Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Axloq » Oʻzini qoniqtirish (masturbatsiyaning) hukmi va undan xalos boʻlish yoʻllari
Fatvo: 329

O'qildi: 39

Iyun 21, 2025

/ 9 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » »

Oʻzini qoniqtirish (masturbatsiyaning) hukmi va undan xalos boʻlish yoʻllari

Savol

Mening so‘rashga uyaladigan bir savolim bor, lekin Islomga yangi kirgan ayol buning javobini bilmoqchi. Men esa unga Qur’on va Sunnatdan dalillar bilan javob bera olmayman. Iltimos, bizga yordam bering. Agar bu savol nooʻrin boʻlsa, Allohdan meni kechirishini soʻrayman. Shu bilan birga, musulmon sifatida ilm izlashda uyalmasligimiz lozim. Savol quyidagicha: Islomda masturbatsiya joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Masturbatsiyaning hukmi

 

Qur’on va sunnat dalillariga koʻra masturbatsiya haromdir.

Birinchidan: Qur’ondan dalillar

 

Ibn Kasir aytadi: Imom Shofe’iy va uning hamfikrlari qoʻl bilan masturbatsiya qilishning haromligiga ushbu oyatni dalil sifatida keltirganlar:

 

﴿وَٱلَّذِینَ هُمۡ لِفُرُوجِهِمۡ حَـٰفِظُونَ ۝٥ إِلَّا عَلَىٰۤ أَزۡوَٰجِهِمۡ أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَیۡمَـٰنُهُمۡ فَإِنَّهُمۡ غَیۡرُ مَلُومِینَ ۝٦ فَمَنِ ٱبۡتَغَىٰ وَرَاۤءَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡعَادُونَ ۝٧﴾

 

«Ular avratlarini (haromdan-zinodan) saqlaguvchi kishilardir. Magar oʻz juft-u-halollaridan va qoʻllaridagi choʻrilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan oʻzgani (zino va shu kabi shariati Islomiyyada harom qilingan narsalarni) istasa, bas, ana oʻshalar haddan oshguvchilardir» (Moʻminun: 5–7).

 

Imom Shofe’iy «Nikoh kitobi»da shunday dedi: «Ular avratlarini faqat juftlari va qoʻl ostidagi choʻrilari orqali saqlashi, ulardan boshqasi harom qilinganini ochiq koʻrsatadi… Keyin buni ta’kidlab: «Kim undan oʻzgani istasa, bas, ana oʻshalar haddan oshguvchilardir», dedi. Shunday qilib, erkak kishining jinsiy yaqinlik qilishi faqat o‘z jufti yoki choʻrisi bilangina joizdir. O‘zini qo‘l bilan qondirish (masturbatsiya qilish) esa joiz emas. Alloh bilguvchiroqdir» (Imom Shofe’iy, «Al-Umm» kitobi).

 

Ba’zi ulamolar quyidagi oyatni ham dalil qilib:

 

﴿وَلۡيَسۡتَعۡفِفِ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغۡنِيَهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِ﴾

«Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar» (Nur: 33).

Iffatni saqlash buyrugʻi boshqa narsalarga sabr qilishni talab qiladi, deydilar.

Ikkinchidan: Hadisdan dalil

 

قَالَ عَبْدُ اللهِ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ شَبَابًا لَا نَجِدُ شَيْئًا، فَقَالَ لَنَا رَسُولُ اللهِ : يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ، مَنِ اسْتَطَاعَ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ؛ فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ؛ فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ».

 

Abdulloh shunday dedi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Hech narsa topa olmaydigan yigitlik chog‘imiz edi. O‘shanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga: «Hoy yigitlar! Kim oila qurishga qodir bo‘lsa, uylansin. Zero, bu ko‘zni tiyuvchiroq va farjni saqlovchiroqdir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, mana shu uning uchun axtalanishdir», deganlar» (Buxoriy: 5066).

 

Shariat nikohga qodir boʻlmaganda masturbatsiyaga emas, qiyin boʻlsa ham roʻza tutishga buyurgan. Masturbatsiyaga qattiq istak bo‘lishiga va uning ro‘zaga nisbatan osonroq ekanligiga qaramay, bunga ruxsat berilmagan. Bunga oid boshqa dalillar ham bor, lekin shular bilan kifoyalanamiz.

 

Alloh bilguvchiroqdir.

Oʻzini qoniqtirish (masturbatsiya)dan xalos boʻlish yoʻllari

 

Masturbatsiya qilishga moyillikni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar va bosqichlar:

 

  1. Bu odatdan Allohning buyrugʻiga itoat etish va Uning gʻazabidan qoʻrqish orqali xalos boʻlish kerak.
  2. Buning asosiy yechimi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yoshlarga qilgan nikohlanish tavsiyalariga amal qilishdir.
  3. Xayoliy vasvasalarni daf qilish va oʻzingizni dunyo hamda oxirat uchun foydali ishlar bilan band qilish, chunki davomiy vasvasa amalga, keyin esa odatga aylanib, undan xalos boʻlish qiyinlashadi.
  4. Koʻzni tiyish.
    Chunki fitnalovchi shaxslar va suratlarga qarash hamda koʻzni tiymaslik haromga olib boradi. Shuning uchun Alloh taolo:

 

﴿قُل لِّلۡمُؤۡمِنِينَ يَغُضُّواْ مِنۡ أَبۡصَٰرِهِمۡ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), moʻminlarga ayting, koʻzlarini tiysinlar» (Nur: 30).

