turmushga chiqish uchun Islomga kirish

Savol

Mening asli Pokistonlik musulmon do‘stim (yigitim) bor. U hozir Yevropadagi bir davlatda yashamoqda, men esa Yevropaning boshqa bir davlatida yashayman va men nasroniy diniga e’tiqod qilaman. U mendan unga turmushga chiqishimni so‘radi va men rozi bo‘ldim, ammo muammo uning oilasida. Ular unga kelin tanlab qo‘yishgan, lekin u o‘sha qizga uylanishni xohlamaydi. Biroq, agar men Islomga kirmasam, u otasining hurmati uchun har qanday narsaga rozi bo‘lishi mumkin. Agar shunday yoʻl tutsam, u otasi bizning nikohimizga rozi bo‘lishiga umid qilyapti. Buni bilgach, undan: «Oilangiz sizning g‘arblik qizga uylanishingizga qanday munosabat bildiradi?», deb so‘radim. Biroq u bu savolga javob bera olmadi. Endi mening savolim: uning oilasining bu masalaga munosabati haqida qanday fikrdasiz? Agar men musulmon bo‘lsam, otasi rozi bo‘lishi mumkinmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Reaksiyalarni oldindan aytish qiyin bo‘lsa-da, ota-onalar ko‘pincha o‘g‘illarining o‘z xohishlariga ko‘ra uylanishini istaydilar. Ular odatda o‘z yurtlaridan, o‘zlari yashayotgan jamiyatning urf-odatlari va tabiatiga yaqin bo‘lgan ayolni tanlashadi. Ayniqsa, G‘arb mamlakatlaridagi axloqsizlik va g‘arblik ayollar munosabatlaridagi tartibsizliklarni e’tiborga olishsa, o‘g‘illarining g‘arblik ayolga uylanishi ular uchun oson bo‘lmasligi mumkin. Shuningdek, ular o‘g‘illari o‘zlariga yaqin bo‘lishini xohlashadi va agar u chet ellikka uylanib olsa, uni kam ko‘rishdan xavotirga tushishlari mumkin. Qolaversa, ular kelajakda farzandlarni noislomiy muhitda tarbiyalash oqibatlari haqida ogohlantirishi mumkin. Boshqa tomondan, o‘g‘illarining odobli, to‘g‘ri yo‘ldagi musulmon qizga uylanishini eshitsalar, rozi bo‘lishlari mumkin, ayniqsa o‘g‘illari o‘qishni tugatgach G‘arbda qolib ishlasa va ota-onalar o‘g‘illarining xohishiga e’tibor bersalar. Bu, albatta, oiladan oilaga qarab farq qiladi.

Nima boʻlgan taqdirda ham, bu odamga turmushga chiqsangiz ham, chiqmasangiz ham, Islomga kirib hech narsa yo‘qotmaysiz. Agar musulmon bo‘lib, shu erkakka turmushga chiqsangiz, ikkovingiz ham harom munosabatdan tavba qilganingizdan so‘ng, orzuingizga erishasiz. Agar bu nikoh sizga nasib etmasa, ehtimol Alloh sizga boshqa bir pok va solih musulmon yigitni yo‘llar, siz u bilan turmush qurib baxtli bo‘larsiz. Bu yerda eng muhimi, Allohni rozi qilish uchun Uning diniga amal qilishga intilish boshqa barcha mulohazalardan muhimroq ekanini tushunib yetishingizdir. Har holda, umid qilamizki, siz musulmon bo‘lasiz va umidlaringiz Allohning qonunlariga muvofiq ro‘yobga chiqadi. Ishonchingiz va savolingiz uchun tashakkur.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Xitoy millatdoshining Islom diniga ishtiyoqi va qalbidagi xavotirlari

    Islomni qabul qilishni orzu qilaman, lekin oziq-ovqat, ayniqsa cho‘chqa go‘shti masalasida ba’zi tashvishlarim bor. Men hali ham ota-onam bilan birga yashayman, biz asli xitoylikmiz va choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taom dasturxonimizdan aslo arimaydigan asosiy kundalik taomlardan hisoblanadi. Men Islomni qabul qilib, uyda ular bilan birga yashashda davom etsam, bilmagan holda yoki oldindan xabarim boʻlmay, choʻchqa goʻshtini tovuq goʻshti deb yeb qoʻyishdan xavotirdaman. Oilaviy yig‘inlar yoki tadbirlarda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taomlardan o‘zimni tiyishga harakat qilaman, agar yeyishga majbur bo‘lsam, Allohga istigʻfor aytaman. Agar Islomni qabul qilsam va choʻchqa goʻshtini yeyishga majbur boʻlsam, Allohdan magʻfirat soʻrashim kerakmi? Men bu masaladan juda xavotirdaman va sizning maslahatingizga juda muhtojman.
  • Islomdan toʻsuvchi va loqaydlikka undovchilar

    Men so‘nggi bir necha oyni Islomni o‘rganish va tadqiq qilishga bag‘ishladim hamda yaqinda Qur’onni o‘qishni boshladim. Qalbimda shahodat kalimasini aytishga tayyorligimni his qilmoqdaman, ammo ba’zi musulmon do‘stlarim menga ishonishmayapti. Ular bu hayotni o‘zgartiruvchi qarorni shoshma-shosharlik bilan qabul qilmasligim haqida ogohlantirmoqdalar. Biroq, men chindan ham bu qadamni tashlashga tayyorman. Menga Islomga e’tiqod qilishim va Alloh barcha olamlarning Robbi, yagona Iloh ekanligiga guvohlik berishim uchun nima qilishim kerakligi haqida maslahat bera olasizmi? Shuni bilib qo‘yingki, men hayotimda hech qachon shoshilinch qaror qabul qilmaganman. Rahmat.
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?
  • Islomga kirish basketbol o‘yinidan qaytaradimi?

    Men musulmon bo‘lmagan yosh yigitman. Agar Islom dinini qabul qilsam basketbol o‘ynashim joiz bo’ladimi?