Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 992

O'qildi: 149

Iyul 18, 2025

/ 23 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Alloh qayerda?

Savol

Ba’zi odamlar Alloh osmonlar ustida, deyishsa, ayrim ulamolar Allohning makoni yo‘q deydilar. Bu masalada qaysi qarash to‘g‘riroq sanaladi?

Mundarija
• Qur’onning Alloh yuqorida ekanligiga dalolati
• Nabaviy hadislarning Alloh yuqorida ekanligiga dalolati
• Ijmo’ning Alloh yuqorida ekanligiga dalolati
• Aqlning Alloh Alloh yuqorida ekanligiga dalolati
• Inson tabiatining Alloh yuqorida ekanligiga dalolati

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ahli sunna val jamoa Alloh taoloning maxluqotlaridan Zoti bilan yuqorida ekanini Qur’on, hadis, ijmo’, aql va fitrat bilan isbotlaganlar.

 

QUR’ONNING ALLOH YUQORIDA EKANLIGIGA DALOLATI

Qur’onga kelsak, unda Alloh taoloning ulug‘ligiga ishora qiluvchi ifodalar xilma-xil bo‘lib, ba’zan ulug‘likni, ba’zan ustunlikni tilga oladi, ba’zan narsalarning U Zotdan tushishini, ba’zan narsalarning U Zotga ko‘tarilishini, ba’zan esa U Zotning osmonlarda ekanligini zikr etadi.

Yuqorida ekani, oliy (uluvv) sifati haqida, masalan:

﴿وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ﴾

«U eng oliy va buyukdir» (Baqara: 255),

﴿سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْأَعْلَى﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eng oliy zot bo‘lmish Parvardigoringizning nomini (har qanday ayb-nuqsondan) poklang!» (A’lo: 1).

Ustunlik sifati haqida:

﴿وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ﴾

«Uning o‘zi bandalari ustida g‘olibdir» (An’om: 18),

﴿يَخَافُونَ رَبَّهُمْ مِنْ فَوْقِهِمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ ۝٥٠﴾

«Ular ustilaridagi (ularni kuzatib turgan) Parvardigorlaridan qo‘rqurlar va faqat o‘zlariga amr etilgan ishlarnigina qilurlar» (Nahl: 50).

Narsalarning U Zotdan tushishi haqida, masalan:

﴿يُدَبِّرُ الْأَمْرَ مِنَ السَّمَاءِ إِلَى الْأَرْضِ﴾

«U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbir qilib — boshqarib turur» (Sajda: 5),

﴿إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ﴾

«Albatta, bu eslatmani (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik» (Hijr: 9) va shunga o‘xshash oyatlar.

Narsalarning U Zotga ko‘tarilishi haqida, masalan:

﴿إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ﴾

«(Har bir) Xush So‘z Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘tarur» (Fotir: 10)

﴿تَعْرُجُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ إِلَيْهِ﴾

«Farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil) U Zotning huzuriga ko‘tarilurlar» (Maorij: 4).

U Zot osmonlarda ekani haqida, masalan:

﴿أَأَمِنْتُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ أَنْ يَخْسِفَ بِكُمُ الْأَرْضَ﴾

«(Ey Makka kofirlari,) yo sizlar (kofirligingizda oyoq tirab turaversangizlar,) osmondagi Zot sizlarni Yerga yuttirib yuborishidan, xotirjammisizlar (qo‘rqmaysizlarmi)?!» (Mulk: 16).

 

NABAVIY HADISLARNING ALLOH YUQORIDA EKANLIGIGA DALOLATI

Sunnatga kelsak, u Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan u zotning so‘zlari, amallari va iqrorlari orqali mutavotir rivoyat kelgan:

U zot sollallohu alayhi va sallamdan oliylik va ustunlikni zikr qilishda rivoyat qilingan narsalardan, masalan, u zotning sajdada: «subhaana robbiyal aʻlaa» (Oliy Rabbim pokdir), deyishlari va sahih hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «لَمَّا قَضَى اللهُ الْخَلْقَ كَتَبَ فِي كِتَابِهِ فَهُوَ عِنْدَهُ فَوْقَ الْعَرْشِ: إِنَّ رَحْمَتِي غَلَبَتْ غَضَبِي».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Alloh maxluqotni yaratib bo‘lgach, O‘z Kitobiga – u U Zotning huzurida, Arshning ustidadir – bunday deb yozib qo‘ydi: «Albatta, rahmatim g‘azabimdan ustundir» (Sahihi Buxoriy, 3194).

