O'qildi: 518
25.01.2026
/ 6 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Sha’bon oyi
Savol
Bir kitobda Shaʼbon oyining oʻn beshinchi kechasi (xalq orasida «baroat kechasi» yoki «qandil kechasi» nomi bilan tanilgan, Shaʼbon oyining 14 dan 15-ga oʻtar kechasida) qoim boʻlish bidʼat ekanini, boshqa bir manbada esa, bu kuni roʻza tutish mustahab ekanini oʻqidim. Bu borada qatʼiy hukm qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning qisqacha mazmuni:
Javob:
Mundarija
Shayx Ibn Jibrindan Shaʼbon oyining 15-kechasida qoim boʻlish hukmi haqida soʻralganda, u kishi shunday javob berdilar: «Shaʼbon oyining 15-kechasining fazilati haqida hatto fazoilul aʼmol (amallar fazilati) boʻlgani sababli amal qilishga yaroqli birorta ham sahih marfuʼ hadis sobit boʻlmagan. Balki bu borada baʼzi tobeinlardan maqtuʼ asarlar va toʻqima yoki juda zaif boʻlgan hadislar kelgan. Bu rivoyatlar jaholat keng tarqalgan koʻplab mamlakatlarda mashhur boʻlib, u kunda ajallar yozilishi, umrlar koʻchirilishi va hokazo ishlar sodir boʻlishi aytiladi. Holbuki, bu kechada qoim boʻlish, uning kunduzida roʻza tutish va uni muayyan ibodat bilan xoslash shariatda yoʻq. Ilmsiz kishilardan koʻpchiligining bu ishni qilishi eʼtiborga olinmaydi. Vallohu aʼlam» (Alloma Ibn Jibrinning «Roʻza fiqhi va fatvolaridan qimmatli toʻplam» kitobidan).
Agar kishi Shaʼbon oyining 15-kechasi – «Baroat» kechasida yilning boshqa kechalaridagi kabi – qoʻshimcha amal va ortiqcha harakatsiz, uni biror narsa bilan xoslamagan holda qoim boʻlishni istasa, buning zarari yoʻq. Shuningdek, agar Shaʼbonning oʻn beshinchi kunini oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi kunlar bilan birga hadisda kelgan «ayyomul biyz» (oydin kechalar)dan bilib, yoki oʻn beshinchi kun dushanba yoki payshanbaga toʻgʻri kelib qolsa, shu sababli roʻza tutsa, agar sobit boʻlmagan qoʻshimcha fazilat yoki boshqa ajrni maqsad qilmasa, buning zarari yoʻq.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?