Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Jamoat namozining masjidda oʻqilishi hukmi
Fatvo: 120

O'qildi: 169

Iyun 9, 2025

/ 7 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Jamoat namozining masjidda oʻqilishi hukmi

Savol

Jamoat namozining masjidda oʻqilishi hukmi qanday va uning dalili nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Jamoat namozini masjidda oʻqish shunga qodir blgan erkaklar uchun, ulamolarning sahih szlariga kra, vojibdir. Bunga kplab dalillar bor:

Birinchi dalil:

﴿وَإِذَا كُنتَ فِيهِمۡ فَأَقَمۡتَ لَهُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَلۡتَقُمۡ طَآئِفَةٞ مِّنۡهُم مَّعَكَ وَلۡيَأۡخُذُوٓاْ أَسۡلِحَتَهُمۡۖ

Alloh taolo aytadi:

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), qachon siz (jang maydonida) moʻminlar orasida boʻlib, ularga imom boʻlgan holda namoz oʻqimoqchi boʻlsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida siz bilan namozga tursinlar...» (Niso surasi, 102oyat).

Nima uchun bu oyatni dalil sifatida keltirildi:

Alloh taolo ularga namozni jamoat bilan oʻqishga buyurdi. Ketidan ayni buyruqni ikkinchi guruh uchun ham qaytaradi: «… keyin hali namoz oʻqimagan boshqa toifa kelib, (ular ham) sen bilan birga namoz oʻqisinlar..».

Bu esa jamoat namozi har bir musulmonga farzayn ekanligiga dalildir. Chunki Alloh taolo birinchi guruhning jamoat bilan oʻqigan namozi sababli ikkinchi guruhdan jamoat bilan oʻqishni soqit qilmadi

Undan tashqari, agar jamoat namozi sunnat blganida edi, qoʻrquv sababi bilan uni tark qilishga ruxsat blar edi. Agar farzi kifoya blganida edi, birinchi guruhning namozi bilan qolganlardan soqit blardi

Demak bu oyatda jamoat namozining farzi ayn ekanligiga dalil bor va bu uch jihatdandir:

  1. Alloh taolo uni birinchi marta buyurdi.
  2. Keyin uni ikkinchi marta ham buyurdi.
  3. Qoʻrquv holatida ham uni tark qilishga ruxsat bermadi.

Ikkinchi dalil:

Imom Buxoriy va Muslimning sahih tplamlarida sobit blgan hadis.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: «وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِحَطَبٍ يُحْتَطَبُ، ثُمَّ آمُرَ بِالصَّلَاةِ فَيُؤَذَّنَ لَهَا، ثُمَّ آمُرَ رَجُلًا فَيَؤُمَّ النَّاسَ، ثُمَّ أُخَالِفَ إِلَى رِجَالٍ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ، وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَوْ يَعْلَمُ أَحَدُكُمْ أَنَّهُ يَجِدُ عَرْقًا سَمِينًا، أَوْ مَِرْمَاتَيْنِ حَسَنَتَيْنِ لَشَهِدَ الْعِشَاءَ».

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, oʻtin terib kelishga buyursam-u, terib kelishsa, soʻng namozga buyursam-u, unga azon aytilsa, soʻng bir kishiga buyursam-u, u odamlarga imom boʻlsa, keyin (namozga kelmagan) odamlarning uylariga borib, ustilaridan oʻt qoʻyib yuborsam, deyman. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, ulardan birortasi sergoʻsht suyak yoki qoʻyning boʻliq poychasini topishini bilganida edi, xuftonga albatta yetib kelgan boʻlardi» (Sahihi Buxoriy, 7224). 

