O'qildi: 378
29.06.2025
/ 4 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar
Savol
Savolim telefon uchun to‘lovlar va oliy o‘quv yurtidagi shartnomalar haqida. Agar telefon to‘lovini o‘z vaqtida o‘tkazmasam, hisobdagi summaga ma’lum bir foiz qo‘shiladi. Agar to‘lovni yana kechiktirsam, (hisobning umumiy summasiga) yana o‘sha foiz qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha to‘lovlar sudxo‘rlik (ribo) hisoblanadimi? Agar unday bo‘lmasa, bu qo‘shimcha mablag‘larni to‘lash harommi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ha, bu qo‘shimcha mablag‘ shubhasiz ribo hisoblanadi, chunki to‘lov muddatini qancha koʻp cho‘zsangiz, to‘lashingiz kerak bo‘lgan mablagʻ shuncha ko‘payadi. Bunday bitimlardan voz kechishingiz lozim. Agar majbur bo‘lsangiz, faqat asl summani to‘lang, qo‘shimcha summani emas. Agar qo‘shimcha summani to‘lashga ham majbur bo‘lsangiz, Allohga tavba qilib, bunday bitimlar bilan boshqa shug‘ullanmaslikka ahd qilgan holda uni ham to‘lang.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?