O'qildi: 31
Sentabr 13, 2025
/ 21 Rabiul-avval 1447
Fatvo mavzusi: Hayvonlarni soʻyish
Savol
Fermada qo‘ylarim bor va ba’zi musulmon birodarlar bu qo‘ylarni sotishimni so‘rashdi. Mening savolim: Fermamda ular qo‘ylarni so‘yishi uchun maxsus joy ajratishim kerakmi? (Masalan, qo‘ylarni tekshirish uchun nazoratchi yoki maxsus jihozlar bo‘lishi kerakmi?) Men qo‘ylarni sotmoqchiman, lekin davlat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bilan muammoga duch kelishni istamayman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar musulmonlarga qo‘ylarni shariatga muvofiq so‘yish imkoniyatini yaratib bersangiz, bu juda yaxshi ish bo‘ladi. Bunga imkoningiz bo‘lmasa, ularga qo‘ylarni tiriklayin sotishdan boshqa chora qolmaydi va ular keyinchalik o‘zlari so‘yishadi.
Biroq, men sizni imkon qadar musulmonlarga so‘yish masalasida qulaylik yaratib berishga chaqiraman, chunki ular fermangizdan boshqa qulay joy topa olmasliklari mumkin.
Alloh bizni va sizni barcha-barcha ezgu ishlarga muvaffaq qilsin.
Bu javob foydali bo’ldimi?