Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 1180

O'qildi: 8

Avgust 7, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi:

Tahorat duolari

Savol

Tahorat olish asnosida aytiladigan, shariatda sobit bo‘lgan duo bormi yoki yo‘qmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan tahorat olish asnosida biror a’zoni yuvganda yoki mas’h tortganda aytiladigan duo sobit bo‘lmagan. Bu borada aytilgan duolar bid’at bo‘lib, ularning asosi yo‘qdir. Shariatda mashhur bo‘lgani – tahorat boshlanishida bismillah aytish, tahoratdan so‘ng ikki shahodatni aytish va ikki shahodatdan keyin: «Allohumma-j’alni minat-tavvabiyna vaj’alni minal-mutatohhiriyn» deb aytishdir.

Bunga dalil:

عَنْ ‌عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَوَضَّأَ فَأَحْسَنَ الْوُضُوءَ ثُمَّ قَالَ: أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ، اللَّهُمَّ اجْعَلْنِي مِنَ التَّوَّابِينَ وَاجْعَلْنِي مِنَ الْمُتَطَهِّرِينَ، فُتِحَتْ لَهُ ثَمَانِيَةُ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ يَدْخُلُ مِنْ أَيِّهَا شَاءَ».

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan biror kishi maromiga yetkazib [mukammal] tahorat qilib, so‘ngra: «Ashhadu alla ilaha allallohu vahdahu la sharika lahu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna, vaj’alniiy minal mutatohhiriyn» (ya’ni, «Men shohidmankim, Allohdan boshqa haq iloh yo‘q, u yakka-yu yagonadir, sherigi yo‘qdir va men shohidmankim, Muhammad uning bandasi va elchisidir. Allohim, meni (haqiqiy) tavba qilganlardan aylagin va poklanganlardan aylagin!), desa uning uchun jannatning sakkiz eshigi ochiladi. U o‘sha eshiklarning xohlaganidan kiradi». (Termiziy, 55; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Tamomul minna», 96).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tavassul turlari

    Tavassulning qanday turlari bor?