Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Masjid ahkomlari » Masjidga aylantirish uchun cherkov sotib olish
Fatvo: 2194

O'qildi: 19

10.12.2025

/ 19 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Masjidga aylantirish uchun cherkov sotib olish

Savol

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjiya shtatidagi bir shaharda musulmonlar jamoasi bor. Ular besh vaqt namoz va juma namozlari uchun masjid qurmoqchi. U yerda sotuvdagi cherkov bor. Ular bu cherkovni sotib olib, undagi xochlar, osilgan va o‘yma tasvirlarni olib tashlagach, masjidga aylantirishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

«Ha, uni sotib olib, masjidga aylantirish joiz. Xochlarni, osilgan va o‘yma tasvirlarni, shuningdek, cherkov bo‘lganligini ko‘rsatadigan barcha narsalarni olib tashlash shart. Bunga hech qanday to‘siq borligini bilmaymiz» (Doimiy qo‘mita fatvolari, 6/267).

Quyidagi hadis shirk va kufr bilan bog‘liq ibodat joylarini masjidga aylantirishning joizligiga dalil bo‘ladi:

عَنْ قَيْسِ بْنِ طَلْقٍ، عَنْ أَبِيهِ طَلْقِ بْنِ عَلِيٍّ قَالَ: خَرَجْنَا وَفْدًا إِلَى نَبِيِّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَبَايَعْنَاهُ وَصَلَّيْنَا مَعَهُ وَأَخْبَرْنَاهُ أَنَّ بِأَرْضِنَا بَيْعَةً لَنَا، وَاسْتَوْهَبْنَاهُ مِنْ فَضْلِ طَهُورِهِ فَدَعَا بِمَاءٍ فَتَوَضَّأَ، وَتَمَضْمَضَ، ثُمَّ صَبَّهُ لَنَا فِي إِدَاوَةٍ، وَأَمَرْنَا، فَقَالَ: «اخْرُجُوا فَإِذَا أَتَيْتُمْ أَرْضَكُمْ فَاكْسِرُوا بَيْعَتَكُمْ، وَانْضَحُوا مَكَانَهَا بِهَذَا الْمَاءِ، وَاتَّخِذُوهَا مَسْجِدًا»، فَقُلْنَا لَهُ إِنَّ الْبَلَدَ بَعِيدٌ وَالْحُرَّ شَدِيدٌ وَالْمَاءُ يَنْشَفُ، قَالَ: «مُدُّوهُ مِنَ الْمَاءِ فَإِنَّهُ لَا يَزِيدُهُ إِلَّا طِيبًا فَخَرَجْنَا حَتَّى قَدِمْنَا بَلَدَنَا فَكَسَرْنَا بَيْعَتَنَا، ثُمَّ نَضَحْنَا مَكَانَهَا وَاتَّخَذْنَاهَا مَسْجِدًا، فَنَادَيْنَا فِيهِ بِالْأَذَانِ» قَالَ: وَالرَّاهِبُ رَجُلٌ مِنْ طَيِّئٍ فَلَمَّا سَمِعَ الْأَذَانَ، قَالَ: «دَعْوَةُ حَقٍّ، ثُمَّ اسْتَقْبَلَ تَلْعَةً مِنْ تِلَاعِنَا فَلَمْ نَرَهُ بَعْدُ»

Qays ibn Tolqdan, u otasi Tolq ibn Alidan rivoyat qilib, aytadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ir delegatsiya bo‘lib bordik. U zotga bay’at qildik, u zot bilan birga namoz o‘qidik va yurtimizda bizga tegishli bir biy’a (nasroniy yoki yahudiylarning ibodatxonasi) borligini aytdik va u zotdan tahoratlaridan ortgan suvdan berishlarini so‘radik. Bas, u zot suv chaqirdilar, tahorat qildilar va og‘izlarini chaydilar, so‘ngra uni biz uchun bir meshga quydilar va bizga buyurib, dedilar: «Yo‘lga chiqinglar, yurtingizga qaytgach, biy’angizni buzib, o‘rniga shu suvni sepinglar va u joyni masjidga aylantiring». Biz u zotga: «Shahar uzoq, issiq qattiq va suv qurib qoladi», dedik. U zot aytdilar: «Unga suv qo‘shib ko‘paytiringlar, zero bu uning xushbo‘yligini faqat ziyoda qiladi». Bas, biz yo‘lga chiqdik, hatto shahrimizga yetib keldik, cherkovimizni buzib tashladik, so‘ngra uning o‘rniga suv sepib, uni masjid qilib oldik va unda azon aytdik». (Tolq) aytdi: «Rohib Tay qabilasidan bir kishi edi. U azonni eshitgach: «Haq da’vat», dedi, so‘ngra bizning tepaliklarimizdan biriga yuzlanib ketdi va shundan keyin uni ko‘rmadik» Nasoiy, 694; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Nasoiy, 701).

