Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Bid’ati hasana – yaxshi bid’at
Fatvo: 864

O'qildi: 91

Iyul 15, 2025

/ 22 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Bid’ati hasana – yaxshi bid’at

Savol

Men bid’at nimaligini bilmoqchiman? Ko‘pchilik turli amallarni bid’at deb atayotganini eshitaman va bu menda chalkashlik tug‘dirmoqda. Keyin, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bir hadislarida kimki yangi foydali amal joriy qilsa, savob olishi aytilmaganmi? Agar shunday bo‘lsa, nima uchun barcha bid’atlar mazammat qilinadi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Mundarija

Aloqador mavzular
Bid’atning ta’rifi
«Islomda yaxshi sunnat qilgan» hadisining sababi
«Kim Islomda yaxshi sunnat qilsa» hadisining ma’nosi
Yaxshi bid’at degan narsa bormi?
Bid’at qo‘shishning salbiy tomonlari

Hamdning barchasi faqat Allohga xosdir.

Javobning qisqacha mazmuni:
Bid’at – dinda ibodat va Allohga yaqinlashish maqsadida o‘ylab topilgan yangi usuldir. Ya’ni, u shariatda zikr etilmagan, Qur’on va sunnatda dalili yo‘q, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam va sahobalar davrida amal qilinmagan dindagi yangilikdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Kim Islomda sunnati hasana barpo etsa» degan so‘zlarining ma’nosi: «Kim Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning biror sunnatlarini tiriltirsa, unga dalolat qilsa, odamlarni sunnatga chaqirsa yoki uni ko‘rganlar yoki eshitganlar unga ergashishi uchun biror sunnatga amal qilsa», deganidir.

BID’ATNING TA’RIFI

Birinchidan: Islom shariatida bid’atning ma’nosi va ta’rifini bilish lozim: U dinda ibodat va Alloh taologa yaqinlashish maqsadida kashf qilingan yo‘ldir. Ya’ni, u shariatda zikr etilmagan, Qur’on va Sunnatda dalili yo‘q, Payg‘ambar alayhissalom va sahobalar davrida amal qilinmagan yangilikdir. Ta’rifdan ko‘rinadiki, dunyoviy ixtirolar shariatda qoralangan bid’at tushunchasiga kirmaydi.

Agar sizda Abu Hurayra bilan Jarir ibn Abdulloh rivoyat qilgan ikki hadis orasidagi tashqi qarama-qarshilik chalkashlik tugʻdirayotgan bo‘lsa, keling, bu ikki hadisni ko‘rib chiqib, ularning ma’nosini tushunib olaylik:

عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً حَسَنَةً، فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا، وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْءٌ، وَمَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً سَيِّئَةً، فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ عَلَيْهِ مِثْلُ وِزْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا، وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْءٌ».

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Islomda bir yaxshi sunnat barpo qilsa va undan keyin shunga amal qilinsa, o‘sha narsaga amal qilganlarning ajricha unga ham ajr yozilib turadi, ularning ajridan hech narsa kamaytirilmaydi. Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin shunga amal qilinsa, o‘sha narsaga amal qilganlarning gunohicha unga ham gunoh yoziladi, ularning gunohidan hech narsa kamaytirilmaydi», dedilar» (Sahihi Muslim, 1017; Termiziy, 2675; Termiziy: «Bu hasan-sahih hadis», degan).

«KIM ISLOMDA YAXSHI SUNNAT BARPO QILSA» HADISINING SABABI

Ushbu hadisning zamirida bir voqea borki, u «yaxshi sunnat paydo qilish» iborasining asl ma’nosini oydinlashtiradi. Imom Muslim bu voqeani Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan, «yaxshi sunnat paydo qilish» jumlasi ham ayni shu voqeaning davomida tilga olingan.

عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ قَالَ: « جَاءَ نَاسٌ مِنَ الْأَعْرَابِ إِلَى رَسُولِ اللهِ عَلَيْهِمُ الصُّوفُ، فَرَأَى سُوءَ حَالِهِمْ قَدْ أَصَابَتْهُمْ حَاجَةٌ، فَحَثَّ النَّاسَ عَلَى الصَّدَقَةِ فَأَبْطَؤُوا عَنْهُ حَتَّى رُئِيَ ذَلِكَ فِي وَجْهِهِ. قَالَ: ثُمَّ إِنَّ رَجُلًا مِنَ الْأَنْصَارِ جَاءَ بِصُرَّةٍ مِنْ وَرِقٍ ثُمَّ جَاءَ آخَرُ، ثُمَّ تَتَابَعُوا حَتَّى عُرِفَ السُّرُورُ فِي وَجْهِهِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ : مَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً حَسَنَةً، فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا، وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْءٌ، وَمَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً سَيِّئَةً، فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ عَلَيْهِ مِثْلُ وِزْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا، وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْءٌ »

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir necha a’robiylar kelishdi. Ularning egnida yungdan bo‘lgan kiyim bor edi. U zot ularning ahvoli yomonligini, muhtojligini ko‘rib, odamlarni (ularga) sadaqa qilishga undadilar. Lekin ular hadeganda beraverishmagan edi, bu narsa(ning asari) u zotning yuzlarida ko‘rindi. Birozdan so‘ng ansorlardan biri hamyonchada kumush olib keldi. So‘ng yana biri olib keldi, so‘ng boshqalar ham birin-ketin olib kela boshlagan edi, u zotning yuzlarida xursandchilik aks etdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Kim Islomda bir yaxshi sunnat barpo qilsa va undan keyin shunga amal qilinsa, o‘sha narsaga amal qilganlarning ajricha unga ham ajr yozilib turadi, ularning ajridan hech narsa kamaytirilmaydi. Kim Islomda bir yomon sunnat paydo qilsa va undan keyin shunga amal qilinsa, o‘sha narsaga amal qilganlarning gunohicha unga ham gunoh yoziladi, ularning gunohidan hech narsa kamaytirilmaydi» (Sahihi Muslim, 1017).

Yana bu haqda Nasoiy rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan:

سَمِعْتُ الْمُنْذِرَ بْنَ جَرِيرٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: كُنَّا عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي صَدْرِ النَّهَارِ، فَجَاءَ قَوْمٌ عُرَاةً حُفَاةً مُتَقَلِّدِي السُّيُوفِ عَامَّتُهُمْ مِنْ مُضَرَ بَلْ كُلُّهُمْ مِنْ مُضَرَ، فَتَغَيَّرَ وَجْهُ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِمَا رَأَى بِهِمْ مِنَ الْفَاقَةِ، فَدَخَلَ، ثُمَّ خَرَجَ فَأَمَرَ بِلَالًا، فَأَذَّنَ ثُمَّ أَقَامَ الصَّلَاةَ فَصَلَّى، ثُمَّ خَطَبَ فَقَالَ: ﴿يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَاءً وَاتَّقُوا اللهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ إِنَّ اللهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا [النساء: ١] وَ ﴿اتَّقُوا اللهَ وَلْتَنْظُرْ نَفْسٌ مَا قَدَّمَتْ لِغَدٍ﴾ [الحشر: ١٨] تَصَدَّقَ رَجُلٌ مِنْ دِينَارِهِ، مِنْ دَرَاهِمِهِ، مِنْ ثَوْبِهِ، مِنْ صَاعِ بُرِّهِ، مِنْ صَاعِ تَمْرِهِ، حَتَّى قَالَ: وَلَوْ بِشِقِّ تَمْرَةٍ » فَجَاءَ رَجُلٌ مِنَ الْأَنْصَارِ بِصُرَّةٍ كَادَتْ كَفُّهُ تَعْجِزُ عَنْهَا بَلْ قَدْ عَجَزَتْ، ثُمَّ تَتَابَعَ النَّاسُ حَتَّى رَأَيْتُ كَوْمَيْنِ مِنْ طَعَامٍ وَثِيَابٍ، حَتَّى رَأَيْتُ وَجْهَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَهَلَّلُ كَأَنَّهُ مُذْهَبَةٌ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً حَسَنَةً فَلَهُ أَجْرُهَا وَأَجْرُ مَنْ عَمِلَ بِهَا مِنْ غَيْرِ أَنْ يَنْتَقِصَ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْئًا، وَمَنْ سَنَّ فِي الْإِسْلَامِ سُنَّةً سَيِّئَةً فَعَلَيْهِ وِزْرُهَا وَوِزْرُ مَنْ يَعْمَلُ بِهَا مِنْ غَيْرِ أَنْ يَنْتَقِصَ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْئًا»

