Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Homilani ikkinchi oyida tushirgan ayolga kafforat vojibmi?
Fatvo: 11875

O'qildi: 178

25.03.2026

/ 6 Shavvol 1447

Fatvo mavzusi:

Homilani ikkinchi oyida tushirgan ayolga kafforat vojibmi?

Savol

Mening beshta farzandim bor, alhamdulillah. Alloh menga oltinchi farzandga homilador bo‘lishni ham nasib qildi. Ammo taxminan bir yarim oylik homiladorlik vaqtida uni tushirish uchun dori ichdim va natijada homila tushdi. Hozir qilgan ishimdan juda pushaymonman. Nima qilishim kerak? Menga kafforat vojib bo‘ladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan:

«Ayolning homilasi haqidagi asl shuki, uning barcha bosqichlarida shar’iy uzrsiz tushirish joiz emas. Agar homila hali nutfa (urug‘) bo‘lsa, ya’ni qirq kunlik yoki undan kam bo‘lsa va uni tushirishda shar’iy manfaat yoki onaga yetishi kutilayotgan zararni daf qilish bo‘lsa, bu holatda uni tushirish joiz. Biroq, farzand tarbiyasidagi mashaqqatdan qo‘rqish, ularning xarajatlariga qodir bo‘lmaslik yoki muayyan sonli farzandlar bilan kifoyalanish kabi shunga o‘xshash shar’iy bo‘lmagan uzrlar kirmaydi.

Ammo agar homila qirq kundan oshgan bo‘lsa, uni tushirish haromdir. Chunki qirq kundan keyin u alaqa (qon laxtasi) bo‘ladi, bu inson yaratilishining boshlanishidir. Homila ushbu bosqichga yetganidan so‘ng uni oldirish joiz emas. Faqatgina ishonchli tibbiy hay’at homiladorlikning davom etishi ona hayotiga xavf tug‘dirishi va homiladorlik davom etsa, uning o‘limidan qo‘rqishi mumkinligini tasdiqlashi bundan mustasno. Shunday ekan, sizning homilani bir yarim oylik bo‘lganidan keyin o‘zboshimchalik bilan tushirishga jur’at qilishingiz… harom ishga jur’at qilishdir. Siz bundan sidqidildan tavba qilishingiz va kelajakda bunday yomon ishga qaytmasligingiz vojibdir». Iqtibos tugadi («Doimiy Qoʻmita fatvolari», 21/450).

Ikkinchidan:

Kafforatga kelsak, u sizga vojib emas. Buning sababi, kafforat faqat ruh puflangan homilani tushirish bilangina vojib boʻladi, bu esa homiladorlikka bir yuz yigirma kun boʻlganidan keyin sodir boʻladi.

«Agar tushirilgan homilaga ruh puflangan boʻlsa, yaʼni unga toʻrt oy yoki undan koʻproq boʻlgan boʻlsa, u holda ayolga kafforat vojib boʻladi. Bu moʻmin qulni ozod qilishdir. Agar topa olmasa, ketma-ket ikki oy roʻza tutadi. Agar unga ruh puflanmagan boʻlsa, uni tushirgani uchun gunohkor boʻladi, lekin unga kafforat vojib emas. Unga faqat tavba va istigʻfor aytish lozim boʻladi», iqtibos tugadi («Doimiy Qoʻmita fatvolari», 21/434).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Piramida marketing sxemalari

    Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

    Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.
  • «CadenzaX Music» platformasi orqali pul topish hukmi

    Men sizlardan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan «CadenzaX music» nomli platformaga (yoki shunga o‘xshash loyihalarga) qo‘shilish va undan daromad topishning Islomdagi hukmi haqida so‘ramoqchi edim. Bu sahifaning ishlash tizimi va daromad ko‘rish tartibi quyidagicha: 1. Sayt yoki ilova foydalanuvchilarga ma’lum musiqalarni eshitish, layk bosish yoki qandaydir oddiy vazifalarni bajarish evaziga pul to‘lashni va’da qiladi. 2. Ko‘proq pul ishlash uchun foydalanuvchidan dastlab o‘z yonidan pul kiritib, maxsus «VIP» darajalarni sotib olish talab etiladi. 3. Sayt qoidalariga ko‘ra, orqangizdan yangi odamlarni taklif qilsangiz va ular ham pul kiritsa, ularning sarmoyasidan sizga ma’lum foizlarda bonus (daromad) beriladi. Meni shubhalantirgan jihati shundaki, tizimning asosi aslida musiqa eshitish emas, balki tarmoqli marketing va moliyaviy piramidaga o‘xshab ketadi. Chunki tizim asosan yangi qo‘shilganlarning pullari hisobidan eskilariga pul to‘layotgandek ko‘rinadi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?