Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Sha’bon oyi » Shaʼbon oyida oʻlim koʻpayadimi?
Fatvo: 113939

O'qildi: 123

23.01.2026

/ 4 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

Shaʼbon oyida oʻlim koʻpayadimi?

Savol

Shaʼbon oyida ruhlarning olinishi koʻpayishi haqida biror asar kelganmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning qisqacha mazmuni:

Shaʼbon oyida oʻlimning koʻpayishi haqida birorta sahih hadis sobit boʻlmagan. Bu masalada kelgan hadislarning sahihlik darajasini bilish uchun batafsil javobga qarang.

Javob:

Alloh taologa hamd-u sanolar, Paygʻambarimizga salavot va salomlar boʻlsin.

Baʼzi asarlarda kelgani shuki, butun yil davomida oʻlimi yozilgan kishilarning ismlari Shaʼbon oyida oʻlim farishtasiga vahiy qilinadi va ularga Alloh subhanahu va taolo huzuridan sahifalarda ismlari xabar qilinadi, yoki insonlarning ajallarini yillik taqdirlash Shaʼbon oyida yoziladi. Bu asarlarga koʻra, oʻlim shu oyda taqdir qilinadi.

Lekin ularning barchasi zaif asarlar va hadislardir, shuning uchun ularga tayanish va ularda kelgan narsalarga eʼtibor berish kerak emas.

Qozi Abu Bakr ibn Arabiy rahimahulloh aytadi: «Shaʼbon oyining oʻn beshinchi kechasi haqida, uning fazilatlari yoki oʻsha kechada taqdirlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida ishonchli birorta hadis mavjud emas. Shu sababli, bunday daʼvolarga eʼtibor qaratmang». Iqtibos tugadi («Ahkom al-Qurʼon», 4/117).

Bu haqda avval bayon qilingan va ahli ilmlarning bu boradagi soʻzlari quyidagi savollarning javobida naql qilingan: 8907, 49675, 49678.

Bu yerda – qoʻshimcha foyda uchun – Suyutiy rahimahullohning «Ad-Durr al-mansur» (7/401-402) kitobida Shaʼbon oyida ajallarning yozilishiga oid keltirgan baʼzi asarlarini naql qilamiz va har bir asardan keyin unga qisqacha izoh beramiz.

U kishi rahimahulloh aytadi: «Ibn Jarir, Ibn Munzir va Ibn Abu Hotim Muhammad ibn Suqa yoʻli bilan Ikrimadan rivoyat qiladilar:

﴿فِیهَا یُفۡرَقُ كُلُّ أَمۡرٍ حَكِیمٍ﴾

«Oʻsha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur» (Duxon, 4). Shaʼbon oyining oʻn beshinchi kechasida yillik ishlar belgilanadi, tiriklar marhumlardan ajratiladi, haj ziyoratchilarining nomlari yozib qoʻyiladi, ularning soniga na qoʻshiladi, na undan ayriladi». Ushbu tafsir salafi-solihlar jumhurining oyat tafsiriga muvofiq toʻgʻri fikrga ziddir, bu oyatdan maqsad Qadr kechasidir. Bu haqda 11722-raqamli savolning javobida bayon qilingan.

Ibn Zanjavayh va Daylamiy Abu Hurayradan rivoyat qiladilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

تُقْطَعُ الْآجَالُ مِنْ شَعْبَانَ إِلَى شَعْبَانَ، حَتَّى إِنَّ الرَّجُلَ لَيَنْكِحُ وَيُولَدُ لَهُ وَقَدْ خَرَجَ اسْمُهُ فِي الْمَوْتَى

«Ajallar Shaʼbondan Shaʼbongacha belgilanadi, shunday darajadaki, hatto bir kishi uylanib, farzand koʻradi, holbuki uning ismi vafot etganlar roʻyxatiga kiritilgan boʻladi» (Daylamiy, 14/656; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Fath al-Qadir», 4/801; «As-Silsila az-zaʼifa» kitobining 6607-raqami ostida bu hadis munkar deyilgan).

Ibn Abu Shayba Ato ibn Yasordan rivoyat qiladi, u aytdi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror oyda Shaʼbondagidan koʻra koʻproq roʻza tutmasdilar, chunki unda yil davomida vafot etadiganlarning ajallari koʻchiriladi». Bu mursal, zaifdir.

Abu Yaʼlo Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Shaʼbonni toʻliq roʻza tutardilar, men undan soʻradim? U zot dedilar:

إِنَّ اللَّهَ يَكْتُبُ فِيهِ كُلَّ نَفْسٍ مَيِّتَةٍ تِلْكَ السَّنَةَ، فَأُحِبُّ أَنْ يَأْتِيَنِي أَجَلِي وَأَنَا صَائِمٌ

«Albatta, Alloh bu oyda oʻsha yili vafot etadigan har bir jonni kitobat qiladi. Men esa ajalim roʻzador holimda kelishini yaxshi koʻraman» («Musnadi Abu Yaʼlo», 4911; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Zaifu targʻib», 619. Bu hadisning sanadida Suvayd ibn Saʼid al-Hadasoniy, Muslim ibn Xolid az-Zanjiy va Torif bor, ularning har biri tarjimai hol kitoblarida zaif roviylar qatorida keltirilgan».

