Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » Islomni qabul qilmoqchi, lekin sevgilisi va bolalari bor
Fatvo: 749

O'qildi: 297

06.07.2025

/ 11 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Islomni qabul qilmoqchi, lekin sevgilisi va bolalari bor

Savol

Men Islomni qabul qilib, uni hayot tarziga aylantirishga qaror qildim. iroq, yaqinda nikohdan o‘tishni rejalashtirayotgan turmush o‘rtog‘im nasroniylikni o‘zi va farzandlarimizning dini sifatida tanlagan. Uning diniga e’tirozim yo‘q, lekin u tez-tez meni o‘zi va bolalar bilan cherkovga borishga undaydi. Men ba’zan muammo chiqarmaslik uchun rozilik beraman. Endi musulmon bo‘lganimdan so‘ng, bu taklifga qanday munosabatda bo‘lishni bilmayman. Vaqti-vaqti bilan u bilan cherkov ibodatlariga borishni davom ettirishim mumkinmi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Iltimos, oilaviy munosabatlarimizga zarar yetkazmaslik uchun menga maslahat bering.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birinchidan: Siz Islomga kirishga shoshilishingiz kerak — bu oson jarayon bo‘lib, saytning «Xizmatlar» bo‘limida, «Islomni qabul qilish» sarlavhasi ostida ma’lumot olishingiz mumkin.

Ikkinchidan, agar ayol Islomga kirsa yoki ahli kitob (nasroniy yoki yahudiy) bo‘lib, harom-xarish aloqalardan Allohga tavba qilsa hamda iffatli, pokdomon bo‘lsa, unga uylanishingiz joiz bo‘ladi.

Uchinchidan, bu ayoldan nikohsiz tug‘ilgan farzandlar sizning farzandlaringiz hisoblanmaydi va sizga nisbat berilmaydi, ular onasiga nisbat beriladi. Biroq, bu sizning ularga mehribon bo‘lishingizga, g‘amxo‘rlik qilishingizga va ta’minlashingizga to‘sqinlik qilmaydi. Kelajakda siz ularni va onalarini Islomga da’vat qilishga harakat qilishingiz kerak.

To‘rtinchidan: Biz sizga cherkovga borishni yoki kufr marosimlarida qatnashishni maslahat bermaymiz, chunki bu ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ammo bu hech qachon sizning musulmon bo‘lishingizga to‘siq bo‘lmasligi kerak. Agar siz bizga: «Yo men musulmon bo‘lib, u bilan birga cherkovga boraman, yoki musulmon bo‘lmayman» desangiz, biz sizga «Hech ikkilanmay musulmon bo‘ling » deymiz. Biroq, biz sizdan Qur’oni Karimdagi ushbu ikki oyatning ma’nosiga chuqur e’tibor berishingizni istardik:

﴿قُلۡ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ ۝١ ٱللَّهُ ٱلصَّمَدُ ۝٢ لَمۡ یَلِدۡ وَلَمۡ یُولَدۡ ۝٣ وَلَمۡ یَكُن لَّهُۥ كُفُوًا أَحَدُۢ ۝٤﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), ayting: «U — Alloh Birdir. (Ya’ni, Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakka-yu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni, Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy Zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir» (Ixlos: 1-5).

Yana Alloh taolo aytadi:

﴿قُلۡ یَـٰۤأَیُّهَا ٱلۡكَـٰفِرُونَ ۝١ لَاۤ أَعۡبُدُ مَا تَعۡبُدُونَ ۝٢ وَلَاۤ أَنتُمۡ عَـٰبِدُونَ مَاۤ أَعۡبُدُ ۝٣ وَلَاۤ أَنَا۠ عَابِدࣱ مَّا عَبَدتُّمۡ ۝٤ وَلَاۤ أَنتُمۡ عَـٰبِدُونَ مَاۤ أَعۡبُدُ ۝٥ لَكُمۡ دِینُكُمۡ وَلِیَ دِینِ ۝٦﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), ayting: «Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinim o‘zim uchundir!» (Kofirun: 1-6).

To‘g‘ri tanlov va to‘g‘ri yo‘lga moyil boʻlgan ey oqil inson, xulosa qilib aytganda Islomni qabul qilishga va unga amal qilishga shoshiling. Alloh azza va jalla barcha to‘siqlarni yengib o‘tishda va barcha qiyinchiliklarni bartaraf etishda Oʻzi sizga yordam beradi.

Alloh sizni hifz-u himoyasida asrasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?