 

عَنْ بُرَيْدَةَ قَالَ: «قَالَ رَسُولُ اللَّهِصَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَلِعَلِيٍّ: يَا عَلِيُّ لَا تُتْبِعِ النَّظْرَةَ النَّظْرَةَ…»

 

Buraydadan Rivoyat qilinad: Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam Aliy roziyallohu anhuga: «Ey Aliy! Nazarga nazarni ergashtirma», dedilar. (Termiziy, 2777; «Sahih al-Jome’», 7953).
Garchi birinchi qarash – toʻsatdan qarash – gunoh boʻlmasa ham, ikkinchi qarash haromdir. Shuningdek, shahvatni qoʻzgʻatadigan joylardan uzoqlashish kerak.

  1. Turli ibodatlar bilan mashgʻul boʻlish va gunoh uchun boʻsh vaqt qoldirmaslik.
  2. Bu amalning sogʻliqqa zararlari haqida, masalan, koʻrish qobiliyatining, asab tizimi va jinsiy a’zoning zaiflashishi, bel ogʻriqlari va shifokorlar keltirgan boshqa zararlarni oʻylash. Shuningdek, xavotir va vijdon azobi kabi ruhiy zararlar, undan ham kattarogʻi – koʻp gʻusl qilish hamda gʻuslning (ayniqsa qishda) qiyinligi tufayli namozlarning zoye boʻlishi, shuningdek roʻzaning buzilishini e’tiborga olish.
  3. Notoʻgʻri tushunchalarni bartaraf etish, chunki ba’zi yoshlar bu ishni zino va bachchavozlikdan himoyalanish maqsadida joiz deb oʻylaydilar, holbuki, ular bu axloqsizlikka yaqin ham bo‘lmasliklari mumkin. Bu xomxayolga aldanmaslik kerak.
  4. Irodani mustahkamlash va azm-u qaror bilan qurollanish hamda shaytonga taslim boʻlmaslik. Yolgʻiz qolishdan, masalan, yolgʻiz tunashdan saqlanish. Hadisda kelishicha,
عَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ النَّبِىَّ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنِ الْوَحْدَةِ، أَنْ يَبِيتَ الرَّجُلُ وَحْدَهُ أَوْ يُسَافِرَ وَحْدَهُ.

Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam kishi yolgʻiz qolishidan, yolgʻiz tunashidan va yolgʻiz safar qilishidan qaytarganlar» (Imom Ahmad rivoyati, «Sahih al-Jome’», 6919).

  1. Shahvatni sindiradigan, xohish-istakni tarbiyalovchi ta’sirli Nabaviy davolash usuli – roʻza tutish. Bu gunohga qaytmaslikka qasam ichish yoki nazr qilish kabi gʻalati usullardan saqlanish, chunki agar bu ishga qayta qoʻl ursa, ogʻir qasamni buzgan boʻladi. Shuningdek, shahvatni pasaytiruvchi dorilarni qoʻllanishdan saqlanish, chunki ularda tibbiy va jismoniy zararlar Sunnatda shahvatni butunlay kesib tashlaydigan narsalarni qoʻllash haromligi isbotlangan.
  2. Uxlash vaqtida shar’iy odoblarga rioya qilish, masalan, sunnatda kelgan zikrlarni oʻqish, oʻng tomonni bosib yotish va Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam qaytargan, qoringa yotishdan chetlanish.
  3. Sabr qilish va iffatni saqlash. Chunki nafs harom narsalarga intilsa-da, ulardan tiyilish har birimizga vojibdir. Nafsingizni iffatli boʻlishga majburlash, vaqt oʻtishi bilan bu xislatni doimiy xulq-atvorga aylantiradi.Sahih hadisda kelganidek:

 

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ : قَالَ رَسُولَ اللهِ : مَا يَكُونُ عِنْدِي مِنْ خَيْرٍ فَلَنْ أَدَّخِرَهُ عَنْكُمْ، وَمَنْ يَسْتَعْفِفْ يُعِفَّهُ اللهُ، وَمَنْ يَسْتَغْنِ يُغْنِهِ اللهُ، وَمَنْ يَتَصَبَّرْ يُصَبِّرْهُ اللهُ، وَمَا أُعْطِيَ أَحَدٌ عَطَاءً خَيْرًا وَأَوْسَعَ مِنَ الصَّبْرِ».

