Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Musulmon xotiniga kirishni istaganda nima qilishi kerak?
Fatvo: 854

O'qildi: 1,388

15.07.2025

/ 20 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Musulmon xotiniga kirishni istaganda nima qilishi kerak?

Savol

Nikoh qanday bo‘lishini bilmoqchiman. Ya’ni, to‘y marosimi qanday o‘tkazilishi kerak? Qancha mehmon taklif etiladi? Belgilangan miqdor bormi? To‘y marosimi paytida, mehmonlarni kutib olish marosimida yoki ziyofatda musiqa qo‘yish joizmi? Shuningdek, to‘y marosimi va mehmondorchilikni tashkil etish kimning zimmasida ekanligini ham aytib oʻtsangiz. Bu kuyovning vazifasimi yoki kelinning vazifasimi? Javobni iloji boricha tezroq bilishni istardim, toki oilamga ma’lumot bera olishim va Allohning izni bilan, buni hayotga tatbiq etishim uchun. Shoyad Alloh menga va nikohimga baraka bersa.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

  • Musulmon kishi nikohini mukammal bo‘lishini istasa, sunnatda kelgan bir qancha amallarni amalga oshirishi tavsiya etiladi. Ulardan:

Birinchidan: Kelinga mehribonlik ko‘rsatish, masalan, biror ichimlik yoki shunga o‘xshash narsalar taklif etish.

أَنَّ أَسْمَاءَ بِنْتَ يَزِيدَ بْنِ السَّكَنِ، قَالَتْ: «إِنِّي قَيَّنْتُ عَائِشَةَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ جِئْتُهُ، فَدَعَوْتُهُ لِجِلْوَتِهَا، فَجَاءَ، فَجَلَسَ إِلَى جَنْبِهَا، فَأُتِيَ بِعُسِّ لَبَنٍ، فَشَرِبَ ثُمَّ نَاوَلَهَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَخَفَضَتْ رَأْسَهَا وَاسْتَحْيَتْ. قَالَتْ أَسْمَاءُ: فَانْتَهَرْتُهَا وَقُلْتُ لَهَا: خُذِي مِنْ يَدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَتْ: فَأَخَذَتْ، فَشَرِبَتْ شَيْئًا، ثُمَّ قَالَ لَهَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: » أَعْطِي تِرْبَكِ»

Asmo bint Yazid ibn Sakan aytganlar: «Men Oishani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga turmushga chiqqanida uni kelinlikka tayyorladim, so‘ng u zotga kelib kelinni ko‘rishga chaqirdim. Kelib Oishaning yoniga o‘tirdilar. Shunda u zotga katta idishda sut keltirildi. U zot ichdilar, so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam uni Oishaga uzatdilar biroq u boshini egib, xijolat tortdi. Asmo aytadi: «Men Oishani koyidim va unga: «Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning qo‘llaridan ol», dedim. Asmo aytadi: «U sutni olib, ozgina ichdi». So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi va sallam unga: «Sherigingizga bering», deb, o‘zini nazarda tutdilar…» (Musnadi Ahmad, 27590. Shuayb Arnaut hadisni zaif sanagan. Ammo hadisning rivoyat zanjiri yaxshi. Manba: «Odobi zifof», 19).

Ikkinchidan: Kelinining boshiga qo‘lini qo‘yib, uning haqqiga duo qilishi va «bismillah» deb, baraka tilashi.

عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا تَزَوَّجَ أَحَدُكُمُ امْرَأَةً أَوِ اشْتَرَى خَادِمًا، فَلْيَقُلِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَمِنْ شَرِّ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ، وَإِذَا اشْتَرَى بَعِيرًا فَلْيَأْخُذْ بِذِرْوَةِ سَنَامِهِ وَلْيَقُلْ مِثْلَ ذَلِكَ»
قَالَ أَبُو دَاوُدَ: زَادَ أَبُو سَعِيدٍ، ثُمَّ لِيَأْخُذْ بِنَاصِيَتِهَا وَلْيَدْعُ بِالْبَرَكَةِ فِي الْمَرْأَةِ وَالْخَادِمِ

Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Birortangiz bir ayolga uylansa yoki xodim sotib olsa, «Allohumma, innii as’aluka xoyrohaa va xoyro maa jabaltaha ’alayhi va a’uuzu bika min sharrihaa va min sharri maa jabaltahaa ’alayhi» (ya’ni, «Allohim, Sendan uning yaxshiligini va Sen unda yaratib qo‘ygan narsaning yaxshiligini so‘rayman, uning yomonligidan va Sen unda yaratib qo‘ygan narsaning yomonligidan panoh tilayman»), desin. Tuya sotib olsa, uning o‘rkachining tepasidan ushlab turib ham xuddi shunday desin». Abu Dovud aytadi: «(Roviy) Abu Sa’id «(U zot xotin va xodim haqida) «So‘ngra uning peshona sochidan ushlab, baraka tilab duo qilsin», dedilar» deb qo‘shimcha qilgan». (Abu Dovud, 2160. Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 341).

