O'qildi: 49
11.02.2026
/ 23 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Taroveh namozi va qadr kechasi
Savol
Ish vaqtim imom taroveh namozini tugatmasidan oldin boshlanadi. Myen esa ishga borishim kerak. Bu holatda qanday yoʻl tutishim lozim?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Taroveh namozini imkon qadar koʻproq qismini jamoat bilan oʻqing. Ikki, toʻrt, olti yoki shunga yaqin rakʼatdan keyin ishga ketishning zarari yoʻq. Keyin namozni uyda davom ettirib, oxirida vitr namozini oʻqiysiz.
Agar siz ertaroq namoz oʻqiydigan masjidni topsangiz va ishga ketishdan oldin oʻsha yerda namozni tugatishga ulgursangiz, bu yanada yaxshiroq boʻlardi. Chunki sahih hadisda:
Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi shunday deydilar: «…Biz: «Ë Rasulalloh, tunning qolgan qismida ham bizga nafl (namoz) oʻqib bersangiz boʻlarkan?» dedik. Shunda u zot: «Darhaqiqat, kim imom bilan birga, u (namozini tugatib) qaytgunicha birga namoz oʻqisa, unga kechani toʻliq (ibodat bilan) oʻtkazganlik ajri yoziladi», dedilar» (Termiziy, 806; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 806).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?