O'qildi: 35
19.02.2026
/ 2 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻza masalalari
Savol
Namoz o‘qiydigan, ammo bemor boʻlmasa ham va hech qanday uzri boʻlmay turib ro‘za tutmagan kishi kofir bo‘ladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Kim ro‘zaning vojibligini inkor qilib tark etsa, ulamolar ijmo’si bilan kofir boʻladi. Kim roʻzani dangasalik va beparvolik bilan tark etsa, ba’zi ahli ilmlar bunday kimsani ham kofir deyishgan. Ammo, toʻgʻriroq qavl shuki, bunday kimsa kofir bo‘lmaydi, lekin Islomning farzligiga ijmo’ qilingan bir ruknini tark etgani uchun katta xatarda qoladi va u hokim tomonidan uni tiyadigan jazo hamda ta’zirga loyiqdir. Bunday kimsa Alloh subhanahu va taologa tavba qilish bilan birga tark etgan ro‘zasining qazosini tutishi vojib bo‘ladi (Doimiy Qo‘mita fatvolari, 10/143).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?