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amallari

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amallariga kelsak, vidolashuv haji yilida Arafa kuni katta yig‘inda odamlarga xutba qilib, barmog‘ini osmonga ko‘targanlaridek. U zot sollallohu alayhi va sallam: «Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha» deyishdi. «Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha» deyishdi. «Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha» deyishdi. U zot: «Allohim, guvoh bo‘l» deb barmog‘i bilan osmonga ishora qilar, so‘ngra odamlarga ishora qilar edilar. Yana bir misol, qo‘llarini osmonga ko‘tarib duo qilishlari o‘nlab hadislarda zikr qilingan. Bu amal bilan Alloh taoloning yuqorida ekanini tasdiqlaganlar.

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning taqrirlari

Taqrirga kelsak, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohning yuksak va oliy ekanligini tasdiqlashlariga misol qilib, joriya haqidagi hadisni keltirish mumkin:

عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ الْحَكَمِ السُّلَمِيِّ قَالَ: «وَكَانَتْ لِي جَارِيَةٌ تَرْعَى غَنَمًا لِي قِبَلَ أُحُدٍ وَالْجَوَّانِيَّةِ، فَاطَّلَعْتُ ذَاتَ يَوْمٍ فَإِذَا الذِّيبُ قَدْ ذَهَبَ بِشَاةٍ مِنْ غَنَمِهَا، وَأَنَا رَجُلٌ مِنْ بَنِي آدَمَ آسَفُ كَمَا يَأْسَفُونَ لَكِنِّي صَكَكْتُهَا صَكَّةً، فَأَتَيْتُ رَسُولَ اللهِ فَعَظَّمَ ذَلِكَ عَلَيَّ. قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَلَا أُعْتِقُهَا؟ قَالَ: ائْتِنِي بِهَا. فَأَتَيْتُهُ بِهَا فَقَالَ لَهَا: أَيْنَ اللهُ؟. قَالَتْ: فِي السَّمَاءِ. قَالَ: مَنْ أَنَا؟ قَالَتْ: أَنْتَ رَسُولُ اللهِ. قَالَ: أَعْتِقْهَا فَإِنَّهَا مُؤْمِنَةٌ» .

Muoviya ibn Hakam Sulamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir joriyam bor edi. U Uhud va Javvoniyya* taraflarda qo‘ylarimni boqar edi. Bir kuni qarasam, suruvidan bir qo‘yni bo‘ri olib qochibdi. Men ham odam bolasiman, hamma kabi men ham (molimga) achinaman. Shuning uchun uni bir shapaloq urib yubordim». Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelgan edim, u zot buni juda katta (gunoh) sanadilar. «Yo Rasululloh! Uni ozod qilayinmi?» dedim. U zot: «Uni oldimga olib kel» dedilar. Men uni u zotga olib keldim. U zot unga: «Alloh qayerda?» dedilar. U: «Osmonda», dedi. «Men kimman?» degandilar, «Siz Allohning Rasulisiz dedi. U zot: «Uni ozod qil, u mo‘mina ekan dedilar» (Sahihi Muslim, 537).

Bu joriya o‘sha paytdagi ko‘pchilik boshqa joriyalar kabi savodsiz edi. U o‘ziga xo‘jayin bo‘lmagan erksiz qul edi, lekin Rabbisi osmonda ekanligini bilardi. Insonlarning adashganlari esa Allohni osmondaligini inkor qilib, «U Zot na yuqorida, na pastda, na o‘ngda, na chapda, balki hamma joydadir», deyishadi!

 

IJMO’NING ALLOH YUQORIDA EKANLIGIGA DALOLATI

Ijmo‘ning dalolatiga kelsak, salafi-solihlar Alloh taolo osmonda ekaniga ittifoq qilganlar. Bu haqda Imom Zahabiy rahimahulloh kabi ulamolar o‘zlarining «Al-Uluvv lil-Aliyyil-G‘affor» kitobida xabar berganlar.

AQLNING ALLOH YUQORIDA EKANLIGIGA DALOLATI

Aqlning dalillariga kelsak, yuksaklik barcha aqlli kishilar nazdida mukammal sifatdir. Modomiki bu mukammal sifat ekan, uning Allohga nisbat berilishi lozim va lobuddir. Chunki har qanday mutlaq mukammallik sifati Allohning Oʻzigagina xosdir.

