O'qildi: 40
23.02.2026
/ 6 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻza masalalari
Savol
Biz Ramazon oyida shaytonlar kishanlanishini bilamiz, Alloh ulardan asrasin. Shuningdek, sehrgarlar, Allohning la’nati bo‘lsin ularga, bu muborak oyda ham ish qiladilarmi, shu haqida ma’lumot olmoqchi edim.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning qisqacha mazmuni:
Ha, shaytonlar Ramazonda insonni vasvasa qiladi va sehrgarlar ham Ramazonda ishlaydi. Lekin bu, shubhasiz, Ramazondan boshqa vaqtdagidan kamroq bo‘ladi. Bunga iflos nafslar, qabih odatlar va inson shaytonlari sabab bo‘ladi.
Batafsil javob:
Ha, shaytonlar Ramazonda insonni vasvasa qiladi va sehrgarlar ham Ramazonda o‘z ishlarini amalga oshiradi. Lekin bu, shubhasiz, Ramazondan boshqa vaqtdagidan kamroq bo‘ladi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan sobit bo‘lgan hadisda:
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon kirganda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3277; Sahihi Muslim, 1079).
Nasoiy rivoyatida:
«Va unda yovuzlikka bel bog‘lagan shaytonlar kishanlanadi» (Nasoiy, 2427; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Nasoiy», 2105).
«Marada» «morid»ning ko‘pligi bo‘lib, u yovuzlikka bel bog‘lagan deganidir.
Bu shaytonlarning ta’siri butunlay yo‘q bo‘ladi degani emas, balki ular Ramazonda zaiflashishiga va Ramazondan boshqa vaqtda qila oladigan narsalarini qila olmasligiga dalolat qiladi.
Shuningdek, kishanlanadiganlar shaytonlarning hammasi emas, balki ularning itoatsizlari bo‘lishi ham mumkin.
Qurtubiy aytadi: Agar: «Nima uchun Ramazonda yomonliklar va gunohlar ko‘p sodir bo‘layotganini ko‘ramiz? Agar shaytonlar kishanlangan bo‘lsa, bunday bo‘lmas edi-ku?», deb soʻralsa, buning javobi quyidagicha:
«Gunohlar faqat roʻzaning shartlariga va odoblariga rioya qilgan ro‘zadorlardan sodir boʻlishi kamayadi. Yoki kishanlanganlar ba’zi rivoyatlarda kelganidek, shaytonlarning hammasi emas, balki ularning itoatsizlaridir.
Yoki maqsad unda yomonliklarni kamaytirish va bu sezilarli narsadir. Chunki Ramazonda bunday holatlarning sodir bo‘lishi boshqa vaqtlardagidan kamroqdir. Shuningdek, ularning hammasini kishanlanishi yomonlik yoki gunoh sodir bo‘lmasligini taqozo etmaydi. Zero, buning shaytonlardan boshqa sabablari ham mavjud, masalan, nopok nafslar, qabih odatlar va inson shaytonlari shular jumlasidan. «Fathul-Boriy»dan iqtibos tugadi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?