Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Og‘izni chayish paytida barmoqni og‘izga kiritish shartmi?
Fatvo: 1175

O'qildi: 70

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi:

Og‘izni chayish paytida barmoqni og‘izga kiritish shartmi?

Savol

Agar kishi og‘zini chayganda barmog‘ini og‘ziga solmasa, tahorati buziladimi? Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘izlarini barmoqlari bilan chayar edilar, degan rivoyat bor. Bu rivoyat sahihmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Og‘izni chayish paytida barmoqni og‘izga kiritmasdan tahorat qilish sahihdir. Mazkur rivoyatga kelsak, uni Imom Ahmad zaif isnod bilan rivoyat qilgan.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qon topshirish tahoratni buzadimi?

    Musulmon kishi donorlik qilib qon topshirishi joizmi? Agar qon topshirsa, qon topshirgandan keyin tahorat olmasdan namoz o‘qishi joizmi?
  • Musulmonlarning hojatxonadagi odoblari

    Men odob, hayo qoidalariga ko‘ra erkaklar hojat chiqarganda egilishi yoki cho‘nqayishi kerak deb tushunaman. Lekin musulmon kishining xonasi hojatxonaga yaqin bo‘lsa, erkak kishi tunash xonasida hojat idishidan foydalanmasligi hayoliroq bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Men musulmon ayollarning odob va hayo qoidalariga rioya qilishi g‘arb ayollariga nisbatan ko‘proq va kuchliroq deb bilaman. Shuning uchun musulmon ayollarni juda hurmat qilaman. Bu savolim bilan musulmonlarni tanqid qilishni yoki ularga biror bir ozor yetkazishni istamayman, shunchaki ularning odob va xulqlarini yetarli darajada bilmayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh sizni har qanday yomonlikdan saqlasin va sog‘lik-salomatlik ato etsin.
  • Maniy va maziyning farqi

    Ba’zida ertalab uyg‘onganimda ichki kiyimimda namlikni ko‘raman. Bu uyqudagi ehtilom yoki beixtiyor siyish emas, chunki maziy yoki yopishqoq suyuqlik odatda ertasi kuni ertalab uyg‘ongandan keyin chiqadi va ko‘pincha shu sababli ichki kiyimlarimni yuvaman. Avval bir kitobda o‘qigandim, unda «agar bu moddada maniy (sperma) bo‘lmasa va u shunchaki maziy bo‘lsa, g‘usl qilish shart emas, namoz uchun tahorat olish kifoya qiladi», deyilgan. Agar shunday bo‘lsa, kiyimlarni nima qilish kerak? Shuningdek, o‘zimni maziy chiqishga sabab bo‘ladigan barcha holatlardan uzoq tutishimga qaramay, ba’zi noqulay vaziyatlarda ham maziy chiqishini sezganman. Maniy bilan maziy o‘rtasidagi farq nima?
  • Agar it musulmonning kiyimini yalab qo‘ysa, hukmi nima?

    Agar it bizning badanimizni yoki kiyimimizni yalab qo‘ysa, nima qilishimiz kerak? Agarda yalangan joyni tuproq yoki loy bilan ishqalashi kerak, degan yechimni bersangiz, lekin u silliq, qimmatbaho matodan tikilgan kiyim, masalan, kostyum bo‘lsa-chi? Agar u shunday qilsa, kiyimi ko‘proq ifloslanadi. Shu sababli kiyimni toʻproq bilan ishqamasdan kimyoviy tozalash unsurlari bilan yuvsa yetarli bo‘ladimi?
  • Xatnaning foydalari uning og‘rig‘idan ustundir

    Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?