Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Nafl namozlar » Kunlik sunnat namozlari – Ravotib sunnatlar
Fatvo: 1048

O'qildi: 35

Iyul 27, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Kunlik sunnat namozlari – Ravotib sunnatlar

Savol

Doimiy, har kuni o‘qiladigan sunnat namozlarining rakaatlari soni va ularni o‘qish vaqtlari haqida ma’lumot bera olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Doimiy sunnat namozlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarida keltirilgan:

عَنْعَائِشَةَ، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ ثَابَرَ عَلَى ثِنْتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً مِنَ السُّنَّةِ بَنَى اللهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ: أَرْبَعِ رَكَعَاتٍ قَبْلَ الظُّهْرِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَهَا، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْمَغْرِبِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْعِشَاءِ، وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ الْفَجْرِ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim o‘n ikki rakaat sunnat namozini muntazam o‘qisa, Alloh u uchun jannatda bir uy quradi: peshindan oldin to‘rt rakaat, undan keyin ikki rakaat, shomdan keyin ikki rakaat, xuftondan keyin ikki rakaat va bomdoddan oldin ikki rakaat» (Sunani Termiziy, 414; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6183).

عَنْأُمِّ حَبِيبَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى فِي يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ ثِنْتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً بُنِيَ لَهُ بَيْتٌ فِي الْجَنَّةِ: أَرْبَعًا قَبْلَ الظُّهْرِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَهَا، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْمَغْرِبِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْعِشَاءِ، وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ صَلَاةِ الْفَجْرِ صَلَاةِ الْغَدَاةِ».

Anbasa ibn Abu Sufyon Ummu Habibadan rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Kim bir kecha­kunduzda o‘n ikki rakaat namoz o‘qisa, jannatda unga bir uy quriladi: peshindan oldin to‘rt rakaat va undan keyin ikki rakaat, shomdan keyin ikki rakaat, xuftondan keyin ikki rakaat va bomdoddan oldin ikki rakaat». (Sunani Termiziy, 415; Hadis hukmi: «hasan-sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6362).

Asr namozining alohida sunnati yo‘q, ammo uning farzidan oldin to‘rt rakaat namoz o‘qish mustahabdir, lekin bu savob va davomiylik jihatidan sunnati ravotib kabi emas. Bu to‘rt rakaat quyidagi hadisda eslatilgan:

عَنِابْنِ عُمَرَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «رَحِمَ اللهُ امْرَأً صَلَّى قَبْلَ الْعَصْرِ أَرْبَعًا»

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan riovoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Asrdan oldin to‘rt rakaat namoz o‘qigan odamni Alloh rahm qilsin», dedilar. (Sunani Termiziy, 430; Hadis hukmi: «gʻarib-hasan». Manba: «Sahihul Jome’», 3493).

Yuqoridagi barcha to‘rt rakaatli nafl namozlar imom Shofe’iy va imom Ahmad nazdida ikki rakaatdan boʻlib-boʻlib o‘qiladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Makruh vaqtda tahiyyatul masjid namozini oʻqish

    Agar kishi namoz oʻqishdan qaytarilgan vaqtda masjidga kirsa, ikki rakaat tahiyyatul masjid namozini oʻqiydimi?