Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Zinokor ayolni uyda qamash oyatining bekor qilinishi
Fatvo: 839

O'qildi: 83

Iyul 7, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Zinokor ayolni uyda qamash oyatining bekor qilinishi

Savol

Ayollarning zino qilgani isbotlanganda, to o‘lgunicha yoki chiqish yo‘li topilguncha o‘z uyida qamab qo‘yilishi haqida kelgan, «Niso» surasining o‘n beshinchi oyatining ma’nosini bilishni istardim. Bu zinokor ayol shu tarzda jazolanishi yoki umrining oxirigacha qamoqqa tashlanishini anglatadimi? Alloh unga yo‘l ochib berishi nima degani? Men Islomni musulmonlarning o‘zlaridan yaxshiroq bilib olmoqchiman. Vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo Niso surasida shunday degan:

﴿وَاللَّاتِي يَأْتِينَ الْفَاحِشَةَ مِنْ نِسَائِكُمْ فَاسْتَشْهِدُوا عَلَيْهِنَّ أَرْبَعَةً مِنْكُمْ ۖ فَإِنْ شَهِدُوا فَأَمْسِكُوهُنَّ فِي الْبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّاهُنَّ الْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ اللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلًا ۝١٥﴾

«Ayollaringizdan birortasi fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘lga solguncha, ularni uylarida saqlangiz!» (Niso: 15).
Ibn Kasir rahimahulloh ushbu oyat tafsirida shunday deydi: « Islomning dastlabki davrida ayol kishining zinoda aybdor ekani adolatli dalillar bilan isbotlansa, u o‘z uyida qamab qo‘yilishi va o‘lgunicha tashqariga chiqarilmasligi haqida hukm chiqarilgan edi. Shuning uchun ham Alloh taolo: «Ayollaringizdan birortasi fohishalik» ya’ni zino «qilsa unday ayollarning ustida o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to bu ayollarga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘lga solguncha, ularni uylarida saqlangiz!», dedi. Alloh ularni solgan yo‘l esa, bu hukmning bekor qilinishidir».
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi: «Avvalida hukm shunday edi, keyin Alloh Nur surasini nozil qilib, bu hukmni darra urish yoki toshbo‘ron qilish bilan nasx qildi». Shuningdek, Ikrima, Said ibn Jubayr, Hasan, Ato al-Xurosoniy, Abu Solih, Qatoda, Zayd ibn Aslam va Zahhokdan ham rivoyat kelgan va bunga ijmo‘ qilingan.

عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ قَالَ: «كَانَ نَبِيُّ اللهِ إِذَا أُنْزِلَ عَلَيْهِ كُرِبَ لِذَلِكَ وَتَرَبَّدَ لَهُ وَجْهُهُ، قَالَ: فَأُنْزِلَ عَلَيْهِ ذَاتَ يَوْمٍ، فَلُقِيَ كَذَلِكَ، فَلَمَّا سُرِّيَ عَنْهُ قَالَ: خُذُوا عَنِّي، فَقَدْ جَعَلَ اللهُ لَهُنَّ سَبِيلًا، الثَّيِّبُ بِالثَّيِّبِ، وَالْبِكْرُ بِالْبِكْرِ، الثَّيِّبُ جَلْدُ مِائَةٍ ثُمَّ رَجْمٌ بِالْحِجَارَةِ، وَالْبِكْرُ جَلْدُ مِائَةٍ ثُمَّ نَفْيُ سَنَةٍ».

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Allohning Nabiysi sollallohu alayhi va sallamga vahiy nozil bo‘layotgan paytda u zot chuqur qayg‘uga cho‘mib qolardilar, yuzlari qorayib ketar edi. Bir kuni u zotga vahiy nozil qilingan edi, xuddi o‘sha holatga tushdilar. Holat u zotdan ketgach, shunday dedilar: «Mendan (hukmni) olinglar! Alloh turmush ko‘rgan erkak bilan yoki bikr bilan zino qilgan ayollar haqida hukm qildi: turmush ko‘rgan erkak bilan zino qilgan juvonga yuz darra, keyin toshbo‘ron qilish, bikr bilan zino qilgan bokiraga esa yuz darra va bir yil surgun qilish» (Sahihi Muslim, 1690).
Bu hadisning boshqa lafzida:

عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «خُذُوا عَنِّي خُذُوا عَنِّي، قَدْ جَعَلَ اللهُ لَهُنَّ سَبِيلًا، الْبِكْرُ بِالْبِكْرِ، جَلْدُ مِائَةٍ وَنَفْيُ سَنَةٍ، وَالثَّيِّبُ بِالثَّيِّبِ، جَلْدُ مِائَةٍ وَالرَّجْمُ».

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Mendan (hukmni) olinglar! Mendan (hukmni) olinglar! Alloh ularga (zinokor ayollarga beriladigan jazoni) shunday hukm qildi: bikr bilan zino qilgan bokiraga yuz darra va bir yil surgun, nikoh ko‘rgan erkak bilan zino qilgan juvonga yuz darra va toshbo‘rondir» (Sahihi Muslim, 1690).