Uchinchi dalil:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «إِنَّ أَثْقَلَ صَلَاةٍ عَلَى الْمُنَافِقِينَ صَلَاةُ الْعِشَاءِ وَصَلَاةُ الْفَجْرِ، وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِيهِمَا لَأَتَوْهُمَا وَلَوْ حَبْوًا. وَلَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِالصَّلَاةِ فَتُقَامَ، ثُمَّ آمُرَ رَجُلًا فَيُصَلِّيَ بِالنَّاسِ. ثُمَّ أَنْطَلِقَ مَعِي بِرِجَالٍ مَعَهُمْ حُزَمٌ مِنْ حَطَبٍ إِلَى قَوْمٍ لَا يَشْهَدُونَ الصَّلَاةَ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ بِالنَّارِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Munofiqlar uchun eng oir namoz bomdod namozi va xufton namozidir. Agar ular bu namozlarda nimalar borligini bilganlarida edi, ularda qatnashmoq uchun emaklab blsa ham kelgan blardilar. Xohlardimki, namozga farmon bersam-u, unga chaqirilsa, keyin bir kishiga buyursam-u, odamlarga imomlikkatib bersa, sngra dastadastatin ktargan kishilar bilan birga namozga chiqmaydigan odamlarnikiga borsam-u, uylarigat qoʻyib yuborsam», dedilar» (Buxoriy: 657; Muslim, 651).

 

Trtinchi dalil:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْلَا مَا فِي الْبُيُوتِ مِنَ النِّسَاءِ وَالذُّرِّيَّةِ، لَأَقَمْتُ الصَّلَاةَ، صَلَاةَ الْعِشَاءِ، وَأَمَرْتُ فِتْيَانِي يُحْرِقُونَ مَا فِي الْبُيُوتِ بِالنَّارِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Agarda uylarni ichida (jamoat namozi farz blmagan) ayollar va bolalar blmaganida edi, oʻzim xufton namozini oʻqib turib, (namozga chiqmay) uyida qolgan odamlarni yigitlarimgat bilan yoqib yuborishlarini buyurgan blardim» (Musnadi Ahmad, 8795).

Payambarimiz sollallohu alayhi va sallamzlari aytgan sabab, yaʼni uylarda jamoat vojib blmagan ayollar va bolalar ham mavjudligi moneʼlik qilgani bois, istagan ishlarini qilmadilar, Agar uylarni yoqib yuborganlarida, jamoat namozi vojib blmaganlarga ham jazo tegib qolar edi.

 

Beshinchi dalil:

Imom Muslimzining «Sahiida rivoyat qiladi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: «أَتَى النَّبِيَّ رَجُلٌ أَعْمَى فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّهُ لَيْسَ لِي قَائِدٌ يَقُودُنِي إِلَى الْمَسْجِدِ، فَسَأَلَ رَسُولَ اللهِ أَنْ يُرَخِّصَ لَهُ فَيُصَلِّيَ فِي بَيْتِهِ فَرَخَّصَ لَهُ. فَلَمَّا وَلَّى دَعَاهُ فَقَالَ: هَلْ تَسْمَعُ النِّدَاءَ بِالصَّلَاةِ؟ فَقَالَ: نَعَمْ. قَالَ: فَأَجِبْ».

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga koʻzi ojiz kishi kelib, «Ey Allohning Rasuli, meni masjidga yetaklab boradigan odamim yoʻq» deb, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan uyida namoz oʻqishga ruxsat soʻradi. U zot unga ruxsat berdilar. U orqaga oʻgirilgan ham ediki, uni chaqirdilar va: «Namozga chaqiriqni (azonni) eshitasanmi?» dedilar. «Ha», dedi. «Unda javob qil (yaʼni jamoatga chiq)», dedilar» (Sahihi Muslim, 653).

Ushbu koʻzi ojiz kishi Abdulloh ibn Ummu Maktum edilar.

Imom Ahmadning «Musnad»ida va Abu Dovudning «Sunan»ida keladi:

عنِ ابنِ أُمِّ مَكتومٍ: أنَّه سَأَلَ النَّبيَّ ﷺ، فَقَالَ: يا رَسولَ اللهِ، إنِّي رَجُلٌ ضَريرُ البَصَرِ ، شاسِعُ الدّارِ وَلَيْسَ لِي قَائِدٌ يُلَائِمُنِي، فَهَلْ لِي رُخصَةٌ أَنْ أُصَلِّيَ في بَيتِي؟ قالَ: هَل تَسمَعُ النِّداءَ؟ قالَ: نَعَمْ، قالَ: لَا أجِدُ لَكَ رُخصَةً.

