Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Riboga qarz olgan odamning daromadi
Fatvo: 244

O'qildi: 254

16.06.2025

/ 20 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » » »

Riboga qarz olgan odamning daromadi

Savol

Biz riboga (sudxoʻrlik evaziga) olingan pul bilan tijorat loyihasini boshladik. Bu pulni boʻlib-boʻlib toʻlab bormoqdamiz. Shu loyihadan kelayotgan foyda va bu ishda ishlash halolmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Riboga qarz olish gunohi kabiralardan hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ribo yeguvchini ham, yediruvchini ham, uning kotibini va ikki guvohini ham laʼnatlaganlar. Foizga qarz oluvchi ham sudxoʻr hisoblanadi, chunki qarz oluvchi qarz beruvchiga foiz toʻlaydi.

Kim bu ishga qoʻl urgan boʻlsa, Allohga tavba qilishi va imkon qadar olgan asl mablagʻni ustamasiz qaytarishga harakat qilishi hamda qarz bergan kishiga nasihat qilishi lozim. Agar bunga qodir boʻlmasa, mablagʻni ustamasi bilan qaytarishga majbur boʻlsa, Alloh azza va jallaga tavba qilgan holda qaytarishi lozim. Bunga riboviy banklar misol boʻladi. Ular ustamadan kamdan kam holda kechishadi, balki kuch ishlatib boʻlsa ham oʻz haqlarini tortib olishadi.

Qarzdor bu pul evaziga sotib olgan matosidan foydalanishi joiz. Shuningdek, bu pul bilan boshlagan muboh loyihasi va muboh tijoratini davom ettirishining ham zarari yoʻq. Faqat oʻzini va molini gunohlardan poklash uchun koʻproq sadaqa berishi darkor. 

Bankdan olingan pul evaziga qurilgan korxonada ishlovchi xodimga kelsak, u olingan qarz uchun javobgar emas. Shuning uchun bu korxonaning muboh oʻrinlarda (masalan, kiyim yuvish va dazmollash kabi ish oʻrinlarida) ishlashi joiz. Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qazo namozlar haqida

    Namoz o‘qishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan kishining namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Oramizda namozlarini bir o‘qib, bir o‘qimaydiganlar ko‘p. Ba’zilar o‘ttiz yoki qirq yoshdan keyin namozlarni muntazam o‘qishni boshlaydilar. Ular o‘qishda e’tiborsizlik qilgan qazo namozlari va Ramazon ro‘zalarining hukmi qanday bo‘ladi?