O'qildi: 44
Sentabr 30, 2025
/ 8 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Haj va umradagi xatolar
Savol
Onam Ramazon oyi boshida vafot etdilar va ilgari farz hajni ado qilmagan edilar. Shu sababli, u kishi uchun haj qilmoqchiman, ammo o‘zim ham hali haj farzini ado etmaganman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolodan onangizga bo‘lgan ezgu tuyg‘ularingiz va uning vafotidan so‘ng ham unga manfaat yetkazish va yaxshilik qilishga intilganingiz uchun sizni mukofotlashini so‘rayman. Savolingizga kelsak, agar musulmon kishi boshqa birov uchun haj qilmoqchi bo‘lsa, avvalo o‘zi uchun haj qilishi shart. Buning dalili quyidagicha:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishining «Shubrumaning nomidan labbayka!» deb aytayotganini eshitib, «Shubruma kim?», dedilar. «Mening akam [yoki qarindoshim]», dedi. «O‘zing uchun haj qilganmisan?», dedilar. «Yo‘q», dedi. «Avval o‘zing uchun haj qil. So‘ngra Shubrumaning nomidan haj qil», dedilar» (Abu Dovud, 1811; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1811).
Allohdan onangizni mag‘firat qilishini va O‘z rahmatiga kiritishini so‘raymiz. Alloh taqvodorlarning valiysidir.
Bu javob foydali bo’ldimi?