Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Qiz bola oʻzgia turmush o‘rtoq so‘rab duo qilishi toʻgrimi?
Fatvo: 1431

O'qildi: 952

28.09.2025

/ 6 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Qiz bola oʻzgia turmush o‘rtoq so‘rab duo qilishi toʻgrimi?

Savol

Qiz bolaning qalbida bir insonni yashirincha yaxshi koʻrishi va o‘sha insonga turmush o‘rtoq bo‘lishini Allohdan so‘rab duo qilishi noto‘g‘rimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar bu muhabbat qizni Allohni sevishdan chalg‘itmasa va harom so‘zlar hamda amallarga olib bormasa, inshaalloh, bunda hech qanday zarar yo‘q. Shuningdek, agar u taqvodor musulmon bo‘lsa, qizning Alloh taolodan uni o‘ziga jufti halol qilishini so‘rab duo qilishida ham hech qanday zarar yo‘q.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

    Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Eri vafot etgan ayolning ko‘chaga chiqishi

    Bir ayolning eri vafot etdi. U shifokor ko‘rigi yoki davlat ishlari kabi zaruratlar yuzasidan uydan chiqsa bo‘ladimi?
  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
  • Ayol pul topsa uyga xarajat qilishi kerakmi?

    Ishlaydigan ayol uy xarajatlarini to‘lashi kerakmi? Chunki eri: «Agar uy xarajatlarini to‘lamasang, ishlashga haqqing yo‘q», deydi. Erining uning maoshida haqqi bormi? Agar u uy xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘lsa, u bilan eri o‘rtasida qanday nisbat bo‘lishi kerak?
  • Togʻaning ayoliga uylanish hukmi

    Savolim nikoh masalasiga taalluqli. Yaqin do‘stim tog‘asining xotiniga uylanmoqchi. Do‘stimning tog‘asi xotiniga juda yomon munosabatda bo‘ladi, bu ularning ikki farzandiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayol eridan ajrashib, do‘stimga turmushga chiqish istagida. Do‘stim unga va bolalarga yordam berib, togʻasining qo‘pollik va sovuqqonligini qoplamoqchi. Shu vaziyat yuzasidan quyidagi savollarim bor: 1. Bunday nikoh shariat bo‘yicha ruxsat etilganmi? 2. Do‘stimning ikki bola (togʻasining farzandlari) oldidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? Ushbu savolga batafsil javob berishingizni iltimos qilaman. Agar nikoh Islom shariati qoidalariga zid bo‘lsa, men bu nikohning oldini olishga harakat qilaman. Tezroq javob bersangiz, g‘oyat minnatdor bo‘lardim. Rahmat.
  • Tavba qilgan ikki zinokorning nikohi

    Men besh yildan beri Yevropada tahsil olayotgan musulmonman. O‘qishim davomida bir qizni uchratdim va uni ikki yil sevdim. Tan olishim kerakki, u bilan ogʻir gunohga – zino qilishgacha bordim. So‘nggi bir necha oy ichida qiz Islomni qabul qildi va endi men uni Alloh va Uning Rasuli sunnatiga muvofiq nikohimga olmoqchiman. Uni nikohimga olishim joizmi? Men qilishim kerak boʻlgan biror maxsus amal bormi? Alloh sizga ezgulik ato etsin.