Dinavariy «Al-Mujolasa» asarida Roshid ibn Saʼddan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi soʻzlarini rivoyat qiladi:

فِي لَيْلَةِ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ يُوحِي اللَّهُ إِلَى مَلَكِ الْمَوْتِ بِقَبْضِ كُلِّ نَفْسٍ يُرِيدُ قَبْضَهَا فِي تِلْكَ السَّنَةِ

«Shaʼbon oyining oʻn beshinchi kechasida Alloh taolo Oʻlim farishtasiga vahiy qilib, shu yil ichida jonini olishni iroda qilgan barcha insonlarning jonini olishni buyuradi» («Al-Mujolasa va javohir al-ilm», 206; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Zaʼiful Jomeʼ», 4019. Bu mursal hadisdir (yaʼni, bu hadisni tobein Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan, holbuki u Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashmagan).

Ibn Jarir va Bayhaqiy «Shuʼab al-iymon»da Zuhriydan, u Usmon ibn Muhammad ibn Mugʻiyra ibn Axnasdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini rivoyat qiladi:

تُقْطَعُ الْآجَالُ مِنْ شَعْبَانَ إِلَى شَعْبَانَ، حَتَّى إِنَّ الرَّجُلَ يَنْكِحُ وَيُولَدُ لَهُ وَقَدْ خَرَجَ اسْمُهُ فِي الْمَوْتَى

«Ajallar Shaʼbondan Shaʼbongacha belgilanadi, shunday darajadaki, hatto bir kishi uylanib, farzand koʻradi, holbuki uning ismi vafot etganlar roʻyxatiga kiritilgan boʻladi» (Bayhaqiy, «Shuabul iymon», 3558; Hadis hukmi: «munkar». Manba: «As-Silsila az-zaʼifa», 6607).

Ibn Abu Dunyo Ato ibn Yasordan rivoyat qiladi, u aytdi: «Shaʼbon oyining oʻn beshinchi kechasi oʻlim farishtasiga bir sahifa topshiriladi va unga: «Bu sahifada nomi keltirilganlarning jonini ol», deb buyuriladi».

Zero, bir kishi toʻshak soladi, uylanadi, bino quradi, vaholanki, uning ismi allaqachon marhumlar roʻyxatiga bitib qoʻyilgan boʻladi.

Bu faqatgina Atoning soʻzlari boʻlib, unga hech qanday rivoyat zanjiri nisbat berilmagan.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُ شَعْبَانَ كُلَّهُ حَتَّى يَصِلَهُ بِرَمَضَانَ، وَلَمْ يَكُنْ يَصُومُ شَهْرًا تَامًّا إِلا شَعْبَانَ، فَإِنَّهُ كَانَ يَصُومُهُ كُلَّهُ، فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ شَعْبَانَ لَمِنْ أَحَبِّ الشُّهُورِ إِلَيْكَ أَنْ تَصُومَهُ. فَقَالَ: “ نَعَمْ يَا عَائِشَةُ، إِنَّهُ لَيْسَ مِنْ نَفْسٍ تَمُوتُ فِي سَنَةٍ إِلا كُتِبَ أَجَلُهَا فِي شَعْبَانَ، فَأُحِبُّ أَنْ يُكْتَبَ أَجَلِي وَأَنَا فِي عِبَادَةِ رَبِّي وَعَمَلٍ صَالِحٍ.

Xatib va Ibn Najjor Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi, u shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shaʼbonda toʻliq roʻza tutar, hatto uni Ramazonga ulab yuborar edilar. Shaʼbondan boshqa biror oyda toʻliq roʻza tutmas, ammo, bu oyda toʻliq tutardilar.  Men: «Yo Rasulalloh, aniq-ki, Shaʼbon sizga roʻza tutish uchun eng mahbub oylardan biridir», dedim. Shunda u zot: «Ha, ey Oisha, albatta, bir yilda vafot etadigan biror jon yoʻqki, uning ajali Shaʼbonda yozilmagan boʻlsa. Shuning uchun mening ajalim Parvardigorimga ibodatda va solih amalda ekanimda yozilishini yaxshi koʻraman», dedilar. («Tarixu Bagʻdod», 4/436). Hadisning rivoyat zanjirida Abu Bilol al-Ashʼariy bor boʻlib, Doraqutniy uni «Miyzon al-eʼtidol» (4/507)da zaif sanagan. Hadis sanadida Ahmad ibn Muhammad ibn Humayd al-Maxzub, Abu Jaʼfar al-Muqriy ham bor, Doraqutniy u haqida: «Kuchli emas», degan. Demak, hadis juda zaif.

Xulosa: Shaʼbon oyida oʻlimlar koʻpayishi haqida birorta sahih hadis sobit boʻlmagan.

Manba: Islom savol va javob

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?
  • Baroat kechasi — shaʼbonning 15-kuni roʻza tutish

    Hadisning zaifligini bilgandan keyin unga amal qilishimiz joizmi? Buni fazoilul aʼmol (amallarning fazilati) deb, masalan, Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida roʻza tutish haqida kelgan: «Qachon Shaʼbonning oʻn beshinchi kechasi kelsa, uning kechasini bedor oʻtkazinglar, kunduzining roʻzasini tutinglar» hadisiga koʻra, nafl roʻzada va kechasi qoim boʻlishda Allohga ibodat borligini inobatga olib ibodat qilishimiz joizmi?
  • Shaʼboniyya nima?

    Janubiy Osiyodagi koʻplab musulmonlar nishonlaydigan Shaʼboniyya bayramining asosi bormi?