Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzani buzadigan narsalar » Atir zarralari ro‘zani buzadimi?
Fatvo: 13967

O'qildi: 6

03.03.2026

/ 14 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Atir zarralari ro‘zani buzadimi?

Savol

Maktabimda bir oʻquvchi qiz doim ko‘p miqdorda atir sepadi. Baʻzan uning sachragan zarralari tomog‘imga yetib borayotganini his qilaman. Bu ro‘zamni buzadimi yoki yo‘qmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Ushbu masala savolga taalluqli boʻlgani va muhim mavzu ekani bois 1200-savolning javobiga murojaat qiling, unda «Erkak va ayollarning o‘zaro aralashib yurishi haromligining dalillari» keltirilgan.

Ikkinchidan: ayol kishi uyidan atir sepib chiqishi joiz emas. Qaysi ayol-qiz shunday qilsa, o‘zini alamli azobga duchor qiladi. Hadisi sharifda keladi:

عَنِ الْأَشْعَرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُّمَا امْرَأَةٍ اسْتَعْطَرَتْ، فَمَرَّتْ عَلَى قَوْمٍ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ زَانِيَةٌ»

G‘unaym ibn Qays Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir ayol atir sepib, odamlar uning hidini sezsin deb ularning oldidan o‘tsa, u zinokordir», dedilar» (Nasoiy, 5126; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Nasoiy», 5141).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidga chiqadigan ayolga xushbo‘ylik surtmaslikni buyurdilar. Kim shunday qilsa, g‘usl qilishi lozim. Hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا خَرَجَتِ الْمَرْأَةُ إِلَى الْمَسْجِدِ، فَلْتَغْتَسِلْ مِنَ الطِّيبِ كَمَا تَغْتَسِلُ مِنَ الْجَنَابَةِ»

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Agar ayol kishi masjidga boradigan bo‘lsa, xuddi junublikdan keyin g‘usl qilganidek, o‘zidagi xushbo‘yliklardan (ya’ni ularni yuvib tashlash uchun) g‘usl qilsin» (Nasoiy, 5127; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Nasoiy», 5142).

Uchinchidan: Ro‘zadorning atir hidlashiga kelsak, buning zarari yo‘q. Shayx Ibn Usaymindan bu haqda so‘ralganda, u kishi shunday dedilar: «Ramazonning kunduz kunlarida atirlardan foydalanish va ularni hidlash joiz. Biroq tutatqi (baxur)ni hidlamaslik kerak, chunki uning tarkibida oshqozonga yetib borishi mumkin bo‘lgan zarrachalar (tutun) mavjud», iqtibos tugadi («Fatovo Islomiya», 2/128).

Agar o‘sha ayolning atiri hidining zarralarini tomog‘ingizda sezsangiz ham, inshaalloh, roʻzangizga ta’siri yo‘q. Ro‘zaning ochilishida e’tibor jismi bor narsaning qasddan ichkariga yetib borishiga qaratiladi, hidning esa jismi yo‘q. Shuningdek, bunda sizning ixtiyoringiz va qasdingiz yo‘q. Alloh azza va jalla aytadi:

﴿وَلَٰكِنْ مَا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ﴾

«Lekin ko‘ngillaringiz (bilan) qasd qilgan narsadagina (gunohkor bo‘lursizlar)» (Ahzob: 5).

Alloh taolo yana dedi:

﴿رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِ﴾

«Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama!» (Baqara: 286).

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish

    Ba’zi ro‘zadorlar Ramazon oyida kunning aksar qismini videoplatformalar va televizorda filmlar hamda seriallar tomosha qilib, shuningdek, qarta o‘ynab o‘tkazadilar. Buning shar’iy hukmi qanday?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Ro‘zadorning burni qonashi

    Ro‘zador kishining burnidan qon ketishining hukmi qanday? Chunki men shu holatga duch keldim.
  • Shahvatsiz maniy kelishi

    Ramazon kunduzida roʻza paytida ehtilom yoki masturbatsiyasiz maniy suyuqligi kelishidan shikoyatim bor. Bu ro‘zamga ta’sir qiladimi?
  • Qayt qilib beixtiyor qusugʻini yutib yuborsa, roʻza buziladimi?

    Roʻzador kishi qayt qildi, soʻng qasddan boʻlmagan holda qusugʻidan bir qismini yutib yubordi, uning roʻzasining hukmi qanday?
  • Musiqa eshitsa roʻza buziladimi?

    Ramazonda musiqa eshitishning hukmi nima va u roʻzaning sahihligiga taʼsir qiladimi?