Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Saqlanganlar

Murakkab qidiruv

Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 2217

O'qildi: 49

13.12.2025

/ 22 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Istixora namozi haqida

Savol

Istixora namozi qanday o‘qiladi va unda qanday duo aytiladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Javobning qisqacha mazmuni

Istixora namozining qanday o‘qilishi borasida Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan hadis sobit bo‘lgan:

أَخْبَرَنِي جَابِرُ بْنُ عَبْدِ اللهِ السَّلَمِيُّ قَالَ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ يُعَلِّمُ أَصْحَابَهُ الِاسْتِخَارَةَ فِي الْأُمُورِ كُلِّهَا، كَمَا يُعَلِّمُ السُّورَةَ مِنَ الْقُرْآنِ، يَقُولُ: إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالْأَمْرِ فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الْفَرِيضَةِ، ثُمَّ لْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ، وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ، فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ، اللَّهُمَّ فَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ هَذَا الْأَمْرَ ثُمَّ يُسَمِّيهِ بِعَيْنِهِ خَيْرًا لِي فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ قَالَ: أَوْ فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ، اللَّهُمَّ وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّهُ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي أَوْ قَالَ: فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ فَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ ثُمَّ رَضِّنِي بِهِ».

Jobir ibn Abdulloh Salamiy roziyallohu anhumo xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga hamma ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’ondan bir surani o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot shunday der edilar: «Qachon birortangiz bir ish qilmoqchi bo‘lsa, farz namozdan tashqari ikki rakaat namoz o‘qisin. So‘ng shunday desin: «Allohim! Men Sening ilming ila istixora qilaman (yaxshilikni ixtiyor qilishingni soʻrayman). Sening qudrating ila qudrat so‘rayman. Sening fazlingdan so‘rayman. Zero, Sen qodirsan, men qodir emasman. Sen bilursan, men esa bilmasman. Sen g‘ayblarni ham nihoyatda biluvchi Zotsan. Allohim, agar ushbu ish – keyin uning aynan nimaligini aytadi – men uchun hozirgi ishimda-yu kelgusida [yoki «dinimda, hayotimda va ishimning oqibatida (oxiratimda)»] yaxshi deb bilsang, uni menga taqdir qil, menga oson qil, so‘ngra unda menga baraka ber. Allohim, agar uni men uchun dinimda, hayotimda va ishimning oqibatida (oxiratimda) [yoki «hozirgi ishimda-yu kelgusida» dedilar] yomon deb bilsang, meni undan nari qil. Va menga qayerda bo‘lsa ham yaxshilikni taqdir qil, so‘ngra meni unga rozi qil» (Sahihi Buxoriy, 7390).

Javob:

Istixora namozining o‘qilish tartibi

Istixora namozining sifatini Jobir ibn Abdulloh Salamiy roziyallohu anhumo xabar qiladi:

أَخْبَرَنِي جَابِرُ بْنُ عَبْدِ اللهِ السَّلَمِيُّ قَالَ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ يُعَلِّمُ أَصْحَابَهُ الِاسْتِخَارَةَ فِي الْأُمُورِ كُلِّهَا، كَمَا يُعَلِّمُ السُّورَةَ مِنَ الْقُرْآنِ، يَقُولُ: إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالْأَمْرِ فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الْفَرِيضَةِ، ثُمَّ لْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ، وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ، فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ، اللَّهُمَّ فَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ هَذَا الْأَمْرَ ثُمَّ يُسَمِّيهِ بِعَيْنِهِ خَيْرٌ لِي فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ قَالَ: أَوْ فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ، اللَّهُمَّ وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّهُ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي أَوْ قَالَ: فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ فَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ ثُمَّ رَضِّنِي بِهِ».

