Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Aqida so‘zining kelib chiqishi va ma’nosi
Fatvo: 951

O'qildi: 412

17.07.2025

/ 22 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Aqida so‘zining kelib chiqishi va ma’nosi

Savol

«Aqida» so‘zining ma’nosi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Aqida insonning qalbi va ruhida aniq va qat’iy ishonch bilan e’tiqod qilinadigan masalalarni anglatadi. Unda hech qanday shubha va noaniqlik bo‘lmaydi.

«Aqida» so‘zi lug‘atda «aqd» (bog‘lamoq) o‘zagidan kelib chiqqan o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, aniqlik, tasdiqlash, ishonch kabi ma’nolarni anglatadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

﴿لَا يُؤَاخِذُكُمُ اللَّهُ بِاللَّغْوِ فِي أَيْمَانِكُمْ وَلَٰكِنْ يُؤَاخِذُكُمْ بِمَا عَقَّدْتُمُ الْأَيْمَانَ﴾

«Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tuggan qasam sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi» (Moida: 89).

Qasamlarni bog‘lash faqat qalbning niyati va qat’iyati bilan bo‘ladi. Bu yerda «mahkam tuggan qasam» deb tarjima qilingan fe’l «’aqqada», «ta’qid» bo‘lib, u insonning qalbidagi qat’iyatni anglatadi. Arab tilida «aqada’l habl» (arqon bog‘ladi) deyilganda, arqonning mahkam tortilgani nazarda tutiladi.

E’tiqod so‘zi ham shu o‘zakdan kelib chiqqan bo‘lib, bog‘lash va mustahkamlash ma’nosini anglatadi. «A’taqodtu kazaa» iborasi: «Men bunga qalbimda ishonaman» degan ma’noni bildiradi va bu aqliy ishonchdir.

Islomda aqida ilm masalasidir. Musulmon kishi qalbida hech qanday shubha va gumonlarsiz, ishonch va e’tiqod bilan iymon keltirishi lozim. Chunki Alloh O‘z Kitobida va O‘z vahiylari orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aqida haqida xabar bergan.

Aqida tamoyillari

Aqida tamoyillari Alloh bizga ishonishni buyurgan narsalardir. Bu haqda Qur’oni Karimda shunday deyilgan:

﴿آمَنَ الرَّسُولُ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِ مِنْ رَبِّهِ وَالْمُؤْمِنُونَ ۚ كُلٌّ آمَنَ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْ رُسُلِهِ ۚ وَقَالُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۖ غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ۝٢٨٥﴾

«Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz». Va «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O‘zingga qaytajakmiz», dedilar» (Baqara: 285).

Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalom u kishidan Islom va iymon haqida so‘ragan mashhur hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: «كَانَ النَّبِيُّ بَارِزًا يَوْمًا لِلنَّاسِ، فَأَتَاهُ جِبْرِيلُ فَقَالَ: مَا الْإِيمَانُ؟ قَالَ: الْإِيمَانُ أَنْ تُؤْمِنَ بِاللهِ، وَمَلَائِكَتِهِ، وَبِلِقَائِهِ، وَرُسُلِهِ، وَتُؤْمِنَ بِالْبَعْثِ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi va sallam odamlar bilan o‘tirgan edilar, huzurlariga Jabroil keldi va: «Iymon nima?» deb soʻradi. U zot:  «Iymon – Allohga, Uning farishtalariga, Unga ro‘baro‘ bo‘lishga va Uning rasullariga iymon keltirishing va qayta tirilishga iymon keltirishing», dedilar (Sahihi Buxoriy, 50).

Demak, Islomda aqida Qur’on va sahih hadislarda kelgan ilmiy masalalar bo‘lib, musulmonning qalbi Alloh va Rasulini tasdiqlash uchun qat’iy ishonishi lozim bo‘lgan masalalarni anglatadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • «Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi

    Musulmon kishi «Men inshaalloh mo‘minman» deyishi toʻgʻrimi?
  • Munajjim bashorati (burjlar, goroskop) hukmi

    Men munajjimlar bashorati (burjlar, goroskop) o‘qish va g‘aybni bilishga urinish Alloh ta’olo qaytargan harom ishlardan ekanidan xabardorman, chunki bizning kelajagimizni faqat U Zot subhonahu va taologina biladi. Shuning uchun men munajjimlar bashoratini o‘qishni tark etdim. Lekin tushlarni ta’birlash ham harommi yoki bunga ruxsat berilganmi? Men tushimda o‘g‘irlab ketilganimni ko‘rdim, so‘ngra boshqa tushimda karri bilan to‘ldirilgan dengiz qisqichbaqasini yeb o‘tirgan xolalarimdan biri meni quchoqlaganini ko‘rdim. Internetda tushlarni ta’birlaydigan sayt bor, unda o‘g‘irlanish haqidagi ta’birni o‘qidim. Unga koʻra men havas qilinmaydigan yomon vaziyatga duch kelishimni anglatar ekan. Xolamning quchoqlashi esa men qallig‘imni yo‘qotishimni bildirar emish. Bu ta’birlar to‘g‘rimi? Iltimos, bu haqda izoh bera olasizmi? Alloh sizni mukofotlasin.
  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

    Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?