O'qildi: 17
12.04.2026
/ 24 Shavvol 1447
Fatvo mavzusi: Idda
Savol
Bir ayolning eri vafot etdi. U shifokor ko‘rigi yoki davlat ishlari kabi zaruratlar yuzasidan uydan chiqsa bo‘ladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Erining vafoti sababli idda o‘tirgan ayol kunduz kunlari o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, masalan, shifokor huzuriga borish yoki davlat ishlarini hal qilish uchun, agar bu ishlarni uning o‘rniga qiladigan hech kimi bo‘lmasa, uydan chiqishi joiz. Kechasi esa zarurat bo‘lmasa, chiqmasligi lozim.
Ibn Qudoma rahimahulloh aytadi: «Idda o‘tirgan ayol, xoh taloq qilingan bo‘lsin, xoh eri vafot etgan bo‘lsin, kunduzi o‘z hojatlarini o‘tash uchun chiqishi joiz. Chunki:
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Xolam uch taloq qilingan edi. Bir kuni (uydan) chiqib, xurmosining mevasini tera boshladi. Bir odam uni ko‘rib qolib, bundan qaytardi. Xolam kelib, buni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga aytgan edi, u zot xolamga: «Chiqib, xurmoyingning mevasini teraver. Ehtimol, undan sadaqa yoki biror yaxshilik qilarsan», dedilar» (Ab-u Dovud, 2297; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 235).
Mujohid rivoyat qiladi:
«Uhud jangi kuni bir qancha erkaklar shahid bo‘ldilar. Ularning ayollari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Ë Rasulalloh, biz kechalari yolg‘izlikdan qo‘rqamiz, birortamiznikida tunab, tong otgach, uy-uylarimizga tarqalsak bo‘ladimi?» – deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Birortangizning uyida suhbatlashib o‘tiringlar, ammo uxlamoqchi bo‘lsangizlar, har bir ayol o‘z uyiga qaytsin», dedilar (Zodul maod, 5/615; Mursal hadis).
Shunga ko‘ra, idda o‘tirgan ayolga o‘z uyidan boshqa joyda tunash va kechasi zaruratsiz tashqariga chiqish joiz emas. Chunki kechasi fitnaga moyilroq vaqt, kunduzi esa, aksincha, hojatlarni ravo qilish, tirikchilik va kerakli narsalarni xarid qilish vaqtidir» («Mug‘niy», 8/130).
Doimiy qo‘mita fatvosida shunday deyiladi: «Asl qoida shuki, ayol marhum eri yashagan uyda idda o‘tirishi lozim va u yerdan faqat ehtiyoj yoki zarurat tug‘ilgandagina chiqishi mumkin; Masalan, kasal bo‘lib qolsa, shifoxonaga borish uchun yoki bozordan non va shunga o‘xshash zarur narsalarni sotib olish uchun, agar bu ishlarni uning uchun qiladigan hech kimi bo‘lmasa», – iqtibos tugadi. («Fatovo allajna ad-doima», 20/440).
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?