O'qildi: 26
17.12.2025
/ 26 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Safardagi namoz
Savol
Bir kishi uyidan safarga chiqdi va asr namozi vaqti kirishida hali o‘z shahri yoki tumanidan chiqmagan edi. U namozni qasr qiladimi yoki to‘liq o‘qiydimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Asr vaqti kirganda musofir hali o‘z shahrida bo‘lsa va namozni shu yerda o‘qisa, qasr qilmaydi, chunki u hali shahridan chiqmagan hisoblanadi. Agar shahridan chiqib, yo‘lda namoz o‘qisa, garchi namoz vaqti kirganda o‘z shahrida bo‘lgan bo‘lsa ham, namozini ikki rakaat qilib o‘qiydi. Xulosa qilib aytganda, bu holatda namoz o‘qiladigan payt e’tiborga olinadi.
Xuddi shunday, safarda bo‘lganingizda namoz vaqti kirsa-yu, namoz o‘qishdan oldin o‘z shahringizga kirib kelsangiz, namozni to‘rt rakaat qilib ado etishingiz lozim. Demak, qoidaga ko’ra, e’tiborni namoz o‘qiyotgan paytdagi holatga qaratish kerak. Safarda namoz o‘qisangiz, (toʻrt rakaatli namozlar: peshin, asr va xufton namozlarning farzlarini – tarj.) qasr qilib oʻqing. Agar o‘z shahringizda turib namoz o‘qisangiz, to‘liq ado eting.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?