Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Saqlanganlar

Murakkab qidiruv

Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh shartlari » Nikohning ruknlari, shartlari va valiyning shartlari
Fatvo: 2127

O'qildi: 69

26.11.2025

/ 5 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Nikohning ruknlari, shartlari va valiyning shartlari

Savol

Nikoh shartnomasining ruknlari qanday? Uning shartlari nimalardan iborat?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

NIKOHNING RUKNLARI

Nikohning ruknlari uchtadir:

  1. Nikohning to‘g‘riligiga to‘sqinlik qiladigan mone’liklardan xoli bo‘lgan er-xotinning mavjudligi, masalan: nasab yoki emizish orqali mahramlik, erkak kofir, ayol esa musulmon bo‘lishi va hokazo.
  2. Ijobning hosil bo‘lishi: valiy yoki uning o‘rnida turuvchi shaxsdan chiqadigan so‘z, masalan: «Senga falon ayolni turmushga berdim».
  3. Qabulning hosil bo‘lishi: kuyov yoki uning o‘rnida turuvchi shaxsning «Qabul qildim» deyishi.

NIKOHNING SHARTLARI

Nikohning durust boʻlishi uchun quyidagi shartlar topilmogʻi lozim:

Birinchidan: Er-xotinning har birini ularga ishora qilish, ismini aytish yoki sifatini zikr qilish orqali aniq belgilash.

Ikkinchidan: Er-xotinning ikkisi ham ushbu nikohga oʻz xohishi bilan rozilik berishi. Buning dalili:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «لَا تُنْكَحُ الْأَيِّمُ حَتَّى تُسْتَأْمَرَ، وَلَا تُنْكَحُ الْبِكْرُ حَتَّى تُسْتَأْذَنَ. قَالُوا: كَيْفَ إِذْنُهَا؟ قَالَ: أَنْ تَسْكُتَ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Juvon o‘zi bilan maslahatlashilmay nikohlanmaydi, bokira esa izni so‘ralmay nikohlanmaydi», dedilar. «Uning izni qanday bo‘ladi?» deyishdi. U zot: «Sukut qilishi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6970).

Uchinchidan: Ayolga nikohni valiysi (yoki valiyning vakili) bog‘lashi, chunki Alloh valiylarga xitob qilib:

﴿وَأَنْكِحُوا الْأَيَامَىٰ مِنْكُمْ﴾

«O‘z oralaringizdagi tul-bevalarni nikohlanglar» (Nur: 32), degan. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlari uchun:

عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُّمَا امْرَأَةٍ نَكَحَتْ بِغَيْرِ إِذْنِ مَوَالِيهَا، فَنِكَاحُهَا بَاطِلٌ، فَنِكَاحُهَا بَاطِلٌ، فَنِكَاحُهَا بَاطِلٌ».

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Valiysining iznisiz turmushga chiqqan ayolning nikohi botil, nikohi botil, nikohi botil», dedilar» (Termiziy, 2083; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 2709).

To‘rtinchidan: Nikoh shartnomasida ikki adolatli erkak, yoki adolatli bir erkak va ikki ayol guvohlar bo‘lishi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlari uchun:

عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ، أَنَّهُ قَالَ: «لَا نِكَاحَ إِلَّا بِوَلِيٍّ، وَشَاهِدَيْ عَدْلٍ»

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Valiy va ikki adolatli guvohi bo‘lmagan nikoh nikoh emas», dedilar» (Bayhaqiy: Sunanu Sagʻir, 3286; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahih al-jome’», 7558).

Boshqa hadisda:

عَنْ عَائِشَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَعْلِنُوا هَذَا النِّكَاحَ»

Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu nikohni e’lon qilinglar», dedilar (Ibn Moja, 1895; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Ibn Moja, 1529).

VALIYLIK SHARTLARI

Valiy boʻlish uchun kishi quyidagi shartlarga qilinadi:

  1. Aql (aqli va es-hushi joyida boʻlishi);
  2. B alog‘at yoshiga yetgan boʻlishi;
  3. Ozod inson boʻlishi (qul boʻlmasligi);
  4. Musulmon boʻlishi; kofirning musulmon erkak yoki ayol ustidan, shuningdek, musulmonning kofir erkak yoki ayol ustidan valiylik huquqi yo‘q. Gʻayridin uchun nikohda valiylik boshqa g‘ayrdin ustidan o‘rnatiladi, hatto ularning dinlari farq qilsa ham. Dindan qaytgan kishining hech kim ustidan valiylik huquqi yo‘q.
  5. Adolat: fisqni inkor qiluvchi, bu ba’zi ulamolar nazdida shartdir. Ba’zilari zohiriy adolat bilan kifoyalandi va ba’zilari: nikohlash ishini o‘z zimmasiga olgan kishining manfaatini ko‘rish yetarli, dedi.
  6. Valiy erkak kishi boʻlishi. Buning dalili:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تُزَوِّجُ الْمَرْأَةُ الْمَرْأَةَ، وَلَا تُزَوِّجُ الْمَرْأَةُ نَفْسَهَا، فَإِنَّ الزَّانِيَةَ هِيَ الَّتِي تُزَوِّجُ نَفْسَهَا».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayol ayolni turmushga bermasin va ayol o‘zini o‘zi (ham) turmushga bermasin. Zero, o‘zini o‘zi turmushga bergan ayol zinokordir», dedilar» (Ibn Moja, 1882; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvo’ul g‘olil», 1841).

  1. Rushd: Valiy kufu’ – kafoatni (ikki juftning bir-biriga mos ekanini) hamda nikoh manfaatlarini aniqlashtira bilishi lozim.

VALIYLAR TARTIBI

 Fuqaholar nazdida nikohda valiylar uchun maxsus tartib belgilangan boʻlib, eng yaqin valiy yo‘q bo‘lganda yoki zaruriy shartlarga javob bermagandagina keyingi valiyga o‘tish mumkin.

Ayolning valiylari quyidagi tartibda bo‘ladi:

  1. Otasi,
  2. so‘ng otasi tayinlagan vasiy,
  3. keyin (ota tarafdan) bobosi (hatto u yuqori avloddan, bobosining otasi va bobosining bobosi bo‘lsa ham),
  4. so‘ng nikohlanuvchi ayolning o‘g‘li boʻlsa u ham onasining valiysi boʻla oladi,
  5. keyin o‘g‘lining o‘g‘illari (hatto ular quyi avloddan, chevara, evaralari bo‘lsa ham),
  6. so‘ng tug‘ishgan akasi,
  7. keyin ota bir akasi,
  8. keyin ularning o‘g‘illari,
  9. so‘ng tug‘ishgan amakisi, keyin ota bir amakisi,
  10. keyin ularning o‘g‘illari,
  11. so‘ng meros qoidalariga ko‘ra ota tomondan eng yaqin erkak qarindoshi,
  12. undan keyin navbatdagi eng yaqin qarindoshi.
  13. Valiysi bo‘lmagan ayolga musulmon hukmdor (yoki uning o‘rnida qozi) valiy bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Telefon orqali nikoh

    Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?
  • Nikohda harom ishni shart qilish

    Agar kelinchak kuyovning uyida it boqishni shart qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?
  • Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

    Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?
  • Otaning roziligi va kuyovning Islomni qabul qilishi – muslima ayolga uylanishning shartidir

    Men musulmonman va singlim nasroniy kishi bilan unashtirilgan, u rozi bo‘lgan va ular nikoh qilishmoqchi. Erkak Islomga kirmoqchi. Nima qilishni bilmayapman. Bu nikohga qarshi chiqishga haqqim bormi? Ota-onam bu nikohga mutlaqo qarshi va juda tashvishda, asosan erkak boshqa madaniyatdan kelgani va bizga qarindosh emasligi sababli. Iltimos, nima qilishim kerakligi haqida maslahat berishingizni so‘rayman, chunki men xavotirdaman va vaqt tez o‘tib bormoqda. Rahmat.
  • Musulmon xotiniga kirishni istaganda nima qilishi kerak?

    Nikoh qanday bo‘lishini bilmoqchiman. Ya’ni, to‘y marosimi qanday o‘tkazilishi kerak? Qancha mehmon taklif etiladi? Belgilangan miqdor bormi? To‘y marosimi paytida, mehmonlarni kutib olish marosimida yoki ziyofatda musiqa qo‘yish joizmi? Shuningdek, to‘y marosimi va mehmondorchilikni tashkil etish kimning zimmasida ekanligini ham aytib oʻtsangiz. Bu kuyovning vazifasimi yoki kelinning vazifasimi? Javobni iloji boricha tezroq bilishni istardim, toki oilamga ma’lumot bera olishim va Allohning izni bilan, buni hayotga tatbiq etishim uchun. Shoyad Alloh menga va nikohimga baraka bersa.
  • Domlasiz nikoh oʻqitsa boʻladimi?

    Agar nikoh aqdi rasmiy shaxs, masjid imomi yoki biror din arbobi ishtirokisiz tuzilgan bo‘lsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?