Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Allohning shariati bilan hukm qilmagan kimsaning kufri
Fatvo: 974

O'qildi: 314

18.07.2025

/ 23 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Allohning shariati bilan hukm qilmagan kimsaning kufri

Savol

Shariatdan boshqa qonunlar bilan hukm qilish katta kufrmi yoki kichik kufrmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh bizga ishlarni Uning hukmiga havola qilishni va shariatni o‘rnatishni buyurgan hamda boshqa narsalar bilan hukm qilishni harom qilgan. Bu Qur’ondagi bir qancha oyatlarda, xususan, Moida surasidagi Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilish haqidagi oyatlarda aniq ko‘rsatilgan. Ular quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

  • Alloh nozil qilgan narsa – vahiy, din, shariat bilan hukm qilish buyrug‘i, Alloh taoloning:
﴿وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling» (Moida: 49).

  • Allohning shariatini qoʻyib, boshqa qonunlar bilan hukm qilishdan ogohlantirish, Alloh azza va jalla aytadi:
﴿وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ﴾

«Va ularning havoyi nafslariga ergashmang» (Moida: 49).

  • Alloh nozil qilganidan boshqasi bilan hukm qilishdan saqlanish haqida, Alloh taolo aytadi:
﴿وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ﴾

«Va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling!» (Moida: 49).

  • Johiliyat hukmini so‘rashdan qaytarish. Bu ritorik savol shaklida kelgan. Alloh azza va jalla aytadi:
﴿أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ﴾

«Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?!» (Moida: 50).

  • Hukmda Allohdan afzalroq hech kim yo‘qligini ta’kidlash. Alloh azza va jalla aytganidek:
﴿وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ﴾

«Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?!» (Moida: 50).

  • Allohning shariati, Allohning hukmi bilan hukm qilmagan kishi kofir, zolim va fosiq ekanligi haqidagi oyatlar:
﴿وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ﴾

«Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir» (Moida: 44),

﴿وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ﴾

«Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir» (Moida: 45),

﴿وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾

«Kimda-kim Alloh nozil etgan din bilan hukm etmas ekan, ular fosiqlar — itoatsiz kimsalardir» (Moida: 47).

  • Musulmonlar, huzurlariga hukm so‘rab kelganlar kofir bo‘lsa ham, Allohning shariati bo‘yicha hukm qilishlari vojibligi haqidagi oyat, Alloh azza va jalla aytganidek:
﴿وَإِنْ حَكَمْتَ فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ بِالْقِسْطِ﴾

«Agar hukm qilsangiz, o‘rtalarida adolat bilan hukm qiling» (Moida: 47).

Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qilish iymon va tavhidga ziddir. Bu esa Allohning bandalar ustidagi haqqidir. Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qilish holatga qarab katta kufr yoki kichik kufr bo‘lishi mumkin. Quyidagi holatlarda u Islomdan chiqaruvchi katta kufr bo‘lishi mumkin:

  1. Alloh nozil qilgan qonunlarni tashlab, yangi qonun chiqarish: Chunki qonun chiqarish Allohning sheriksiz yolg‘iz O‘ziga xos huquqidir. Kim Unga biror narsada tenglashmoqchi bo‘lsa, u mushrikdir. Alloh taolo aytadi:
﴿أَمْ لَهُمْ شُرَكَاءُ شَرَعُوا لَهُمْ مِنَ الدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنْ بِهِ اللَّهُ﴾

«Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?!» (Sho‘ro: 21).

  1. Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qiluvchi Alloh va Rasulining hukm qilish huquqini inkor etishi: Ibn Abbos roziyallohu anhumo Alloh taoloning:
﴿وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ﴾

«Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir» (Moida: 44), degan so‘zi haqida: «Kim Alloh nozil qilgan narsani inkor qilsa, kofir bo‘libdi», deganlar.

