O'qildi: 49
Noyabr 9, 2025
/ 18 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Taomlar
Savol
Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ba’zi ulamolar xom go‘sht yeyishni makruh deb aytganlar. Biroq to‘g‘risi shuki, uni yeyish mubohdir, chunki narsalardagi asl hukm mubohlikdir. Ya’ni, uni man qiladigan aniq dalil kelmagan.
Biroq buning bir sharti bor — agar yeyish natijasida sogʻliqqa zarar yetmasa, u holda joiz bo‘ladi. Aksincha, agar zarar yetkazsa, u harom sanaladi. Chunki zarar keltiradigan har bir narsa shariatda man qilingan.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Va o‘zingizni halokatga tashlamang!» (Baqara: 195).
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?