O'qildi: 85
Iyun 16, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Sadaqalar » Zakot masalalari
Savol
Musulmon kishi xayriya loyihalari uchun musulmon boʻlmagan odamlardan xayr-ehsonlar qabul qilishi joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar bunda musulmonlarning shu sababli oʻz dinlaridan biror narsani tark etishlari yoki bu xayriyani qabul qilishi xor boʻlishlari kabi xatarli holat boʻlmasa, musulmon boʻlmaganlardan xayriya qabul qilishi joizdir.
Imom Buxoriy rahimahulloh oʻzining «Sahih»ida «Mushriklardan hadya qabul qilish» deya bob ochib, unda buning joiz ekanligiga dalolat qiluvchi bir qancha hadislarni keltirgan. Hofiz Ibn Hajar bu bobning sharhida shunday deydi: «Bu mavzuda Iyoz ibn Himorning hadisi mavjud boʻlib, bu hadisni Ab-u Dovud va Termiziy Iyozdan rivoyat qilganlar. Iyoz aytadi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamga tuya hadya qildim. U zot: «Islomni qabul qildingmi?» dedi. Men: «Yoʻq», dedim. U zot: «Men mushriklarning «zabd»idan (yaʼni ularning sovgʻa va hadyalarini) qabul qilishdan qaytarilganman», dedilar»… Keyin Hofiz Ibn Hajar rahimahulloh baʼzi ahli ilmlardan kofirlardan hadya qabul qilish va qilmaslik haqida kelgan hadislarni qanday jamlash haqida aytgan soʻzlarini naql qilib aytadi: «Qabul qilmaslik haqida kelgan xabarlar hadyasi bilan musulmonni oʻziga jalb qilish(yaʼni doʻst tutishni) xohlovchi kimsa haqidadir. Qabul qilish haqida kelgan xabarlar esa, hadya orqali (yaʼni uning hadyasini qabul qilish orqali) unga ulfatlik qilib va uni Islomga jalb qilishni maqsad qilgan kishi haqidadir».
Kofirlarning sovgʻa va xayriyalarini ulardan soʻramasdan qabul qilishning zarari yoʻq va bu pulni turli islomiy loyihalar va xarajatlarga sarflash joizdir. Ammo, kofirlardan xayriya soʻrashning baʼzi xatarli taraflari bor, masalan: ularning yonida xokisorlik va agar ular bersalar, soʻrovchining qalbini egallab olishlari kabi. Yuqoridagi xatarlardan xoli boʻlsa, zarari yoʻq. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Makkadalik vaqtlarida daʼvat ishlarida amakisi Ab-u Tolib va boshqa ayrim mushriklardan (ularga xokisor boʻlmagan holda) yordamlarini qabul qilganlar. Kofirlar oldida xor boʻlish xatarini xayriyalar uchun maxsus qutilar oʻrnatish bilan, shuningdek, bank hisob raqamlari koʻrsatilgan eʼlonlar orqali bartaraf qilsa boʻladi.
Alloh taolo bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?