O'qildi: 32
25.02.2026
/ 8 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Taroveh namozi va qadr kechasi
Savol
Musulmon kishi taroveh namozini uyda o‘qishi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, necha rakaat oʻqish kerak? Uning maxsus duolari bormi?
Ro‘zador holatda yuzga yoki badanning boshqa qismlariga krem surtish joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Taroveh namozini Ramazon kechalarida erkaklar uchun masjidda jamoat bilan o‘qish mashru’dir,
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Darhaqiqat, kim imom bilan to namozini tugatgunicha birga namoz o‘qisa, unga kechani to‘liq (ibodat bilan) o‘tkazganlik ajri yoziladi», dedilar» (Termiziy, 806; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 806).
Shunday boʻlsa-da, agar kishi tarovehni uyida o‘qisa, unga gunoh yo‘q va namozi durustdir. Ammo Ramazondan boshqa paytda esa, kishining tungi namozni uyida o‘qishi mashru’dir.
Ayol kishiga kelsak, uning uyida namoz o‘qishi afzaldir. Agar masjidda o‘qimoqchi bo‘lsa, man qilinmaydi.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayollaringizni masjidlardan man qilmanglar. Lekin ular uchun uylari yaxshiroq», dedilar» (Abu Dovud, 567; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 7458).
Va sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Allohning cho‘rilarini Allohning masjidlaridan to‘smanglar» (Sahihi Buxoriy, 900; Sahihi Muslim, 442).
Roʻzadorning yuziga va badaniga krem surtishining moneligi yo‘q. 2299-raqamli fatvoda «Dorilarning ro‘zaga ta’siri» haqida batafsil javob berilgan.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?