O'qildi: 125
04.02.2026
/ 16 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzadorga ruxsat berilgan ishlar
Savol
Men kashandaman va juda koʻp chekaman, kuniga taxminan yigirmata sigaret. Chekishni butunlay tashlamoqchiman. Baʼzilar menga nikotin plastirlaridan foydalanishni maslahat berishdi, chunki plastirlar bu borada juda foydali ekan. Mening savolim shuki, Ramazon oyida roʻzadorlik paytida nikotin plastirlaridan foydalansam boʻladimi? Chunki nikotin plastirlari teriga yopishtiriladi va nikotin teri teshikchalari orqali tanaga soʻriladi. Bitta plastir 24 soatga yetadi va faqat 7 ta plastir ishlatish kerak boʻladi. Ishontirib aytamanki, roʻza tutganimda chekishga ehtiyoj sezmayman. Ammo roʻzamni ochishim bilanoq, qoʻlim beixtiyor ravishda sigaretaga choʻzilayotganini his qilaman. Iltimos, menga maslahat bering.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Teri orqali tanaga soʻriladigan moddalar, masalan, yogʻlar, malhamlar va dorivor yoki kimyoviy moddalar bilan toʻldirilgan teriga yopishtiriladigan davolovchi plastirlar, jumladan, tamaki qaramligini davolashda qoʻllaniladigan nikotin yamoqlari (plastirlar) roʻzani buzmaydi. Tanangiz xususida Allohdan qoʻrqing va sharʼan harom boʻlgan chekish bilan tanangizga zarar yetkazmang. Darhaqiqat, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, jasadingning senda haqqi bor», deganlar (Sahihi Buxoriy, 5199).
Allohdan Sizni bu mashʼum xastalikdan xalos etishda madadkor boʻlishini, bizni ham, sizni ham har qanday yomonliklardan asrashini soʻraymiz.
Va sollallohu alayhi va sallam. Vallohu aʼlam.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?