  1. Zolimning hukmini Alloh taoloning hukmidan ustun qo‘yish: bu ustunlik xoh mutlaq bo‘lsin, xoh ayrim ishlarga cheklangan bo‘lsin, barobardir. Alloh taolo aytadi:
﴿أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ ۚ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ۝٥٠﴾

«Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?!» (Moida: 44).

  1. Alloh taoloning hukmini zolimning hukmiga tenglashtirish: Alloh azza va jalla aytadi:
﴿فَلَا تَجْعَلُوا لِلَّهِ أَنْدَادًا وَأَنْتُمْ تَعْلَمُونَ﴾

«Bas, bilib turib o‘zgalarni Allohga tenglashtirmang» (Baqara: 22).

  1. Alloh va Rasulining hukmiga xilof hukm chiqarishga ruxsat berish yoki Allohning shariati bilan hukm qilish vojib emas, bu ixtiyoriy, deb e’tiqod qilish: bu iymonga zid bo‘lgan kufrdir. Alloh azza va jallaning ushbu oyatidan:
﴿۞ یَـٰۤأَیُّهَا ٱلرَّسُولُ لَا یَحۡزُنكَ ٱلَّذِینَ یُسَـٰرِعُونَ فِی ٱلۡكُفۡرِ مِنَ ٱلَّذِینَ قَالُوۤا۟ ءَامَنَّا بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَلَمۡ تُؤۡمِن قُلُوبُهُمۡۛ وَمِنَ ٱلَّذِینَ هَادُوا۟ۛ سَمَّـٰعُونَ لِلۡكَذِبِ سَمَّـٰعُونَ لِقَوۡمٍ ءَاخَرِینَ لَمۡ یَأۡتُوكَۖ یُحَرِّفُونَ ٱلۡكَلِمَ مِنۢ بَعۡدِ مَوَاضِعِهِۦۖ یَقُولُونَ إِنۡ أُوتِیتُمۡ هَـٰذَا فَخُذُوهُ وَإِن لَّمۡ تُؤۡتَوۡهُ فَٱحۡذَرُوا۟ۚ وَمَن یُرِدِ ٱللَّهُ فِتۡنَتَهُۥ فَلَن تَمۡلِكَ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ شَیۡـًٔاۚ أُو۟لَـٰۤىِٕكَ ٱلَّذِینَ لَمۡ یُرِدِ ٱللَّهُ أَن یُطَهِّرَ قُلُوبَهُمۡۚ لَهُمۡ فِی ٱلدُّنۡیَا خِزۡیࣱۖ وَلَهُمۡ فِی ٱلۡـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِیمࣱ﴾

«Ey payg‘ambar, og‘izlarida: «Iymon keltirdik», degan, ammo dillari iymon keltirmagan (munofiqlardan) va yahudiylardan bo‘lgan, kufr tomonga qarab chopayotgan kimsalar sizni mahzun qilmasin. Ular yolg‘onga quloq berguvchi va sizning oldingizga kelmagan, so‘zlarni o‘z o‘rinlariga qo‘yilgandan keyin o‘zgartiradigan boshqa qavmga (ya’ni, yahudiylarga) quloq berguvchi kimsalardir. (Yahudiylar): «Agar (Muhammad tarafidan) sizlarga mana shu hukm berilsa, olinglar, bo‘lmasa (ya’ni, boshqa bir hukm aytilsa), ehtiyot bo‘linglar — olmanglar, deyishadi. Kimniki Alloh o‘zi adashtirishni istasa, bas, siz uning uchun Alloh tomonidan hech narsa qila olmassiz. Ular Alloh ko‘ngillarini poklashni istamagan kimsalardir. Ular uchun dunyoda rasvolik, Oxiratda esa ulug‘ azob bordir» (Moida 41).

Ular: «Muhammad sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga boring. Agar u sizlarga darralashni buyursa, uni qabul qiling. Agar u sizlarga toshbo‘ron qilishni buyursa, ehtiyot bo‘linglar — olmanglar», deyishadi. Shunda Alloh taolo nozil qiladi:

﴿وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ﴾

«Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir» (Moida: 44).