 

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Huzurimda biror yaxshilik bo‘lsa, uni sizlarga bermay, saqlab qolmayman. Kim iffattalab bo‘lsa (harom, nomaqbul ishlardan o‘zini tiysa), Alloh uni iffatli qilur. Kim o‘zini behojat tutsa, Alloh uni behojat qilur. Kim sabr talab qilsa, Alloh uni sabrli qilur. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshi va keng qamrovli ato berilmagan», dedilar» (Buxoriy: 1469).

  1. Agar inson bu gunohga tushib qoladigan boʻlsa, tavba qilib, istigʻfor aytishga, toat-ibodatlarni koʻpaytirishga shoshilishi va umidsizlikka tushmasligi lozim, chunki umidsizlik katta gunohlardandir.
  2. Va nihoyat, shubhasiz, Allohga murojaat qilish, duo bilan yolvorish va bu odatdan xalos boʻlish uchun Undan yordam soʻrash eng buyuk davolardan biridir, chunki U Subhanahu va taolo, chaqirgan kishining duosini ijobat qiladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Yerni masjid uchun vaqf qilib, keyin qaytib olish

    Badavlat bir kishi masjid qurish uchun o‘z yerini vaqf qilishni va’da bergan edi. Keyinchalik boshqa odamlar kelib, bu joyni maktabga aylantirishni iltimos qilishdi. U qanday yo‘l tutishi kerak?
  • Cho‘chqa go‘shti aralashgan idish-anjomlarda pishirilgan shubhali go’shtdan iste’mol qilish hukmi

    Cho‘chqa go‘shti va/yoki spirtli ichimliklar taqdim etiladigan restoranlarda go‘shtli taomlarni iste’mol qilish joizmi? Go‘shtning islomiy qoidalarga ko‘ra so‘yilganiga ishonchimiz komil emas. Bilishimizcha, barcha go‘shtlar, shu jumladan cho‘chqa go‘shti ham bitta sovutgichda saqlanadi va bir xil idishlarda pishiriladi.
  • Erga xotinining zino qilganini aytish kerakmi?

    Xotini zino qilayotgani aniq bo‘lsa, erini bundan xabardor qilish kerakmi?
  • Majburlikda eriga kredit kartasi olib bergan ayol

    Assalomu alaykum, mening savolim quyidagicha: Mashina ijaraga olishim kerak bo‘lgani uchun kredit kartasi uchun ariza bergan edim. Men juda ehtiyotkor bo‘lib, har oyda to‘lay oladigan miqdordangina foydalanardim, toki foiz to‘lamaslik uchun. Bir paytlar qiyinchilik tufayli butun hisobni to‘lay olmadim va bu foiz yig‘ilishiga olib keldi. Bir necha oydan so‘ng erimning yordami bilan uni to‘lashga muvaffaq bo‘ldim, u ham vaqti-vaqti bilan kartadan foydalangan edi. Qarzni to‘lagandan so‘ng erimga yana shu ahvolga tushib qolmaslik uchun kartadan qutulmoqchi ekanligimni aytdim. Biroq erim o‘zining nomiga karta olishim uchun ariza topshirishimni xohladi, chunki men o‘zimnikidan voz kechmoqchi edim. Uning ilgari ikkita kredit kartasi bo‘lgan, ammo undagi qarzlarini to‘lay olmagan edi. U juda g’azablanib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.Qulogʻim tinchishi uchun unga karta olib berdim. U agar to‘lay olmasa, o‘zi javobgar bo‘lishini ham aytdi. Men kartadan umuman foydalanmaganman, lekin so‘nggi 6 oy davomida u to‘liq qoldiqni to‘lay olmadi, shu sababli foiz yig‘ilmoqda. Savolim shuki, Alloh oldida bu karta uchun Allohning huzurida kim javobgar? Karta olib berganim uchun men mas’ulmanmi yoki mendan talab qilgani uchun uning oʻzi javobgar boʻladimi? Agar men mas’ul bo‘lsam, bu mablag‘larni to‘lash uchun nima qilishim kerak, erim mening ishlashimni xohlamaydi, o‘zi esa hatto eng kam to‘lovlarni ham qila olmayapti.
  • Yashirin nikoh – botil nikohdir

    Agar er-xotin ,Biz Allohni guvoh qilib, bir-birimizni er-xotin sifatida qabul qildik. deb aytsa-yu, boshqa hech qanday guvoh bo‘lmasa, keyinchalik to‘y qilib, hammaga turmush qurganlarini aytsa, ular rasman nikohdan o‘tgan hisoblanadimi?
  • G’azabni yengishning 12 usuli

    Inson o‘z asablarini qanday jilovlay oladi? Men koʻp bezovta boʻlaman va g‘azablansam, turgan joyimni oʻzgartiraman. Ba’zi zikrlarni aytib, «La havla va la quvvata illa billah» desam ham, bularning hech biri yordam bermaydi. Bu muammoni bartaraf etish uchun yana qanday choralar ko‘rishim mumkin?