O'qildi: 7
05.03.2026
/ 16 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani buzadigan narsalar
Savol
Ramazon kunlaridan birida bomdod namozidan keyin uxlab qoldim va ehtilom bo‘lib, maniy chiqdi. Bu holat mening nazoratimdan tashqarida yuz berdi. Agar o‘sha kuni ro‘zani davom ettirib, kunni ro‘zador holatda yakunlasam, ro‘zam qabul bo‘ladimi?
Ikkinchi savol: Bu turdagi tushlar iblisdandir, lekin u Ramazonda zanjirband qilingan-ku (unda qanday qilib ehtilom bo‘ldim)?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning xulosasi:
Ramazon kunduzida ehtilom bo‘lish ro‘zani buzmaydi, chunki bu insonning ixtiyori va toqatidan tashqari ish bo‘lib, uni to‘xtata olmaydi. Agar ehtilom bilan birga maniy chiqsa, ibodatning durust bo‘lishi uchun g‘usl qilish vojib bo‘ladi.
Bafasil javob:
Ramazon kunduzida ehtilom bo‘lish ro‘zani buzmaydi, chunki bu insonning ixtiyori va toqatidan tashqari ishdir va kishi uni to‘xtata olmaydi. Alloh azza va jalla aytadi:
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga buyurmaydi» (Baqara: 286).
Ibn Qudoma shunday degan: «Agar ehtilom bo‘lsa, ro‘zasi buzilmaydi, chunki bu uning ixtiyorisiz sodir bo‘lgan. Bu xuddi uxlayotganida tomog‘iga biror narsa kirib ketganiga o‘xshaydi», iqtibos tugadi («Mug‘niy», 3/22).
Doimiy Qo‘mitadan Ramazon kunduzida ehtilom bo‘lgan kishi haqida so‘raldi, ular shunday javob berdilar:
«Kim ro‘zador yoki haj va umraga ehrom bog‘lagan holda ehtilom bo‘lsa, unga gunoh ham, kafforat ham yo‘q va bu uning ro‘zasiga ta’sir qilmaydi. Agar maniy chiqargan bo‘lsa, unga janobatdan g‘usl qilish vojib bo‘ladi» (Doimiy Qo‘mita fatvolari, 10/274).
Ehtilom – bu: «uyquda jinsiy aloqani ko‘rish».
Bu Alloh odamlarni – erkak va ayollarni – yaratgan fitriy narsalardandir.
Mo‘minlarning onasi Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Abu Talhaning ayoli Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, Alloh haqdan hayo qilmaydi. Agar ayol kishi ehtilom bo‘lsa, unga g‘usl lozimmi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, agar suvni ko‘rsa», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 282; Sahihi Muslim, 313).
Ehtilomdan murod – uxlayotgan kishining jinsiy aloqani tasavvur qilishidir.
Imom Buxoriy oʻz sahihida rivoyat qilgan hadisda:
Abu Qatoda Ansoriy (u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan va suvoriylaridan edi) aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Yaxshi tush Allohdan, yomon tush shaytondandir. Birortangiz o‘zi yoqtirmagan yomon tushni ko‘rsa, chap tomoniga tuflasin va un(ing yomonligi)dan Allohning panohini tilasin, shunda unga aslo zarar qilmaydi», deganlarini eshitdim» (Sahihi Buxoriy, 7005; Sahihi Muslim, 2261). Bundan maqsad shayton bunga undagan yoki sabab bo‘lgan degani emas.
Jinlarning itoatsizlari Ramazonda zanjirband qilinishi shaytonlarning vasvasa qilish va yomonlikka buyurishdan to‘xtashini anglatmaydi, lekin bu Ramazonda boshqa oylarga qaraganda kamroq bo‘ladi. Buning ta’siri seziladi va kuzatiladi.
Ibn Hajar dedi: «Yomon tushning shaytonga nisbat berilishi, u sodiq tushdan farqli o‘laroq, shaytonning yolg‘onchilik, qo‘rqitish va shu kabi xislatlariga mos kelgani uchundir. Sodiq tush esa, ulug‘lash ma’nosida Allohga nisbat beriladi, vaholanki, barcha narsa Alloh tomonidan yaratilgan va taqdir qilingandir…», iqtibos tugadi («Fathul Boriy», 12/393).
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?