Agar binoning shiftlari, devorlari va shunga o‘xshash qismlaridan foydalanish mumkin bo‘lsa, poydevorini buzish shart emas. Shirkning barcha ko‘rinishlari va harom narsalar olib tashlangandan so‘ng, bino saflarini Ka’ba tomon yo‘naltirish uchun zarur me’moriy o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin. Alloh taolo muvaffaqiyat beruvchi, bilguvchi va hikmatli Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ko‘ngilochar maskanlarni masjidlarga aylantirish

    Spirtli ichimliklar sotiladigan joylar va raqs maydonchalarini sotib olib, ulardan masjid va ibodatxona sifatida foydalanish joizmi?
  • Kofirlar masjidga kirishi joizmi?

    Kofirlarlarning masjidga kirishining hukmi qanday?
  • Qarovsiz qolgan masjidlar

    Ma’lum vaqtdan so‘ng musulmonlardan bo‘shab qolishi mumkin bo‘lgan viloyat yoki shaharda masjid qurish yoki binoni masjidga aylantirish joizmi? Misol uchun, Amerikada musulmon talabalar ma’lum hududlarda masjid qurishadi, ammo ular o‘qishni tugatib, vatanlariga qaytganlaridan so‘ng masjid tashlandiq yoki deyarli tashlandiq holda qoladveradimi?
  • Musulmonlar uchun kofir davlat tomonidan qurilgan masjidlar

    Biz kofir davlatda istiqomat qilayotgan musulmonlarmiz. Ayni paytda hukumat musulmonlar yashaydigan hududlarda ayrim masjidlar qurishni yo‘lga qo‘ymoqda. Garchi o‘zimiz bu masjidlarni qurish imkoniyatiga ega bo‘lsak-da, hatto tomlari daraxt barglaridan bo‘lsa ham, o‘z hissamizni qo‘shmasdan ularning qurilishiga rozilik berishimiz joizmi? Ma’lumki, hozirda hukumat musulmonlarni o‘ziga qarshi chiqmasligi uchun ularni xotirjam qilishga urinmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, bu yordamning manbasi aniq emas – u chindan ham hukumatdanmi yoki chet eldagi musulmon birodarlarimizdan ekanligini bilmaymiz. Shu masalada javobingizni so‘raymiz.
  • Masjid qurilishida shubhali shartnomalar tuzishdan ehtiyot bo‘lish

    Avvalo, ushbu foydali dasturda ishtirok etayotgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Bu dastur odamlarni ahli sunna val jamoa yo‘lida sobit bo‘lishga yordam beradi. Alloh sizlarga yaxshilik ato qilsin.Savolim shundan iboratki, biz Krusz shahrida (yoki viloyatida) masjid qurilishini boshlash arafasidamiz. Pudratchining ishni to‘liq bajarishini ta’minlash uchun ikki chorani ko‘rish rejalashtirilmoqda:1. Pudratchining ishni to‘liq bajarmasligi yoki kechiktirishi natijasida yuzaga keladigan muammolarni qoplash uchun obligatsiyalar sotib olish.2. Qurilishi tugallangach, masjidni sug‘urtalash — bu yong‘in, tabiiy ofat yoki boshqa zararlar yuz bersa, ularni qoplashga xizmat qiladi.Savol shuki, bu turdagi himoya vositalaridan foydalanish halolmi?
  • Ribo evaziga qurilgan masjidda namoz o‘qish joizmi?

    Biz yashaydigan hududda Islom markazi qurildi. Bu yerdagi musulmonlar katta foizli qarz olib, mulkni sotib olishgan. Masjid qurilishida ham foizli qarz ishlatilgan. Musulmon talabani ushbu masjidda namoz o‘qishi yoki tadbirlarda ishtirok etishi harommi? Yoki uning o‘rniga boshqa masjidlarga borishi kerakmi?