Uchinchidan: Kelin-kuyov ikki rakaat namoz o‘qishi mustahab bo‘lib, kuyov imom bo‘lib, kelin uning orqasida turadi, chunki bu salaflarning odati ekanligi rivoyat qilingan. Bu haqda ikkita asar (xabar) kelgan.

Birinchisi:

وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ مَوْلَى أَبِي أُسَيْدَ قَالَ: تَزَوَّجْتُ وَأَنَا مَمْلُوكٌ , فَدَعَوْتُ نَفَرًا مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِيهِمْ ابْنُ مَسْعُودٍ وَأَبُو ذَرٍّ وَحُذَيْفَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمْ فَعَلَّمُونِي فَقَالُوا: «إذَا أُدْخِلَ عَلَيْكَ أَهْلُكَ فَصَلِّ عَلَيْكَ رَكْعَتَيْنِ، ثُمَّ سَلْ اللهَ تَعَالَى مِنْ خَيْرِ مَا دَخَلَ عَلَيْكَ، وَتَعَوَّذْ بِهِ مِنْ شَرِّهِ، ثُمَّ شَأنَكَ وَشَأنَ أَهْلِكَ»

Abu Usaydning ozod qilingan quli Abu Sa’iddan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir guruhi unga ta’lim berib, shunday deganlar: «Qachon ayoling huzuringga kirsa, ikki rakaat namoz o‘qi va Allohdan senga yetgan narsaning yaxshiligini so‘ra va uning yomonligidan panoh tila» («Odobi zifof», 22. Sahih asar, manba: «Irvoul gʻolil», 523).

Ikkinchisi:

عَنْ شَقِيقٍ، قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ يُقَالَ لَهُ أَبُو جَرِيرٍ فَقَالَ: إِنِّي تَزَوَّجْتُ جَارِيَةً شَابَّةً، وَإِنِّي أَخَافُ أَنْ تَفْرَكَنِي قَالَ: فَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ: «إِنَّ الْإِلْفَ مِنَ اللَّهِ، وَالْفَرْكَ مِنَ الشَّيْطَانِ، يُرِيدُ أَنْ يُكَرِّهَ إِلَيْكُمْ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكُمْ، فَإِذَا أَتَتْكَ فَمُرْهَا أَنْ تُصَلِّيَ وَرَاءَكَ رَكْعَتَيْنِ»

Shaqiq aytadi: «Abu Jarir degan kishi kelib (Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuga): «Men yosh bokira qizga uylanganman, lekin u meni yomon ko‘rib qolishidan qo‘rqaman», dedi. Shunda Abdulloh: «Muhabbat Allohdan, nafrat esa shaytondandir, u seni Alloh halol qilgan narsadan nafratlantirishni istaydi. Qachon huzuringizga kelsa, ayt, ortingxdan ikki rakaat namoz o‘qisin», dedilar (Musannaf Ibn Abu Shayba, 17156; Sahih asar. Manba: «Odobi zifof», 23)

To‘rtinchidan: Ayoli bilan qoʻshilish oldidan hadisda kelgan duoni aytish.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ : عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «أَمَا إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا أَتَى أَهْلَهُ وَقَالَ: بِسْمِ اللهِ اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا فَرُزِقَا وَلَدًا لَمْ يَضُرُّهُ الشَّيْطَانُ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida: «Bismillaahi. Alloohumma jannibnash-shaytoona va jannibish-shaytoona maa rozaqtanaa» (ya’ni, «Allohning ismi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetlat va shaytonni ham bizga rizq qilib beradiganingdan chetda qil»), desa va ularga farzand berilsa, shayton unga zarar yetkaza olmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3271).

Batafsil ma’lumot uchun qarang «Odobi zifof» kitobiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

To‘y ziyofatida mehmonlar soni cheklanganmi?

Nikoh valimasi – to‘y ziyofatiga taklif qilinadigan mehmonlar soni cheklanmagan, shuning uchun qarindoshlaringizdan, kelinning qarindoshlaridan, do‘stlaringizdan va taklif qilish uchun asosli sababingiz bo‘lgan har qanday kishini taklif qilishingiz mumkin.

