Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Tahorat » Siydik tutolmaslik kasaliga chalingan kishi har bir farz namozi uchun alohida tahorat qiladi
Fatvo: 2723

O'qildi: 56

18.04.2026

/ 1 Zulqada 1447

Fatvo mavzusi:

Siydik tutolmaslik kasaliga chalingan kishi har bir farz namozi uchun alohida tahorat qiladi

Savol

Bilishimcha, o‘z ixtiyoridan tashqari holatlar, masalan, siydik tutolmaslik va shunga o‘xshash sabablar tufayli tahoratni saqlashga qiynaladigan kishiga mashaqqat tufayli doimiy g‘usl qilish vojib emas. Balki unga har bir farz namozidan oldin tahoratini yangilash vojib bo‘ladi. Lekin ikki farz namozi orasidagi vaqt qisqa bo‘lsa, masalan, biror uzr sababli asr namozini kechiktirib, shomdan yarim soat oldin o‘qisa, nima bo‘ladi? Shu qisqa vaqt oralig‘iga qaramay, shom namozi uchun tahoratini yangilashi vojibmi? Agar juma namozi uchun tahorat qilsa, asr namozigacha tahoratli hisoblanadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siydik tutolmaslik kasalligiga chalingan kishiga, garchi avvalgi namoz uchun yaqinda tahorat qilgan bo‘lsa ham har bir namoz vaqti kirganda alohida tahorat qilishi lozim. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam istihoza ko‘rgan ayolga shunday qilishni o‘rgatganlar.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: «جَاءَتْ فَاطِمَةُ ابْنَةُ أَبِي حُبَيْشٍ إِلَى النَّبِيِّ ﷺ فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنِّي امْرَأَةٌ أُسْتَحَاضُ، فَلَا أَطْهُرُ، أَفَأَدَعُ الصَّلَاةَ؟ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: لَا، إِنَّمَا ذَلِكِ عِرْقٌ وَلَيْسَ بِحَيْضٍ، فَإِذَا أَقْبَلَتْ حَيْضَتُكِ فَدَعِي الصَّلَاةَ، وَإِذَا أَدْبَرَتْ فَاغْسِلِي عَنْكِ الدَّمَ ثُمَّ صَلِّي. قَالَ: وَقَالَ أَبِي: ثُمَّ تَوَضَّئِي لِكُلِّ صَلَاةٍ، حَتَّى يَجِيءَ ذَلِكَ الْوَقْتُ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Fotima bint Abu Hubaysh Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, men istihoza* ko‘radigan ayolman, sira pok bo‘lmayman, namozni tark etamanmi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, u tomir kasalidir, hayz emas. Hayzing kelganda namozni tark et, to‘xtasa, qonni yuvib, so‘ngra namoz o‘qiyver», dedilar». (Roviylardan biri) Hishom ibn Urva aytadi: «Otam: «So‘ngra o‘sha vaqt (yangi hayz vaqti) kelguncha har namozga tahorat qil», degan» (Sahihi Buxoriy, 228).

*Istihoza – ayol kishining rahmidan odatiy hayz va nifosdan tashqari keladigan qondir.

Abu Iso aytadi: «Oisha roziyallohu anhoning hadisi hasan sahihdir. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari va tobeinlardan bo‘lgan bir necha ahli ilmning so‘zidir. Sufyon Savriy, Molik, Ibn Muborak va Shofe’iylar ham shunga ko‘ra, istihoza ko‘rgan ayol hayz kunlaridan o‘tgach, g‘usl qilib, har bir namoz uchun tahorat oladi, deyishgan».

Ibn Hajar rahimahulloh aytadi: «Istihoza qonining hukmi hadas (tahoratsizlik) hukmidadir, shuning uchun u har bir namozga tahorat qiladi. Lekin u zotning: «So‘ngra o‘sha vaqt (yangi hayz vaqti) kelguncha har namozga tahorat qil» degan so‘zlarining zohiriga ko‘ra, o‘sha tahorat bilan birdan ortiq farz namozini, xoh ado bo‘lsin, xoh qazo, o‘qimaydi. Jumhur ulamolar shu fikrdalar» (Fathul Boriy: Hayz kitobi, istihoza bobi).

Shunga koʻra, siydik yoki yel tutolmaslik kabi doimiy hadas sohibining hukmi istihoza ko‘rgan ayolning hukmi kabidir. Siz farz namozi uchun olingan tahorat bilan o‘sha farzning vaqti chiqquniga qadar xohlaganingizcha nafl namozlar o‘qishingiz joiz.

Alloh  bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tahorat paytida bintga mas’h tortish

    Oyog‘imda chipqonga o‘xshash yara paydo bo‘ldi va davolash uchun tahorat paytida suv tegmasligi uchun yara joyini bint bilan bog‘lashim kerak bo‘ldi. Bunday holatlarda tahoratning hukmi qanday?
  • Bo‘yinga mash tortish sunnatda bormi?

    Tahorat paytida bo‘yinga mas’h tortish joizmi yoki bu Allohning Kitobida va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatida aytilmaganmi?
  • Yalang‘och holda tahorat olish hukmi

    Erkakning avrati kindikdan tizzagacha bo‘ladi. Yalang‘och holda yoki tizzani yopmaydigan kalta ishton kiyib tahorat olishning hukmi qanday?
  • Tishlar orasidagi taom qoldiqlari bilan tahorat olish hukmi

    Ovqatlanish paytida ba’zi taom qoldiqlari tishlar orasida qoladi. Agar biz tahorat yoki g‘usl qilsak-u, bu qoldiqlarni tozalay olmasak, tahorat yoki g‘usl durust bo‘ladimi?
  • Tahoratda kaftni yuvmaslik

    Tahorat asnosida qo‘lini bilakdan tirsakkacha yuvib, kaftini tahoratning avvalida yuvganligi bilan kifoyalanib, ikkinchi bor yuvmaslikning hukmi qanday? Bu holda qayta tahorat olish lozim bo‘ladimi?
  • Issiq suvda tahorat olish hukmi

    Issiq suvda tahorat olishning hukmi qanday?