 

INSON TABIATINING ALLOH YUQORIDA EKANLIGIGA DALOLATI

Inson tabiatida Allohning ulug‘ligiga ishora bo‘lishi haqida bahslashib ham, inkor etib ham bo‘lmaydi, chunki har bir inson Alloh osmonda ekanligiga ishonch bilan yaratilgan. Shu sababli, boshingizga siz bartaraf qila olmaydigan og‘ir musibat tushganida va uni daf qilish uchun Alloh taologa yuzlanganingizda, qalbingiz boshqa tomonga emas, osmonga yo‘naladi. Ajablanarlisi shuki, Allohning maxluqotlaridan ustun ekanligini inkor etuvchilar ham duo qilayotganlarida qo‘llarini faqat osmonga ko‘taradilar.

Hatto Allohning dushmani bo‘lgan Fir’avn ham Muso bilan Robbi haqida tortishmoqchi bo‘lganida vaziri Homonga:

﴿وَقَالَ فِرۡعَوۡنُ یَـٰهَـٰمَـٰنُ ٱبۡنِ لِی صَرۡحࣰا لَّعَلِّیۤ أَبۡلُغُ ٱلۡأَسۡبَـٰبَ ۝٣٦ أَسۡبَـٰبَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰۤ إِلَـٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّی لَأَظُنُّهُۥ كَـٰذِبࣰاۚ وَكَذَٰلِكَ زُیِّنَ لِفِرۡعَوۡنَ سُوۤءُ عَمَلِهِۦ وَصُدَّ عَنِ ٱلسَّبِیلِۚ وَمَا كَیۡدُ فِرۡعَوۡنَ إِلَّا فِی تَبَابࣲ ۝٣٧﴾

«Fir’avn dedi: «Ey Homon, men uchun bir (baland) qasr qurgin, shoyadki, men (u qasrning ustiga chiqib) yo‘llarga — osmonlarning yo‘llariga yetib, Musoning ilohini ko‘rsam, darhaqiqat, men uni yolg‘onchi deb gumon qilmoqdaman». Fir’avnga o‘zining yomon amali mana shunday chiroyli ko‘rindi va u (to‘g‘ri) yo‘ldan to‘sildi. Fir’avnning barcha makr-hiylasi albatta nochor-befoydadir» (Gʻofir, 36-37).

Bular Qur’ondan, sunnatdan, ijmo‘dan, aqldan va hatto kofirlarning so‘zlaridan Alloh osmonda ekanligi haqidagi ba’zi dalillardir. Allohdan haq yo‘liga hidoyat so‘raymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?

    Umr yo‘ldoshini tanlash bandaning ixtiyorimi yoki Allohning taqdirimi?
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Jin odamni o‘ldiradimi?

    Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?
  • Zaruratda milodiy sanadan foydalanish

    Muhtaram shayx hazratlari, sizni xabardor qilmoqchimanki, Islom forumi idoralari milodiy taqvimdan foydalanadigan mamlakatlarda joylashgan, biz esa hijriy taqvimga amal qilamiz. Bu tafovut bizga hijriy taqvimni qo‘llamaydigan davlat idoralari bilan munosabatda bo‘lishda, shuningdek byudjetni rejalashtirish, maosh to‘lash va o‘sha davlatlardagi tegishli idoralarga moliyaviy hisobotlarni topshirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Biz hijriy taqvimning muhimligiga qat’iy ishonch bildiramiz va uni musulmonlarning ramzi hamda g‘ayridinlardan farqlovchi belgi sifatida tan olamiz. Shunday bo‘lsa-da, zarurat tufayli moliyaviy muomalalar va byudjet masalalarida milodiy taqvimdan foydalanishimiz joizmi?
  • Shahodat kalimasini aytmagan kishi musulmon sanalmaydi

    Agar inson tug‘ilganidan beri g‘ayridin bo‘lsa-yu, samimiy bo‘lsa, katta gunohlar qilmagan bo‘lsa, hamma to‘g‘ri yo‘lda deb ishonsa, unga hech kim Islom haqida aytmagan bo‘lsa va shu holatda vafot etsa, bunday inson qiyomat kuni jannatga kiradimi yo doʻzaxga tushadimi? Alloh sizga yaxshiliklar ato etsin.