 

To‘y marosimida musiqa qo‘yish joizmi?

Musiqa chalish, erkak va ayolni aralashtirib yuborish, ayollarni erkaklar oldida raqsga tushirish kabi Alloh taoloning g‘azabiga sabab bo‘ladigan munkar ish va harom amallarni qilish yoki bunga yo‘l qo‘yish mutlaqo joiz emas. Allohning ne’matini qanday qilib gunoh va axloqsizlikka almashtirish mumkin?

To‘ylarda ayollar Islomda ruxsat etilgan hamma ishni qilishlari joiz, masalan, erkaklar bo‘lmasa xush so‘zlar bilan maqbul qoʻshiqlarni musiqasiz kuylash yoki daff (doiraga o‘xshash ma’lum bir turdagi jarangsiz nog‘ora) chalib, o‘zlarini xursand qilishlari mumkin.

Ayollar to‘yda shariat ruxsat bergan barcha narsalarni qilishlari mumkin, masalan, yaxshi so‘zlar bilan muboh qo‘shiqlar aytish. Ular uchun o‘yin asboblaridan faqat doira ruxsat etiladi va bu erkaklardan uzoqda bo‘lishi kerak.

 

To‘y marosimi kimning zimmasida?

Nikoh valimasi kuyovning zimmasidadir. Agar imkoni bo‘lsa, toʻyga kelganlar uchun bir yoki undan ko‘proq qo‘y so‘yish sunnatdir. Bu borada sahih hadis kelgan.

قَالَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَوْفٍ : «قَالَ رَسُولُ اللهِ : تَزَوَّجْتَ، قَالَ: نَعَمْ، قَالَ: وَمَنْ، قَالَ امْرَأَةً مِنَ الْأَنْصَارِ، قَالَ: كَمْ سُقْتَ، قَالَ: زِنَةَ نَوَاةٍ مِنْ ذَهَبٍ، أَوْ نَوَاةً مِنْ ذَهَبٍ، فَقَالَ لَهُ النَّبِيُّ : أَوْلِمْ وَلَوْ بِشَاةٍ

Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh collallohy alayhi va sallam: «Uylandingmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Kimga?» dedilar. U: «Ansorlardan bir ayolga», dedi. U zot: «Qancha berding?» dedilar. U: «Danak og‘irligicha tilla [yoki danakdek tilla]», dedi. Shunda Nabiy collallohy alayhi va sallam unga: «Bitta qo‘y bilan bo‘lsa ham to‘y qil», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 2048).

Allohdan sizga, rafiqangizga va nikohingizga baraka berishini tilaymiz va oralaringizni yaxshilikda jamlashini so‘rab duo qilamiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Piramida marketing sxemalari

    Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Ro‘zador kishi xotinini quchoqlashi joizmi?

    Yaqinda uylandim. Ramazon oyida ro‘za tutgan holda, saharlikdan so‘ng yotaman va ba’zan yonimda xotinim ham bo‘ladi. Uni quchoqlashim ro‘zamga ta’sir qiladimi? Ro‘zador kishi uchun qaysi ishlar joiz, qaysilari harom yoki ro‘zani buzuvchi hisoblanadi? Shu haqda tushuntirish bersangiz.
  • «CadenzaX Music» platformasi orqali pul topish hukmi

    Men sizlardan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan «CadenzaX music» nomli platformaga (yoki shunga o‘xshash loyihalarga) qo‘shilish va undan daromad topishning Islomdagi hukmi haqida so‘ramoqchi edim. Bu sahifaning ishlash tizimi va daromad ko‘rish tartibi quyidagicha: 1. Sayt yoki ilova foydalanuvchilarga ma’lum musiqalarni eshitish, layk bosish yoki qandaydir oddiy vazifalarni bajarish evaziga pul to‘lashni va’da qiladi. 2. Ko‘proq pul ishlash uchun foydalanuvchidan dastlab o‘z yonidan pul kiritib, maxsus «VIP» darajalarni sotib olish talab etiladi. 3. Sayt qoidalariga ko‘ra, orqangizdan yangi odamlarni taklif qilsangiz va ular ham pul kiritsa, ularning sarmoyasidan sizga ma’lum foizlarda bonus (daromad) beriladi. Meni shubhalantirgan jihati shundaki, tizimning asosi aslida musiqa eshitish emas, balki tarmoqli marketing va moliyaviy piramidaga o‘xshab ketadi. Chunki tizim asosan yangi qo‘shilganlarning pullari hisobidan eskilariga pul to‘layotgandek ko‘rinadi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?