Amr ibn Ummu Maktumdan rivoyat qilinadi: «U kishi aytadi: – Men koʻzi ojiz odamman, uyim (masjiddan) uzoq va menga mos keladigan yetaklovchi yoʻq, uyimda namoz oʻqishga ruxsatim bormi?»U zot: «Azonni eshitasanmi?», dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Senga ruxsat topa olmayman», dedilar» (Sunani Abu Dovud, 552) .

Usuli fiqh qoidalariga kra, har qanday qaydcheklovsiz buyruq – farzlikka dalolat qiladi. Ammo kzlari kr blgan, uyi uzoq blgan va yetaklovchisi unga toʻgʻri kelmaydigan bir bandaga jamoat namozini tark etishga kimsan shariat sohibiningzi ruxsat bermagan blsachi?! Vaholanki, namozni istasang birzing uyingda oʻqi, istasang jamoat bilan masjidda oʻqi, deb biror kishiga ixtiyor berilishi mumkin blganda edi, bunga faqat shunaqa kr inson loyiq blardi.

 

Oltinchi dalil:

Abu Dovud va Abu Hotim ibn Hibbonzining Sahihida keladi:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ سَمِعَ النِّدَاءَ فَلَمْ يَمْنَعْهُ مِنَ اتِّبَاعِهِ عُذْرٌ، قَالُوا: وَمَا الْعُذْرُ؟ قَالَ: خَوْفٌ أَوْ مَرَضٌ، لَمْ تُقْبَلْ مِنْهُ الصَّلَاةُ الَّتِي صَلَّاهَا.

Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim azonni eshitsayu, unga ijobat qilishdan tsadigan uzri blmasa..». Shunda odamlar sradilar: «Nima uzrgatadi?». U zot aytdilar: «Qoʻrquv yoki kasallikU holda oʻqigan namozi qabul blmaydi» (Sunani Abu Dovud, 551) .

 

Yettinchi dalil:

عَنْ عَبْدِ اللهِ قَالَ: «مَنْ سَرَّهُ أَنْ يَلْقَى اللهَ غَدًا مُسْلِمًا فَلْيُحَافِظْ عَلَى هَؤُلَاءِ الصَّلَوَاتِ حَيْثُ يُنَادَى بِهِنَّ فَإِنَّ اللهَ شَرَعَ لِنَبِيِّكُمْ سُنَنَ الْهُدَى، وَإِنَّهُنَّ مِنْ سُنَنِ الْهُدَى. وَلَوْ أَنَّكُمْ صَلَّيْتُمْ فِي بُيُوتِكُمْ كَمَا يُصَلِّي هَذَا الْمُتَخَلِّفُ فِي بَيْتِهِ لَتَرَكْتُمْ سُنَّةَ نَبِيِّكُمْ. وَلَوْ تَرَكْتُمْ سُنَّةَ نَبِيِّكُمْ لَضَلَلْتُمْ. وَمَا مِنْ رَجُلٍ يَتَطَهَّرُ فَيُحْسِنُ الطُّهُورَ ثُمَّ يَعْمِدُ إِلَى مَسْجِدٍ مِنْ هَذِهِ الْمَسَاجِدِ إِلَّا كَتَبَ اللهُ لَهُ بِكُلِّ خَُطْوَةٍ يَخْطُوهَا حَسَنَةً وَيَرْفَعُهُ بِهَا دَرَجَةً وَيَحُطُّ عَنْهُ بِهَا سَيِّئَةً، وَلَقَدْ رَأَيْتُنَا وَمَا يَتَخَلَّفُ عَنْهَا إِلَّا مُنَافِقٌ مَعْلُومُ النِّفَاقِ. وَلَقَدْ كَانَ الرَّجُلُ يُؤْتَى بِهِ يُهَادَى بَيْنَ الرَّجُلَيْنِ حَتَّى يُقَامَ فِي الصَّفِّ».

