Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Nikoh shartlari » Nikohda harom ishni shart qilish
Fatvo: 1260

O'qildi: 228

06.09.2025

/ 14 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Nikohda harom ishni shart qilish

Savol

Agar kelinchak kuyovning uyida it boqishni shart qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Biz ushbu savolni shayx Abdulloh ibn Jibrin hazratlariga taqdim etdik va u kishi shunday javob berdilar: «Bu shart botildir… Agar nikoh shu shart bilan bogʻlangan bo‘lsa ham, er bu shartni bajarishga majbur emas».

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

    Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.
  • Uylanish joiz boʻlgan ahli kitob ayol kim?

    Men «ahli kitob ayollaridan bo‘lgan iffatli ayollarga uylanish» iborasi nimani anglatishini bilmoqchiman? Qo‘l tekkizish va o‘pish kitobiya ayolga uylanishga to‘sqinlik qiladimi? Men sizning javobingizda musulmon kishi iffatli ayolgagina uylanishi kerakligini o‘qidim. Bu faqat kitobiya ayolga tegishlimi yoki musulmon qizga ham taalluqlimi? Qo‘l tekkizish va o‘pish «iffat» so‘zi ta’rifiga kiradimi? Nikohdan oldin qo‘l tekkizish zarur deb o‘ylaydigan yosh musulmon yigitga qanday maslahat berasiz?
  • Telefon orqali nikoh

    Men bir qizga nikohlanmoqchiman, lekin uning otasi boshqa mamlakatda. Hozirda men moliyaviy va boshqa sabablarga ko‘ra uning oldiga borib, barchamiz jamlanib nikoh aqdini amalga oshirishga imkonim yo‘q. O‘zim g‘arb mamlakatida yashayman. Men uning otasi bilan telefon orqali gaplashsam va u menga: «Senga qizim falonchini nikohladim», deb aytsa, men: «Qabul qildim», desam nikoh bog‘lanadimi?Agar qiz ham rozi bo‘lsa va ikkita musulmon guvoh telefonning ovoz kuchaytirgichi orqali bizning suhbatimizni eshitsa, bu shariatga ko‘ra to‘g‘ri nikoh aqdi hisoblanadimi?
  • Nikohning ruknlari, shartlari va valiyning shartlari

    Nikoh shartnomasining ruknlari qanday? Uning shartlari nimalardan iborat?
  • Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

    Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?