Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Zakot masalalari » Zakot berishdan bosh tortgan kishi vafot etsa, uning holi ne kechadi?
Fatvo: 1344

O'qildi: 225

13.09.2025

/ 21 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Zakot berishdan bosh tortgan kishi vafot etsa, uning holi ne kechadi?

Savol

«La ilaha illalloh» (Allohdan oʻzga haq iloh yo‘qligi)ga guvohlik berib, namoz o‘qiydigan, ammo zakot bermagan va bu amalni tan olmagan kishining hukmi qanday? Agar u vafot etsa, Islomdagi hukmi qanday, uning janozasi o‘qiladimi yoki yo‘qmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

«Zakot Islomning ruknlaridan biridir. Kim uning vojibligini inkor qilib tark etsa, unga zakotning hukmi bayon qilinadi. Agar u o‘z inkorida qattiq turib olsa, kofir bo‘ladi, unga janoza o‘qilmaydi va musulmonlar qabristoniga dafn etilmaydi. Biroq, agar zakotni farz deb bilsa-yu, lekin baxillik qilib bermasa, u gunohkor, gunohi kabira qilgan, fosiq boʻladi, lekin dindan chiqmaydi. Agar u shu holatda vafot etsa, g‘usl qildirilib, janozasi o‘qiladi. Uning taqdiri Qiyomat kuni Allohning hukmiga havola qilinadi». Doimiy qoʻmita fatvosi, 9/184.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi

    Qog‘oz pullar uchun zakot nisobi qancha? Qog‘oz valyutalardagi nisobni baholash oltin nisobiga asoslanadimi yoki kumush nisobiga?
  • G‘ayridin tilanchiga sadaqa berish hukmi

    Agar g‘ayridin kishi umumiy yo‘lda tilanchilik qilsa, unga pul berish joizmi?
  • Fitr zakotini chiqarish vaqti

    Fitr zakotini chiqarish vaqti hayit namozidan keyin o‘sha kunning oxirigachami?
  • Fitr zakotini pul bilan chiqarish

    Fitr zakotining miqdori qancha? Uni hayit namozidan keyin, shuningdek, pul bilan chiqarish joizmi?
  • Fitr zakotining miqdori

    «Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?