Izoh: Bikr, bokira – turmush ko‘rmagan erkak va ayol. Hadisdagi «nikoh ko‘rgan» deb tarjima qilingan so‘z matnda «sayyib» deb kelgan bo‘lib, uylangan erkak yoki turmushga chiqqan ayolni bildiradi. Zino qilgan paytida xotini yoki eri bor-yoʻqligidan qat’i nazar, hayoti davomida nikoh ko‘rgan odam «sayyib» hisoblanadi».
Qurtubiy rahimahulloh ushbu oyatning tafsirida shunday degan: «Bu [qamoq] Islomning boshida zino uchun birinchi jazo boʻlib, Ibn Abbos va Hasan ning aytishicha, bu Islomning boshlang‘ich davrida boʻlgan». Ibn Zayd yana qo‘shimcha qiladi: «Ular sharʻiy nikohsiz jinsiy aloqa qilganlari uchun jazo sifatida to o‘lgunlaricha nikohdan man qilinganlar». Biroq, bu hukm ma’lum muddatgacha amal qildi. Soʻngra Uboda ibn Somitning hadisidagi: «Mendan (hukmni) olinglar! Mendan (hukmni) olinglar! Alloh ularga (zinokor ayollarga beriladigan jazoni) shunday hukm qildi: bikr bilan zino qilgan bokiraga yuz darra va bir yil surgun, nikoh ko‘rgan erkak bilan zino qilgan juvonga yuz darra va toshbo‘rondir», degan so‘zlari bilan hukm o‘zgardi.
Ba’zi ulamolar: «Ozor berish va ta’na qilish darra urish bilan birga qoladi, chunki ular bir-biriga zid emas, balki bir shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Qamoq masalasiga kelsak, ulamolar ijmo‘si bilan bu narsa bekor qilingan. Alloh biluvchiroqdir.
Foyda to‘liq bo‘lishi uchun «Niso» surasidagi keyingi oyatning tafsirini aytib oʻtish maqsadga muvofiqdir. Unda Alloh taolo shunday deydi:

﴿وَاللَّذَانِ يَأْتِيَانِهَا مِنْكُمْ فَآذُوهُمَا ۖ فَإِنْ تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا عَنْهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ تَوَّابًا رَحِيمًا ۝١٦﴾

«Sizlardan ikki erkak shunday qilsa (ya’ni, bachchabozlik yoki fohishabozlik qilsa), ularni (urib-so‘kish bilan) ta’zirlarini beringiz. Agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va mehribon bo‘lgan Zotdir» (Niso: 16).
Ibn Kasir rahimahulloh ushbu oyatning tafsirida shunday degan: «Alloh taolo «Sizlardan ikki erkak shunday qilsa, ularni ta’zirlarini beringiz», ya’ni buzuq ishlarni qilganlarni jazolanglar, deganidir. Ibn Abbos roziyallohu anhu, Sa’id ibn Jubayr va boshqalar: «Ya’ni ular so‘kish, malomat qilish va poyabzal bilan urish orqali», deyishgan. Alloh bu hukmni bekor qilib, o‘rniga darra urish va toshbo‘ron qilishni joriy qilgunga qadar hukm shu edi. Ikrima, Ato, Hasan va Abdulloh ibn Kasir: «Bu oyat zino qilgan erkak va ayol haqida nozil bo‘lgan», deyishgan.
«Agar tavba qilib, o‘zlarini tuzatsalar» iborasi qilayotgan ishlaridan voz kechib, xulqlarini yaxshilasalar, deganidir. «Ularni tinch qo‘yinglar», ya’ni degani shundan keyin ham ularni yomon so‘zlar bilan koyimaslikdir, chunki gunohidan tavba qilgan kishi hech qachon gunoh qilmagan kishi kabidir. «Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va mehribon bo‘lgan Zotdir».

Buxoriy va Muslim sahihlarida kelgan hadisda:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ يَقُولُ: «إِذَا زَنَتْ أَمَةُ أَحَدِكُمْ فَتَبَيَّنَ زِنَاهَا فَلْيَجْلِدْهَا الْحَدَّ، وَلَا يُثَرِّبْ عَلَيْهَا»

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim: «Agar birortangizning cho‘risi zino qilsa va zino qilgani aniqlansa, unga had ursin, lekin uni haqoratlamasin» ya’ni unga jazo berilgandan so‘ng qilgan ishi uchun malomat qilmanglar, chunki jazo uning qilmishiga kafforatdir», deyilgan.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Sochni boʻyash va silliqlashtirish

    Ba’zi odamlarning soch rangini qora yoki qizilga o‘zgartirish uchun moddalar ishlatganini, shuningdek, jingalak sochlarni tekislash uchun boshqa vositalardan foydalanganini ko‘rganman. Bu ruxsat etilganmi va bu masalada yoshlar ham kattalar bilan bir xil hukmga egami?
  • Ayollar sochini qisqartirish

    Ayollarning zaruratdan sochini qisqartirishining hukmi qanday? Masalan, Britaniyada ayollar sovuq havoda qalin sochlarini yuvishda qiynalishgani sababli sochlarini qisqartiradilar.
  • Kasallik sababli soch kesish

    Xotinim sochlarining haddan ziyod to‘kilishidan shikoyat qilmoqda va unga sochini kesish bu holatni kamaytirishini aytishgan. Buni qilish joizmi?
  • Birovning soqolini olish hukmi

    Men musulmonman, soqol qo‘yganman, erkaklar sartaroshxonasining egasiman, bu mening kasbim. Ushbu kasbda mijozlarimning soqolini olaman va sochlarini to‘g‘rilash uchun fen ishlataman. Buning hukmi nima?
  • Soqolni qirish hukmi

    Soqolni oldirish yoki qisqartirishning hukmi qanday?
  • Ayollarni xatna qilish hukmi

    Ayollarni xatna qilish sunnatmi yoki yomon odatmi? Bir jurnalda o‘qiganimda, ayollarni xatna qilish, qanday shaklda bo‘lmasin, tibbiy nuqtai nazardan zararli bo‘lib, ba’zan bepushtlikka olib kelishi mumkinligi aytilgan edi. Shu to‘g‘rimi?