O'qildi: 133
09.02.2026
/ 21 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻza masalalari
Savol
Men oʻn olti yoshli qizman, oʻn uch yoshimda hayz koʻrdim. Lekin oʻsha yili Ramazon roʻzasidan faqat yetti kun tutib, qolgan kunlari tutmadim. Ota-onam meni mukallaf emas deb oʻylab (hayz koʻra boshlaganimni bilmaganliklari sababli), menga bosim oʻtkazishmadi. Roʻza tutmagan kunlarimning qazosini tutaymi yoki nima qilay? Menga maslahat bering, Alloh sizdan rozi boʻlsin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Siz har qanday holatda ham roʻza tutishingiz kerak, modomiki balogʻatga yetgan ekansiz. Qiz bolaning balogʻatga yetishi hayz koʻrish, yoki (jinsiy aʼzolar atrofida) tuk chiqishi, yoki ehtilom boʻlish, yoki homilador boʻlish bilan sodir boʻladi. Hayzning kelishi balogʻat sabablaridan biridir. Demak, siz balogʻatga yetgan va mukallafsiz. Ramazon oyi roʻzasini tutishingiz shart. Tutmagan oyingizning qazosini har qanday holatda ham oʻtashingiz vojib. Sizning zimmangiz faqat qazoni tutish va tavba qilish bilan soqit boʻladi, chunki siz ogʻzingizni ochgan paytingizda mukallaf edingiz. Oilangiz sizga nisbatan beparvolik qilib xato qilgan. Siz yosh bola emassiz va bu kamchilik uchun tavba qilishingiz kerak. Vallohu aʼlam.
Manba: Shayx Abdulloh ibn Humayd fatvolaridan, 176-bet.
Bu javob foydali bo’ldimi?