Jobir ibn Abdulloh Salamiy roziyallohu anhumo xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga hamma ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’ondan bir surani o‘rgatgandek o‘rgatar edilar. U zot shunday der edilar: «Qachon birortangiz bir ish qilmoqchi bo‘lsa, farz namozdan boshqa ikki rakaat namoz o‘qisin. So‘ng shunday desin:
«Allohumma inniy astaxyiruka bi ‘ilmika, va astaqdiruka bi qudrotika, va as’aluka min fazlika-l-‘aziym, fa-innaka taqdiru va la aqdiru, va ta‘lamu va la a‘lamu, va anta ‘allaamul-g‘uyub. Allohumma, fa-in kunta ta‘lamu anna haza-l-amro
(bu yerda o‘z ishini aytadi, masalan: «safarga chiqish», «uylanish» va hokazo) xoyrun liy fiy diyniy va ma‘aashiy va ‘aaqibati amriy (yoki: fiy ‘aajili amriy va aajilih) faqdurhu liy va yassirhu liy, summa baarik liy fiyh. Va in kunta ta‘lamu anna haza-l-amro sharrun liy fi diyniy va ma‘aashiy va ‘aaqibati amriy (yoki: fi ‘aajili amriy va aajilih) fasrifhu ‘anniy, vasrifniy ‘anhu, vaqdur liy al-xoyro haysu kaana, summa rozzini bihi» (Duoning ma’nosi: «Allohim! Men Sening ilming ila istixora* qilaman. Sening qudrating ila qudrat so‘rayman. Sening fazlingdan so‘rayman. Zero, Sen qodirsan, men qodir emasman. Sen bilursan, men esa bilmasman. Sen g‘ayblarni ham nihoyatda biluvchi Zotsan. Allohim, agar ushbu ish – keyin uning aynan nimaligini aytadi – men uchun hozirgi ishimda-yu kelgusida [yoki «dinimda, hayotimda va ishimning oqibatida (oxiratimda)»] yaxshi deb bilsang, uni menga taqdir qil, menga oson qil, so‘ngra unda menga baraka ber. Allohim, agar uni men uchun dinimda, hayotimda va ishimning oqibatida (oxiratimda) [yoki «hozirgi ishimda-yu kelgusida» dedilar] yomon deb bilsang, meni undan nari qil. Va menga qayerda bo‘lsa ham yaxshilikni taqdir qil, so‘ngra meni unga rozi qil») (Sahihi Buxoriy, 7390).

Istixora haqidagi hadis sharhi

Ibn Hajar rahimahulloh hadis sharhida shunday degan:

«Istixora» – Allohdan «ixtiyor» (yaxshilik) so‘rash ma’nosidagi ismdir. Bu kishi ikki ishdan birini tanlash orasida qolganida Allohdan eng yaxshisini so‘rashiga aytiladi. Sahobiyning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga hamma ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’ondan bir surani o‘rgatgandek o‘rgatar edilar», degan so‘ziga kelsak, Ibn Abu Jamra aytadi: Bu yerda so‘z umumiy ma’noda kelgan bo‘lsa-da, aslida u maxsus ma’noni anglatadi. Chunki farz, vojib yoki sunnat amallarni bajarish, shuningdek, harom yoki makruh amallarni tark etish uchun istixora qilinmaydi.

Aksincha, istixora muboh ishlarda va ikki mustahab amaldan birini tanlash, qaysi biridan boshlashni yoki qaysi biri bilan cheklanishni hal qilish lozim bo‘lgan vaziyatlardagina qo‘llaniladi. Aytmoqchimanki, bu umumiy qoida ham katta, ham kichik ishlarni qamrab oladi, chunki hatto kichik bir ish ham katta natijalarga olib borishi mumkin.

«Qachon birortangiz bir ish qilmoqchi bo‘lsa…», degan iboraga kelsak, Ibn Mas’uddan kelgan hadisda: «Agar birortangiz bir ishni xohlasa, aytsin…» deb kelgan.

«Farz namozdan tashqari ikki rakaat namoz o‘qisin», degan ibora istixora namozi bomdod vaqti kabi namoz o‘qish makruh bo‘lgan paytlarda o‘qilmasligi lozimligini anglatadi (Ammo, agar istixora qilish kerak bo‘lgan masala shoshilinch bo‘lib, namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqt chiqishini kutishga imkon bo‘lmasa, bunday holatda makruh vaqtda ham istixora qilishga ruxsat etiladi).

Imom Navaviy «Azkor» kitobida: «Kishi peshin namozining sunnati yoki boshqa sunnat yoki nafl namozlardan keyin istixora duosini o‘qishi joiz…» deganlar. Bundan kelib chiqadiki, agar u o‘sha namozni istixora niyati bilan o‘qishni ham ko‘nglidan o‘tkazgan bo‘lsa, shuning o‘zi yetarli hisoblanadi. Agar istixora niyati bo‘lmagan bo‘lsa, u holda yetarli bo‘lmaydi.

Ibn Abu Jamra aytadi: «Duodan oldin namoz o‘qishning hikmati shuki, istixoradan maqsad dunyo va oxirat yaxshiliklarini jamlashdir, buning uchun Al-Molikning eshigini qoqish kerak bo‘ladi. Bunda eng yaxshi vosita namozdir, chunki unda Allohni ulug‘lash, Unga maqtov aytish va Unga muhtojligini izhor etish bor».

