Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Taomlar » Yer ostida o‘sadigan sabzavotlarning hukmi
Fatvo: 1990

O'qildi: 49

Noyabr 14, 2025

/ 23 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Yer ostida o‘sadigan sabzavotlarning hukmi

Savol

Men huzurida dars olayotgan ayol aytgan gaplarning qanchalik to‘g‘riligini tushuntirib berishingizni so‘rayman. U yer ostida o‘sadigan sabzavotlar makruh ekanligini va bir idishda bir necha narsalarni pishirish harom ekanligini aytdi. Biz odatda yer ostida o‘sadigan 5 yoki 6 turdagi sabzavotlardan iborat taomlar tayyorlashga o‘rganganmiz va bularning barchasi bitta idishda pishiriladi. Uning aytganlari to‘g‘rimi yoki u yanglishyaptimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taologa hamd-u sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi:

﴿هُوَ الَّذِي خَلَقَ لَكُمْ مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا﴾

«U shunday zotki, siz uchun Yerdagi barcha narsani yaratdi» (Baqara: 29).

Alloh azza va jalla yana aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا﴾

«Ey odamlar, Yerdagi halol-pok narsalardan yenglar» (Baqara: 168).

Alloh subhanahu dedi:

﴿قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Alloh bandalari uchun chiqargan bezak (liboslarni) va halol-pok rizqlarni kim harom qildi?!» (A’rof: 32).

Shundan bilamizki, yerdan unib chiqqan har bir narsa aslida halol bo‘lib, uni shar’iy dalilsiz harom yoki makruh deyish joiz emas. Yer ostida o‘sadigan kartoshka, sabzi, piyoz va boshqalarning makruhligiga qanday dalil bor?

Keyin o‘sha ayol sizga aytgan qiziq qoidaga kelsak, u ayolning bilim manbasini bilmaymiz, ammo qaysi qoidada makruh narsalarni jamlab bir idishda pishirish natijasida u narsalar haromga aylanishi aytilgan?! Agar pishirish natijasida hosil boʻlgan taom mast qiluvchi yoki zaharli bo‘lsa yoki pishirilayotgan narsa cho‘chqa go‘shti kabi harom moddalardan tashkil topgan bo‘lsa, unda uni yeyish harom der edik. Ammo siz aytgan besh yoki olti xil yer ostida o‘sadigan sabzavotlarni pishirish muboh va buning hech qanday zarari yo‘q.

Sizga maslahatimiz, ilmsiz kishining so‘ziga e’tibor bermang. Allohdan haqiqatga yo‘llashini va dinimizda bizni basir qilishini so‘raymiz. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Allohning salovoti va salomlari bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi

    Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?
  • Xom go‘sht yeyish hukmi

    Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
  • Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi

    Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi?
  • Hayvon terisidan tayyorlangan mahsulotlar hukmi

    Hayvon terisidan foydalanish mezonlari qanday? Go‘shti iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz, terisi oshlangan yoki oshlanmagan bo‘lishining ahamiyati bormi?
  • Benamozlar ishlaydigan qassobxona

    Bir qassobxonani bilaman, unda ishlaydigan kishilarning ba’zilari namoz o‘qiydi, ba’zilari esa benamoz. U yerda ko‘pchilik Islom dinini haqorat qiladi. Ular so‘ygan hayvonlarni iste’mol qilish joizmi?
  • Oqova suvi bilan ekinlarni sug‘orish

    Oqova suv kanallarining bo‘yida xurmo daraxtlarimiz bor. Ularning xurmo mevalari va gʻoʻralarini iste’mol qilish joizmi?