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz erta tongda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. Shunda yalang‘och, yalangoyoq, qilichlarini osib olgan bir bir guruh odamlar kelishdi. Ularning aksariyati, balki hammasi Muzar qabilasidan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning qashshoqligini ko‘rib, yuzlari o‘zgardi va ichkariga kirdilar. So‘ng chiqib, Bilolga azon aytishni buyurdilar. Bilol azon va iqomat aytdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam namozga imomlik qildilar. Keyin xutba o‘qib, shunday dedilar: «Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi qo‘yiladigan Allohdan hamda qarindosh-urug‘laringiz(dan aloqani uzishdan) qo‘rqingiz! Albatta, Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir» (Niso: 1). Soʻngra: «Allohdan qo‘rqinglar va (har bir) jon erta (Qiyomat Kuni) uchun nimani (ya’ni, qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin!» (Hashr: 18). Kishi dinoridan, dirhamidan, kiyimidan, bug‘doyidan bir soʻ, xurmosidan bir soʻ sadaqa qilsin», deb hatto: «Yarimta xurmo bo‘lsa ham (sadaqa qilsin)», dedilar. Shunda Ansorlardan bir kishi qo‘li zo‘rg‘a ko‘taradigan yoki ko‘tara olmaydigan xaltacha keltirdi. Keyin odamlar unga ergashib, sadaqa qila boshladilar. Men ikki uyum oziq-ovqat va kiyimlar to‘planganini ko‘rdim. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning yuzlari xursandchilikdan oltindek porlab ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Islomda yaxshi sunnat barpo qilsa, unga o‘zining ajri va unga ergashganlarning ajri beriladi, ularning ajrlaridan hech narsa kamaytirilmaydi. Kim Islomda yomon sunnat paydo qilsa, unga oʻzining gunohi va unga ergashganlarning gunohi bo‘ladi, ularning gunohlaridan hech narsa kamaytirilmaydi», dedilar» (Sunani Nasoiy, 2554; Hadis hukmi: «Muslimning shartiga koʻra sahih». Manba: Shuayb Arnaut, «Taxriji Mushkil al-Osor», 243).

«KIM ISLOMDA YAXSHI SUNNAT BARPO QILSA» HADISINING MA’NOSI

Qissa mazmunidan va holatdan ayon bo‘ladiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning «Kim Islomda yaxshi sunnat barpo qilsa» degan iborasining ma’nosi: «Kim Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan birini tiriltirsa, yo boshqalarga o‘rgatsa, yoki boshqalarni unga amal qilishga undasa, yoki boshqalar ko‘rib yoki eshitib ergashishlari uchun o‘zi amal qilsa», deganidir. Bunga Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis ham dalil boʻladi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: فَحَثَّ عَلَيْهِ، فَقَالَ رَجُلٌ، عِنْدِي كَذَا وَكَذَا، قَالَ، فَمَا بَقِيَ فِي الْمَجْلِسِ رَجُلٌ إِلَّا تَصَدَّقَ عَلَيْهِ بِمَا قَلَّ أَوْ كَثُرَ، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنِ اسْتَنَّ خَيْرًا فَاسْتُنَّ بِهِ، كَانَ لَهُ أَجْرُهُ كَامِلًا، وَمِنْ أُجُورِ مَنِ اسْتَنَّ بِهِ، وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أُجُورِهِمْ شَيْئًا، وَمَنِ اسْتَنَّ سُنَّةً سَيِّئَةً فَاسْتُنَّ بِهِ، فَعَلَيْهِ وِزْرُهُ كَامِلًا، وَمِنْ أَوْزَارِ الَّذِي اسْتَنَّ بِهِ، وَلَا يَنْقُصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَيْئًا»

«Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam huzurlariga keldi. U zot odamlarni unga sadaqa berishga undadi. Shunda bir kishi: «Mening buncha-buncha narsam bor», dedi. Majlisda unga oz bo‘lsa-da, ko‘p bo‘lsa-da sadaqa qilmagan odam qolmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim bir yaxshi ishni boshlasa va boshqalar unga ergashsa, unga to‘liq ajr hamda unga ergashganlarning savobicha savob yoziladi, ularning savobidan hech narsa kamaytirilmaydi. Kim bir yomon ishni boshlasa va boshqalar unga ergashsa, unga to‘liq gunoh hamda unga ergashganlarning gunohicha gunoh yuklanadi, ularning gunohidan hech narsa kamaytirilmaydi», dedilar» (Ibn Moja, 204; Hadis hukmi «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6014).

