Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » Mazhabim haqida so‘ralsa nima deyman
Fatvo: 1059

O'qildi: 322

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Mazhabim haqida so‘ralsa nima deyman

Savol

Yaqinda kelgan ba’zi birodarlarim mendan tez-tez: «Hanbaliymisiz, Shofe’iymisiz va hokazo», deb mazhabim haqida so‘rashadi. Holbuki, men bu masalalarni yaxshi tushunmayman. Menga musulmon bo‘lishimning o‘zi kifoya, din masalalarida shubham tug‘ilsa, ulamolardan so‘rayman. Siz qanday maslahat berasiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sizga shariatga amal qiluvchi musulmon bo‘lishingiz kifoya. Hanbaliy yoki Shofe’iy mazhabiga kelsak, ularga qat’iy bog’lanib olish shart emas. Biroq, o‘sha ulamolarning ummat orasidagi martabasi baland va nom-u shon taratgan edi. Ularning so‘zlarini shogirdlari va izdoshlari yozib olib, amal qilganlari bois, bu qarashlar tan olingan mazhabga aylangan.

Garchi ular e’tiqod va tavhid masalalarida hamfikr bo‘lib, boshqa jihatlarda o‘xshash bo‘lsa-da, ba’zilari dalillarni yoki dalilning maʻnosini boshqacha tushunib, ijtihod qilib, o‘z ijtihodlariga ko‘ra fatvo berganlar.

Biroq ular boshqalarni o‘z fikrlariga ergashishga majburlamaydilar. Ammo, ularning ko‘pchilik izdoshlari mazhabparast mutaassib bo‘lib, hatto dalillarga zid bo‘lsa ham, o‘sha imomlarning so‘zlariga qat’iy amal qilishadi. Ular matnlarni o‘z fikrlariga mos keladigan tarzda talqin qilish uchun ko‘p kuch sarfladilar. Shuning uchun biz oddiy odamlarga Islomga mansub bo‘lishlarini va o‘zlariga noaniq bo‘lgan masalalarda e’tiborli, ummat tan olgan rabboniy ulamolarga hamda Islomga va musulmonlarga nasihat qilishi bilan tanilgan olimlarning asarlariga murojaat qilishlarini maslahat beramiz.

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • «Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi

    Musulmon kishi «Men inshaalloh mo‘minman» deyishi toʻgʻrimi?
  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

    Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.