O'qildi: 71
19.02.2026
/ 2 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Taroveh namozi va qadr kechasi
Savol
Taroveh namozlarida imomning qiroatini kuzatish maqsadida Qurʼoni Karimni koʻtarib turishning hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu maqsadda Qurʼoni Karimni koʻtarib turish bir necha jihatdan Sunnatga zid hisoblanadi:
Birinchisi: Bu namozxonning qiyomda oʻng qoʻlini chap qoʻli ustiga qoʻyishni oʻtkazib yuborishiga sabab boʻladi.
Ikkinchisi: Qurʼonni ochish, yopish va qoʻltiq ostiga qoʻyish kabi koʻplab ortiqcha harakatlarga olib keladi.
Uchinchisi: Bu haqiqatda namozxonni ushbu harakatlari bilan mashgʻul qilib qoʻyadi.
Toʻrtinchisi: Bu namozxonning sajda oʻrniga qarashni oʻtkazib yuborishiga sabab boʻladi. Aksar ulamolar sajda oʻrniga qarash sunnat va afzal ekanini aytishgan.
Beshinchisi: Agar bu ishni qiluvchi kishi qalbini namozga hozirlamasa, namoz oʻqiyotganini unutib qoʻyishi mumkin. Aksincha, oʻng qoʻlini chap qoʻliga qoʻyib, boshini sajda joyiga egib, tavoze bilan turgan kishi namoz oʻqiyotganini va imomning orqasida turganini koʻproq his etadi.
Manba: Shayx Muhammad ibn Solih al-Usayminning «ad-Daʼva» jurnali 1771-soni, 45-betidagi fatvolaridan olindi.
Bu javob foydali bo’ldimi?