DINDA «YAXSHI BID’AT» BORMI?

Yuqoridagi dalillardan aniq va ravshan bo‘ladi-ki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam din masalalarida bid’atga yo‘l qo‘ymaganlar va ba’zilar «bid’at hasana» deb ataydigan narsaga eshik ochmaganlar. Buning quyidagi sabablari bor:

عَنْ جَابِرٍ، قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، يَقُولُ: «… وَشَرَّ الْأُمُورِ مُحْدَثَاتُهَا، وَكُلَّ مُحْدَثَةٍ بِدْعَةٌ وَكُلَّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ، وَكُلَّ ضَلَالَةٍ فِي النَّارِ»

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Amallarning eng yomoni yangi o‘ylab topilganlaridir. Har bir yangi o‘ylab topilgan narsa bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir. Va har bir zalolat do‘zaxdadir», deb qayta-qayta uqtirganlar (Sunani Nasoiy, 1578; Hadis hukmi «sahih». Manba: «Irvoul gʻolil», 3/73).
Shu mazmundagi hadislarni Jobir roziyallohu anhudan Ahmad, Irbod ibn Soriyadan Abu Dovud va Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan Ibn Moja rivoyat qilganlar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam xutbalarini shu eslatma bilan boshlar edilar:

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ ، قَالَ: «كَانَ رَسُولُ اللهِ إِذَا خَطَبَ احْمَرَّتْ عَيْنَاهُ، وَعَلَا صَوْتُهُ، وَاشْتَدَّ غَضَبُهُ. حَتَّى كَأَنَّهُ مُنْذِرُ جَيْشٍ، يَقُولُ: صَبَّحَكُمْ وَمَسَّاكُمْ. وَيَقُولُ: بُعِثْتُ أَنَا وَالسَّاعَةَُ كَهَاتَيْنِ، وَيَقْرُنُ بَيْنَ إِصْبَعَيْهِ السَّبَّابَةِ وَالْوُسْطَى. وَيَقُولُ: أَمَّا بَعْدُ. فَإِنَّ خَيْرَ الْحَدِيثِ كِتَابُ اللهِ. وَخَيْرُ الْهُدَى هُدَى مُحَمَّدٍ. وَشَرُّ الْأُمُورِ مُحْدَثَاتُهَا. وَكُلُّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ».

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xutba qilganlarida ko‘zlari qizarib, ovozlari balandlab, g‘azablari shiddatli tus olardi. Hatto «Oldingizga subhidamdayoq yetib keladi! Oldingizga kechqurun yetib keladi!» deya qo‘shindan ogohlantirayotgandek bo‘lardilar. U zot ikki barmoqlarini – ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juftlab, «Qiyomat bilan men mana shu ikkisidek (ikki barmoqdek yaqin qilib) yuborildim», derdilar. U zot yana: «Ammo ba’d: eng yaxshi so‘z Allohning Kitobidir. Eng yaxshi hidoyat Muhammadning hidoyatidir. Amallarning yomoni bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir», derdilar (Sahihi Muslim, 867).

Agar har qanday bid’at zalolat boʻlsa, qanday qilib «Islomda bid’ati hasana – yaxshi bid’at bor» deyish mumkin?! Allohga qasamki, bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning so‘zlari va ogohlantirishlariga yaqqol qarshi soʻzdir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam kim dinda yangilik paydo qilsa, uning amali rad etilishini va Alloh undan qabul qilmasligini aytganlar.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ فِيهِ فَهُوَ رَدٌّ»

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim ushbu ishimizda (ya’ni, dinimiz, shariatimizda) unda yo‘q narsani paydo qilsa, u marduddir», dedilar» (Sahihul Buxoriy, 2967; Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf rahimahullohning «Oltin silsila: Sahihi Buxoriy» kitobida hadisdagi «ushbu ishimizda» soʻzi «din, shariat nazarda tutilgan» deya izohlangan).

Shunday ekan, qanday qilib birov bid’atni maqbul va unga amal qilish joiz, deb ayta oladi?