Abdulloh ibn Masʼuddan rivoyat qiladi: «Kimniki ertaga Allohga musulmon holida yliqmoq xursand qilsa, manavi namozlarni ularga chaqirilayotgan joyida ado etishga ahamiyat bersin. Zero, Alloh payambaringiz sollallohu alayhi va sallamga hidoyat sunnatlarini shariat qilib bergan blib, ushbu namozlar hamsha hidoyat sunnatlaridandir. Agarda siz ham xuddi manavi qoloq namozini uyda oʻqigani kabi namozlaringizni uyingizda oʻqiydigan blsangiz, Payambaringiz sunnatini tark qilgan blasiz. Vaholanki, Payambaringiz sunnatini tark etsangiz, zalolatga ketasiz. Qaysi bir kishi namozga tahorat olayotib, tahoratini mukammal qilsa, keyin ushbu masjidlardan birontasini qasd qilib ylga chiqsa, Alloh uning har bir tashlagan qadami uchun bir hasanot yozadi, shu qadami sababli darajasini bir poona ktaradi va shu qadami sababli bir yomonliginichiradi. Menzimni shunday zamonda ham krdimkimunofiqligi aniq blgan munofiqdan boshqa biron kimsa jamoat namozidan ortda qolmasdi. Hatto bir kishini (kasalligi bois) ikki kishi qoʻltiqlab olib kelib, safga turazib qoʻyilar edi».

Yana bir rivoyatda: «Rasululloh bizga hidoyat sunnatlarinirgatdilar. Ulardan birinamozni azon chaqiriladigan masjidda oʻqimoqdir» (Sahihi Muslim, 654).

Yuqoridagi hadisni dalil keltirishi sababi shuki, unda Abdulloh ibn Masʼud jamoat namozidan qolishnimunofiqligi aniq blgan munofiq odam alomati deb atadi

Alloh taolodanzini zikrida blishga, Unga shukr qilishda va Unga gzal ibodat qilishda bizlarga yordam berishini sraymiz.

Yanada kproq foyda olish uchun quyidagi raqamlar ostidagi javoblarni krib chiqishingiz mumkin: (298906) (72398) (40113) (178385) va (315064).

Alloh bilguvchiroqidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Bomdod namozini o‘z vaqtidan kechiktirish

    Men har doim bomdod namozini ertalab soat 7 da o‘qiyman. Shunday ekan, bomdodning sunnatini ham o‘qishim kerakmi yoki faqat farzning o‘zini o‘qisam bo‘ladimi?
  • Erkaklar oltin qoplangan buyumlar taqishi hukmi

    Erkaklar oltin qoplangan buyumlar — soat, uzuk, kamar va hokazolarni taqishining hukmi nima?
  • Jannatda ayollarga nima beriladi?

    Bir ayol soʻramoqda: Men Allohga va Uning kitobiga to‘liq iymon keltiraman. Rabbimga hamdlar bo‘lsinki, U Zotga bo‘lgan iymonim kundan-kunga ortib bormoqda… Savolim shuki: Qur’oni Karimda erkaklarga Jannatning in’omi va go‘zal, pokiza hurlar takror-takror tilga olinadi. Ko‘pchilik Islomni erkaklar ustunligi dini deb aytadilar. Nima uchun ayollar uchun Jannat in’omi zikr etilmagan?
  • Hadisning hujjat ekaniga shar’iy dalillar

    Bizlar sunnatga ergashishimiz kerakmi yoki faqat Qur’onga ergashish kifoyami? Shuningdek, musulmon kishi ma’lum bir mazhabga ergashishi shartmi?
  • Aroq va musiqali ziyofatlarga borish hukmi

    Musulmon kishi spirtli ichimliklari bor ziyofatga borishi joizmi? Men armiyadaman, bu yerda raqsli ziyofat boʻlib oʻtmoqda. Men komandirga musiqa va spirtli ichimliklar sababli bu bazmga bormasligimni aytdim. U menga: «Spirtli ichimlik ichmasdan, ziyofatning oʻziga qatnashaverasan», dedi. Buning hukmi va dalili nima boʻladi?
  • Ayollar o‘rtasidagi noodatiy munosabatlar

    Bir ayolning boshqa ayolga ayriliqqa chiday olmaydigan darajada muhabbat qoʻyishining hukmi nima?