Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy deyish hukmi
Fatvo: 731

O'qildi: 222

05.07.2025

/ 10 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy deyish hukmi

Savol

Men o‘zlarini salafiy deb atovchi ba’zi olimlarning ma’ruzasini tingladim. Ular shunday deyishdi: «Mening onam kofira va u do‘zaxga kiradi. Men buni aniq bilaman». Ular insonning do‘zaxga kirishini qat’iy aytish mumkinligini ta’kidlashdi. Bu to‘g‘rimi? Biz insonning dini tufayli do‘zaxga kirishini ayta olamizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ahli sunna val jamoa e’tiqodidagi asosiy qoida shuki, ma’lum bir shaxsning jannat yoki do‘zaxga kirishiga guvohlik berish faqat Qur’on va sunnatdan olingan e’tiqodiy masaladir. Bu masalada hech qanday ijtihodga o‘rin yo‘q.

Shariat – Qur’on va Sunnat kimning jannat yoki do‘zaxga tushishiga guvohlik bersa, biz ham shunday guvohlik beramiz. Biroq, yaxshilik qiluvchiga jannatni umid qilamiz, yomonlik qiluvchini esa do‘zaxdan ogohlantiramiz. Insonning xotimasini esa faqat Alloh biladi.

Insonni jannatiy yoki do‘zaxiy deb guvohlik berish ikki qismga bo‘linadi:

  1. Umumiy guvohlik: bu maʻlum bir sifat egalariga nisbatan aytiladi, masalan: «Kim Allohga katta shirk keltirsa, kofir bo‘lib, dindan chiqadi va u do‘zaxga tushadi».
    Shuningdek, biz: «Kim Ramazon ro‘zasini imon va ixlos bilan tutsa, uning avvalgi va keyingi gunohlari kechiriladi» va «Mabrur (maqbul) hajning mukofoti faqat jannatdir» deb aytamiz. Bunday va boshqa ko‘plab matnlar Qur’oni Karimda va Payg‘ambar sunnatida mavjud. Agar biror kishi: «Allohdan boshqasiga duo qiluvchi va undan yordam so‘rovchi jannatdami yoki do‘zaxdami?» deb so‘rasa. Biz aytamizki, agar unga hujjat va dalil keltirilgan bo‘lsa-yu, u qaysarlik qilsa va shu holatda o‘lsa, u kofir va do‘zaxdadir. Agar «Kim haj qilib, yomon so‘z aytmasa va gunoh qilmasa, hajdan keyin vafot etsa, uning taqdiri qanday bo‘ladi?» deb so‘ralsa, biz: «U jannatda», yoki «Kimning dunyodagi so‘nggi so‘zi «La ilaha illalloh» bo‘lsa, u jannatda» deb aytamiz. Bularning barchasi aniq shaxs uchun emas, balki sifat uchundir.
  2. Xususiy yoki aniq guvohlik: bu aniq ismi va shaxsi bilan kimnidir jannat yoki do‘zaxda deb guvohlik berish. Bu faqat Alloh taolo yoki Uning Rasuli jannat yoki do‘zaxda deb xabar bergan kishi haqida joizdir. Alloh yoki Rasuli kimlarga jannat bilan bashorat bergan bo‘lsa, ular jannat ahlidandir, masalan jannat bilan bashorat berilgan o‘n sahoba, ularning boshida to‘rt xalifa Ab-u Bakr Siddiq, Umar, Usmon va Ali (Alloh ulardan rozi bo‘lsin). Shariat kimni aniq do‘zaxga mahkum qilgan bo‘lsa, ular do‘zax ahlidandir, masalan Ab-u Lahab, uning xotini, Ab-u Tolib, Amr ibn Luhay va boshqalar.

Allohdan bizni O‘zining fazli va karami bilan jannat ahlidan qilishini so‘raymiz. Alloh bizning payg‘ambarimiz Muhammadga salavot yo‘llasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?
  • Qur’onining Islom shariatidagi o‘rni

    Men jahon dinlari bo‘yicha kurs o‘qiyapman va quyidagi savolga javob topishda qiynalmoqdaman: Islom an’analariga ko‘ra Qur’oni Karim hukmronligining tabiati qanday? Haniyf islom merosi nuqtai nazaridan Qur’oni Karimning Islom shariatidagi o‘rni qanday?
  • Nima uchun Alloh ko‘plik va birlik siyg‘alarida gapiradi

    Nima uchun Alloh subhanahu va taolo Qur’oni Karimning ba’zi oyatlarida ko‘plik siyg‘asida gapiradi?
  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga sehrning ta’siri

    Ibodatda hech kim tenglasha olmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdek zotga qanday qilib sehr qilishgan?
  • Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning martabalari

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yuksak martabalarini bilishni istardim.
  • Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv

    Alloh qayerda? Biz qiyomat kuni Alloh bilan uchrasha olamizmi?