O'qildi: 64
Iyun 18, 2025
/ 22 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Jamoat namozi » Namoz bobi
Savol
Agar bir guruh ayollar jam boʻlishsa va ular orasida biror erkak boʻlmasa, bu holatda ular namozni jamoat boʻlib oʻqishadimi yoki har biri alohida-alohida oʻqishi kerakmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ayollarga jamoat boʻlib namoz oʻqish joiz, faqat ularning imomi safning oʻrtasida turishi kerak. Chunki Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinishicha, u ayollarga imomlik qilar va ular bilan birga safda turar edi. Bu sahih asarni Abdurazzoq «Musannaf»da (3/141), Doraqutniy (1/404) va boshqalar rivoyat qilgan. Shuningdek, Ummu Hasan rivoyat qilishicha, u Ummu Salama roziyallohu anhoni ayollarga imomlik qilayotgan holda koʻrgan — u (Ummu Salama) ular bilan bir safda turar edi». Bu rivoyatni Ibn Abu Shayba oʻzining «Musannaf» (2/88)da va boshqalar rivoyat qilgan. Bu hadis «sahih ligʻoyrihi » deb baholangan.
Ibn Qudoma rahimahulloh ayollarning jamoat namozi mustahabligi haqidagi ixtilofni naql qilgan, soʻngra bu haqda shunday degan: «Agar bir ayol boshqa ayollar bilan namoz oʻqisa, ularning oʻrtasida turadi. Ayol kishi boshqa ayollarga imomlik qilishi joiz deb bilgan ulamolar orasida bunda ixtilof borligini bilmaymiz, chunki ayol uchun oʻzini satr qilish mustahabdir… Imom ayolning safning oʼrtasida turishi satr qilishning mukammal koʻrinishidir. Chunki u har ikki tomonidan ular bilan yashirinadi…» («Al-Mugʻniy», 2/202).
Sheroziy aytadi: «Ayollarning imomiga safning oʻrtasida turishi sunnatdir, chunki rivoyat qilinishicha, Oisha va Ummu Salama ayollarga imomlik qilganlar va ularning oʻrtasida turganlar» (Al-Muhazzab, 4/295).
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: «Adaviy: Jomeʼ ahkom an-niso, 1/351».
Bu javob foydali bo’ldimi?