O'qildi: 474
07.07.2025
/ 12 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari
Savol
Ayollarning oyoq tuklarini qirishi hukmi nima? Bu oʻzini kofirlarga o‘xshatishga kiradimi? Ulamolar bu haqda nima deydilar? Agar ayol eri uchun shunday qilmoqchi bo‘lsa, buning hukmi qanday?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu savolga ilgari javob berilgan. 451 va 742-raqamli fatvolarga murojaat qiling.
Javobning qisqacha mazmuni shunday: oyoqlardagi tuklarni olib tashlash joiz. Qo‘l va oyoq kabi tana tuklarini olish masalasida mazhablarning qarashlariga kelsak, molikiylar ayollarga go‘zalligini ketkazadigan har qanday narsani olib tashlash joizligini, go‘zalligini saqlaydigan har qanday narsani saqlab qolishlari lozimligini aytishgan. Shu sababli, ularga sochlarini qirdirish haromdir («Al-Mavsua al-fiqhiyya», 18/100)
Ayollarning yuz tuklarini, ayniqsa qoshlarini yulishlari, bu borada kelgan qattiq ogohlantirish sababli haromdir. Ayollar ziynatiga oid qoidalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun 9037-savolga murojaat qiling.
Bu javob foydali bo’ldimi?