Hadisdagi «So‘ng shunday desin:», degani esa, mazkur duo namozdan keyin o‘qilishini anglatadi. Shuningdek, oxirgi tashahhudda «attahiyyot» duosi va salavotdan keyin, salom berishdan oldin o‘qilishi ham mumkin.

«Allohim! Men Sening ilming ila istixora qilaman», degan iboradagi «ila» so‘zi sabab va asosni anglatadi, ya’ni ma’nosi «Sening ilming bilan Sendan xayr va yaxshilik so‘rayman», degani. Boshqacha aytganda, «Sen bilguvchiroqsan», deganidir. Shuningdek, «Sening qudrating ila», iborasidagi «ila» so‘zi ham sababni anglatadi, ayni vaqtda yordam so‘rash ma’nosini ham ifoda qiladi. «Qudrat so‘rayman» degani esa «Sendan maqsadga yetishda quvvat va qudrat berishingni so‘rayman» deganidir. Buni «Men uchun shu ishni taqdir qilishingni so‘rayman», deb talqin qilish ham mumkin, arab tilidagi «astaqdiru» so‘zi «osonlashtirish» ma’nosini anglatadi. «Sening fazlingdan so‘rayman», degani Rabbning berishi Uning fazl-u karamidan ekanini bildiradi.

«Zero, Sen qodirsan, men qodir emasman. Sen bilursan, men esa bilmasman», degani esa ilm va qudrat faqat Allohniki ekaniga ishora bo‘lib, bu banda Alloh nasib qilganidan boshqa narsaga ega bo‘lmasligiga ishoradir.

«Allohim, agar ushbu ish… yaxshi deb bilsang», degan iboraga kelsak, boshqa rivoyatda «keyin uning aynan nimaligini aytadi» deyilgan. Iboralarning zohiridan uni tilda aytish lozimligi tushuniladi, ammo duo paytida qalbdan o‘tkazib qo‘yish ham kifoya qiladi.

«Uni menga taqdir qil», degani «uni men uchun ro‘yobga chiqar», deb, yoki «uni menga oson qil» degan ma’noda ham tushunish mumkin.

«Meni undan nari qil», deyilganda uni undan uzoqlashtirish bilan birga qalbining unga bog‘lanib qolmasligi ham so‘raladi.

«So‘ngra meni unga rozi qil», ya’ni garchi hozir, talab qilingan paytda bu ishga rozi bo‘lsam ham toki o‘sha ishni talab qilganimdan yoki sodir bo‘lganidan keyin afsuslanmayin, deganidir.

Bu iboraning siri shunda-ki, kishining qalbi bu ishga bog‘lanib qolmasin va xotirjam bo‘lsin. Rizo esa nafsning taqdir ishlariga xotirjam bo‘lishidir.

Hadis sharhi Hofiz Ibn Hajar rahimahullohning Sahihi Buxoriyning mashhur sharhi, «Fathul boriy» kitobidagi «Duolar kitobi» va «Tavhid kitobi»dagi hadislar sharhidan muxtasar qilib olindi.

Alloh bilguvchiroqdir.

**–||–**–**–||–**–**–||–**

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Boshqalardan duo so‘rashning hukmi

    Musulmon kishi yaxshilik alomatlarini ko‘rgan musulmon birodaridan duo so‘rashining hukmi qanday? Ayniqsa, u hajga yoki boshqa safarga ketayotgan bo‘lsa va undan g‘oyibona duo qilishini so‘rasa. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uvaysni maqtagan va sahobalarni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) undan duo so‘rashga undagan. Uvays al-Qaraniy haqidagi hadisni Imom Muslim oʻz sahihlarida, 2542-hadisda keltirgan. Shayxul Islom Ibn Taymiyya bunga qarshi chiqqanmi va bu hadisni faqat Uvaysga xos deb aytganmi? Bizni foydalantiring, Alloh sizlarga tavfiq bersin.
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Duoda birovning haqqi-hurmatini vasila qilish hukmi

    Kishi duosida «Allohim, Sendan falonchining hurmati bilan yoki falonchining haqqi bilan so‘rayman» deyishining hukmi qanday? Bu bilan qabrdagi odamga «Ey falonchi, menga yordam ber» deyish o‘rtasida farq bormi?
  • Tahorat duolari

    Tahorat olish asnosida aytiladigan, shariatda sobit bo‘lgan duo bormi yoki yo‘qmi?
  • Tavassul turlari

    Tavassulning qanday turlari bor?