O'qildi: 141
13.02.2026
/ 25 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Urf-odatlar
Savol
Bizda Iordaniyada yangi bir odat paydo bo‘ldi va xalq orasida keng tarqaldi. U ham bo‘lsa, muborak Ramazon oyini nishonlash uchun binolarning old tomoniga va balkonlarga butun oy davomida elektr bilan yoritiladigan hilol (yarim oy) va yulduz osishdir. Bu ish joizmi yoki bunda isrof va nasroniylarning dekabr oyida bezatadigan rojdestvo archasiga taqlid qilish bormi? Odamlarning jaholati ularga uzr bo‘ladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning qisqacha mazmuni:
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan fonuslar va boshqa narsalar bilan ziynat izhor qilishda hech qanday haraj ko‘rmaymiz, lekin bir necha jihatlarga rioya qilish kerak, uning tafsilotini batafsil javobda ko‘ring.
Batafsil javob:
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan xursandchilik bildirish, fonus va boshqa buyumlar bilan bezaklarni namoyish etishning hech qanday moneligi yoʻq, biroq bir necha jihatlarga e’tibor qaratish lozim, jumladan:
Doimiy Qo‘mita ulamolaridan so‘ralgan: «Ba’zi masjidlarda hayit kunlari va boshqa diniy marosimlarda turli rangdagi elektr chiroqlari va gullar bilan bezatish odati bor. Islom bu ishlarga ruxsat beradimi yoki yo‘qmi? Ruxsat etilishi yoki taqiqlanishiga dalil nima?»
Ular shunday javob berishdi:
«Masjidlar Allohning uylari va ular yer yuzining eng yaxshi joylaridir. Alloh taolo u yerda O‘zining tavhidi, zikri va namoz o‘qish bilan ulug‘lanishiga, insonlarning diniy masalalarni o‘rganib, dunyo va oxiratda baxt-saodatga, taqvoga hidoyat topishlariga ruxsat bergan. Masjidlar shirkdan, butlar, shirkiy amallar, bid’atlar va xurofotlardan, nopokliklar, najosatlardan poklash bilan obod etiladi. Bu joylar bekorchi o‘yin-kulgilardan, shovqin-suronlardan, hatto yo‘qolgan narsalarni so‘rab-surishtirish, e’lon qilish kabi umumiy yo‘l va bozorlarga o‘xshatib qo‘yadigan narsalardan asrash bilan e’zozlanadi. Masjidga dafn qilish yoki qabr ustiga bino qurish, surat osish yoki devorga rasm chizish va shunga o‘xshash shirkka olib boradigan, namozxonlarni xayolini chalg‘itadigan, shuningdek, masjidlar nima uchun qurilgan bo‘lsa, shunga zid bo‘lgan narsalardan saqlash bilan ulug‘lanadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam bunga rioya qilganlar, bu u zotning siyratlari va amallaridan ma’lumdir va ummatlariga o‘zlarining yo‘llaridan yurishlari va hidoyatlariga ergashishlari uchun bayon qilganlar. Musulmonlar masjidlarni ulug’lash va ularda Islom shiorlarini qoim qilish bilan obod qilishda amin Rasul sollallohu alayhi va sallamga ergashadilar. U zot sollallohu alayhi va sallamdan bayramlar va tantanalarda masjidlarni yoritib, gullar qo‘yib, e’zozlagani haqida hech bir dalil sobit bo‘lmagan. Bu, shuningdek, xulafoi roshidinlardan ham, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam eng yaxshi asrlar deb guvohlik bergan saodat asridagi hidoyat topgan imomlardan ham ma’lum emas. Vaholanki, o‘sha davrlarda musulmonlar juda taraqqiy etgan, mol-mulklari bisyor bo‘lgan, Islomiy madaniyatdan katta nasiba olgan, dastlabki uch asrda turli xil ziynatlar va ranglar mavjud bo‘lgan. Barcha yaxshilik u zot sollallohu alayhi va sallamning yo‘llariga, xulafoi roshidinlarning yo‘llariga va ulardan keyingi din imomlarining yo‘llariga ergashishdadir.
Bundan tashqari, bayram va tantanalarda masjidlarni bezash va ulug‘lash uchun chiroqlar yoqish, yoki tepasiga, atrofiga yoxud minoralariga fonuslar osish, bayroq va shiorlar osish, gullar qo‘yish g‘ayridinlarning ibodatxona va cherkovlarida qiladigan ishlariga o‘xshaydi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam esa ularning bayramlari va ibodatlarida ularga o‘xshashdan qaytarganlar» («Fatovo Islomiya», 2/20, 21).
«Agar masjidda mavjud yorug‘lik yetarli bo‘lsa, keraksiz ziyodalikda shar’iy foyda yo‘q, yaxshisi bu mablag‘larni boshqa narsaga sarflash lozim» («Majmu’ al-fatovo», 31/206).
Shuni ta’kidlash lozim-ki, «Musulmonlar uchun yarim oy yoki yulduzni ramz sifatida qabul qilish Islom shariatida hech qanday asosga ega emas. Bu narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ham, xulafoi roshidinlar davrida ham, hatto umaviylar davrida ham ma’lum bo‘lmagan, balki keyinroq paydo bo‘lgan… Har qanday holatda ham ramzlar va bayroqlar shariatga muvofiq bo‘lishi kerak. Ularning shar’iyligiga dalil yo‘q ekan, uni tark etish avloroqdir. Hilol (yarim oy) ham, yulduz ham musulmonlarning shiori emas, garchi ba’zi musulmonlar uni shior qilib olgan bo‘lsalar ham».
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?