  1. Alloh taolo nozil qilgan narsa bilan hukm qilishdan bosh tortib, tan olmasa, u kofir bo‘lib, millatdan chiqqan sanaladi. Garchi Alloh taoloning hukmini inkor qilmasa yoki yolg‘onga chiqarmasa ham. Bosh tortish va tan olmaslik qatoriga yuz o‘girish va rad etish ham kiradi. Alloh taolo aytadi:

﴿أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلَالًا بَعِيدًا۝٦٠ وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا إِلَىٰ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ رَأَيْتَ الْمُنَافِقِينَ يَصُدُّونَ عَنْكَ صُدُودًا ۝٦١﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), o‘zlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm so‘rab borishni istayotganlarini ko‘rmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yo‘ldan ozdirishni istaydi. Qachon ularga «Alloh nozil qilgan Kitobga va payg‘ambar o‘gitlariga kelinglar», deyilsa, u munofiqlarning sizdan qattiq yuz o‘girganlarini ko‘rasiz» (Niso: 60-61).

  1. Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qilish va katta kufr bo‘lgan holatlardan biri, Shayx Muhammad ibn Ibrohimning insonlar tarafidan joriy etilgan (vaz’iy) qonunlar va shu qonunlar bilan hukm qilish haqidagi so‘zlari: «Bu (ya’ni vaz’iy qonunlarni qabul qilish va ular bilan hukm qilish) eng yomon, keng qamrovli va ochiq-oydin shariatga qarshi chiqishdir. U shariatga qarshi chiqishda, uning hukmlariga boʻysunmaslikda, Alloh va Rasuliga dushmanlik qilishda hamda shariat sudlarini tayyorlash, ta’minlash, yo‘naltirish, asoslash, tarmoqlash, shakllantirish, hukm chiqarish, majburlash va qonun manbasi yaratish jihatidan taqlid qilishda yaqqol ko‘rinadi.

Yuqoridagilar Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qilish katta shirk bo‘ladigan ba’zi holatlarni quyidagicha xulosa qilish mumkin:

(1) Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qilish.
(2) Alloh va Rasulining hukm qilish huquqini inkor etish
(3) Alloh taoloning hukmidan ko‘ra tog‘ut hukmini afzal koʻrish: xoh to‘liq, xoh ayrim masalalarda boʻlsin;
(4) Alloh taoloning hukmi bilan tog‘utning hukmini tenglashtirish;
(5) Allohning hukmiga zid bo‘lgan qonun bilan hukm qilish joiz deb o‘ylash yoki Allohning shariati bilan hukm qilish majburiy emas yoxud ixtiyoriy deb bilish;
(6) Allohning shariati bilan hukm qilishdan bosh tortish.

Ushbu mavzuni turli tomonlardan ko‘rib chiqib, kufr akbar hisoblanadigan holatlar quyidagilar ekani ma’lum bo‘ladi:

  1. Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk va boshqalar qilganidek shariatni bosh qomuslikdan chetlatish va uning ijrosini bekor qilish. Mazkur shaxs Hanafiy mazhabidan olingan hukmlar «Majallat al-ahkom al-adliyya» (Adliya hukmlari to‘plami)ni bekor qilib, uni dunyoviy, insoniyat tuzgan qonun bilan almashtirdi.
  2. Shariat sudlarini bekor qilish.
  3. Odamlar orasida hukm qilish uchun vaz’iy qonunlarni, masalan, italyan, fransuz yoki nemis qonunini joriy etish yoki Chingizxon o‘zining turli manbalardan to‘plagan va ulamolar kufr deb e’lon qilgan «Al-Yaasiq» kitobida qilganidek, uni shariat bilan aralashtirish.
  4. Shariat sudlarining rolini kamaytirish va ularni, da’volariga ko‘ra, nikoh, taloq va meros kabi «fuqarolik» ishlari bilangina cheklash.
  5. Noshar’iy sudlarni tashkil etish.
  6. Shariat qonunlarini parlamentda ovozga qo‘yish; bu esa uning ijrosi ko‘pchilikning fikriga bog‘liqligini anglatadi.
  7. Shariatni ikkilamchi manba yoki g‘ayriislomiy manbalar qatoridagi asosiy manbaga aylantirish. Hatto ularning shariat qonunchilikning asosiy manbai degan da’volari ham katta kufrdir, chunki bu boshqa manbalardan foydalanish joizligini anglatadi.
  8. Qonunchilik moddalarida xalqaro huquqqa havola qilinishi mumkinligini ko‘rsatish yoki shartnomalarda nizoli holatlarda masala falon g‘ayriislomiy sudga yuborilishi mumkinligini belgilash.
  9. Ommaviy yoki maxfiy ravishda shariatni tanqid qilish, masalan, uni qotib qolgan, to‘liq bo‘lmagan yoki qoloq deb aytish, zamonamizga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlash yoki g‘ayriislomiy qonunlarga havas qilish.

 

Allohning shariati bilan hukm qilmaslik dindan chiqarmaydigan kichik kufr boʻlishi holati

Javob shuki, bu hukmdor yoki qozi Alloh nozil qilgan narsadan boshqa narsa bo‘yicha hukm chiqarganda, osiylik, havoyi nafs yo shahvat bilan, yoki kimgadir iltifot ko‘rsatish uchun, yoxud pora olganligi sababli va shunga o‘xshash sabablar bilan hukm chiqarsa, biroq Alloh nozil qilgan narsaga muvofiq hukm qilish vojib deb hisoblab, o‘zi qilgan ish gunoh, harom va itoatsizlik ekaniga ishonsa, bu Islomdan chiqarmaydigan kichik kufr sanaladi.

Johiliyat qonunlari bilan hukm qilingan kishiga kelsak, agar u oʻzi rozi boʻlib, ixtiyoriy ravishda ularga murojaat qilsa, u dindan chiqaruvchi katta kufrga qoʻl urgan boʻladi. Ammo zarurat va majburlik bilan noshar’iy sudga murojaat qilsa, bu holatda kofir deyilmaydi. Shuningdek, agar u shariatdagi haqqini faqat shu yo‘l orqali olish imkoniga ega bo‘lsa va a bu tizimni tog‘ut deb e’tiqod qilsa, u holda ham kofir bo‘lmaydi.

Alloh biluvchiroqdir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

    Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ramazon kunduzida er-xotinlik qilish xatari

    Maʼlumki, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishining jazosi qul ozod qilish yoki ikki oy ketma-ket roʻza tutish yoxud oltmish miskinga taom berishdir. Bu masalaga oid bir qancha savollarim bor: 1. Agar erkak kishi xotini bilan boshqa-boshqa kunlarda bir necha marta jinsiy aloqa qilsa, uning har bir kuni uchun ikki oydan roʻza tutadimi yoki ikki oy roʻza tutsa, barcha aloqa qilgan kunlari uchun kifoya qiladimi? 2. Agar ushbu jarimaga tushgan kishi yuqorida zikr qilingan hukmni bilmagan boʻlsa, balki har bir yaqinlik kunini bir kun roʻza tutish bilan qazo qilaman deb oʻylagan boʻlsa, bu holatda hukm oʻzgaradimi? 3. Eriga lozim boʻlgan kafforat xotinga ham lozim boʻladimi? 4. Miskinlarni toʻydirish oʻrniga pul toʻlash joizmi? 5. Bir miskinga er va xotini nomidan birgalikda taom berish joizmi? 6. Agar toʻydirishga hech bir miskinni topa olmasa, pulni Riyozdagi «al-Birr» jamiyati kabi xayriya tashkilotlaridan biriga yoki boshqa tashkilotlarga toʻlashi joizmi?