BID’ATNING SALBIY OQIBATLARI

Inson bid’at paydo qilib, dinga aloqador bo‘lmagan biror amalni qo‘shsa, u bir-biridan ogʻir bo‘lgan bir nechta yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ulardan:

  • Islom dini nuqsonli ekani, Alloh dinini to‘liq va mukammal qilmagani va uni isloh qilishga ehtiyoj borligi haqidagi tushuncha; Bu Alloh taoloning:
﴿الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا﴾

«Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim» (Moida: 3), degan so‘ziga teskaridir.

  • Din Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning davrlaridan to bu bid’atchi kelib, uni o‘z g‘oyalari bilan to‘ldirgan vaqtgacha mukammal bo‘lmagan, degan fikrni anglatadi.
  • Bid’atni tan olish Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ikki narsadan birida «aybdor» ekanliklarini: yo bu «yaxshi bid’at»dan bexabar qolganlari, yoki bilganlari holda, yashirib, ummatga yetkazmay xiyonat qilganlarini anglatadi.
  • Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, sahobalar va salafi solihlar bu «yaxshi bid’at»ning savobidan mahrum qolganlar-u, bu bid’atchi kelib uning savobini qo‘lga kiritgan. Vaholanki, u o‘ziga-o‘zi: «Agar bu chindan ham yaxshi amal bo‘lganida, oʻsha zotlar mendan avvalroq unga amal qilgan bo‘lar edilar», deyishi kerak.
  • Bid’at eshigini ochish dinni o‘zgartirishga olib boradi va shaxsiy xohish-istaklarga yo‘l ochadi, chunki har bir bid’atchi o‘zi kiritayotgan amal yaxshi ekanligini da’vo qiladi. Shunday ekan, biz kimning fikriga ergashishimiz va ulardan qaysi birini yo‘lboshchi sifatida qabul qilishimiz kerak?
  • Bid’atga ergashish sunnatlarning yo‘qolishiga olib boradi va salafi solihlarning ushbu soʻzlari: «Bir bid’atni tiriltirsang, bir sunnatni o‘ldirasan» degan so‘zlari amalda oʻz tasdigʻini topadi. Qachonki bir bid’at amalga oshirilsa, bir sunnat amal so‘nadi; buning aksi ham to‘g‘ri, yaʻni, qachonki bir sunnat qayta tiklansa, bir bidʻat yo‘q bo‘ladi.

Alloh taolodan bizni havoyi nafs zalolatidan va xoh oshkora bo‘lsin, xoh maxfiy bo‘lsin, har qanday fitnadan asrashini so‘raymiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sochni boʻyash va silliqlashtirish

    Ba’zi odamlarning soch rangini qora yoki qizilga o‘zgartirish uchun moddalar ishlatganini, shuningdek, jingalak sochlarni tekislash uchun boshqa vositalardan foydalanganini ko‘rganman. Bu ruxsat etilganmi va bu masalada yoshlar ham kattalar bilan bir xil hukmga egami?
  • Ayollar sochini qisqartirish

    Ayollarning zaruratdan sochini qisqartirishining hukmi qanday? Masalan, Britaniyada ayollar sovuq havoda qalin sochlarini yuvishda qiynalishgani sababli sochlarini qisqartiradilar.
  • Kasallik sababli soch kesish

    Xotinim sochlarining haddan ziyod to‘kilishidan shikoyat qilmoqda va unga sochini kesish bu holatni kamaytirishini aytishgan. Buni qilish joizmi?
  • Birovning soqolini olish hukmi

    Men musulmonman, soqol qo‘yganman, erkaklar sartaroshxonasining egasiman, bu mening kasbim. Ushbu kasbda mijozlarimning soqolini olaman va sochlarini to‘g‘rilash uchun fen ishlataman. Buning hukmi nima?
  • Soqolni qirish hukmi

    Soqolni oldirish yoki qisqartirishning hukmi qanday?
  • Ayollarni xatna qilish hukmi

    Ayollarni xatna qilish sunnatmi yoki yomon odatmi? Bir jurnalda o‘qiganimda, ayollarni xatna qilish, qanday shaklda bo‘lmasin, tibbiy nuqtai nazardan zararli bo‘lib, ba’zan bepushtlikka olib kelishi mumkinligi aytilgan edi. Shu to‘g‘rimi?