Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Marhumga bagʻishlanadigan «6 amal» | Mayyitga o‘limidan keyin nima foyda beradi? U tiriklarning gaplarini eshitadimi?
Fatvo: 763

O'qildi: 627

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Marhumga bagʻishlanadigan «6 amal» | Mayyitga o‘limidan keyin nima foyda beradi? U tiriklarning gaplarini eshitadimi?

Savol

Otam ikki hafta avval vafot etdi. Shuni bilmoqchimanki, men va oila a’zolarim uning qabrini ziyorat qilganimizda, u bizni va unga aytayotgan gaplarimizni eshita oladimi? Agar eshita olmasa, gaplarimizni unga eshittirishning biror yo‘li bormi? Iltimos, savolimga tezroq javob bering, chunki buni bilishim zarur. Javob menga boshdan kechirayotgan qayg‘umda yordam beradi deb o‘ylayman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Aslini olganda marhumlar tiriklarning so‘zlarini eshita olmaydilar, chunki Alloh taolo:

﴿وَمَا أَنْتَ بِمُسْمِعٍ مَنْ فِي الْقُبُورِ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), siz qabrlardagi kimsalarga (ya’ni, o‘lik dillariga) eshittira olguvchi emasdirsiz» (Fotir: 22) va yana boshqa oyatda:

﴿فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ الْمَوْتَىٰ﴾

«Aniqki, siz «o‘liklar»ga (so‘zingizni) anglata olmassiz» (Rum: 52), degan.

Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Badr g‘azotidan so‘ng halok bo‘lgan kofirlarga murojaat qilganlarida, Alloh taolo ularni quduq tubida ko‘milgan bo‘lsalar-da, u zotning so‘zlarini eshitishlariga majbur qildi. Bu ulamolar aytganlaridek, oʻziga xos holat boʻlgan (bu haqda «O‘liklarning eshitmasligi haqidagi aniq belgilar» (الآيات البينات في عدم سماع الأموات) kitobida batafsil soʻz yuritilgan).

Ehtimol, otangiz sizni eshitishini xohlashingizning psixologik sababi, siz his qilayotgan ayriliq og‘rig‘ini yengillashtirish uchun aloqa uzilganidan keyin uni tiklashga urinishdir. Singlim, shuni bilishingiz kerakki, Islom tiriklarning qaysi amallari o‘liklarga foyda keltirishini va qabrlarda ularga nima yetib borishini bayon qilgan.

Birinchi: Marhumning haqqiga duo qilish

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: « إِذَا مَاتَ الْإِنْسَانُ انْقَطَعَ عَنْهُ عَمَلُهُ إِلَّا مِنْ ثَلَاثَةٍ: إِلَّا مِنْ صَدَقَةٍ جَارِيَةٍ، أَوْ عِلْمٍ يُنْتَفَعُ بِهِ، أَوْ وَلَدٍ صَالِحٍ يَدْعُو لَهُ ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Inson vafot etgach, uning uch narsadan boshqa (barcha) amali to‘xtaydi: joriy sadaqa, foydali ilm yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzand», dedilar» (Sahihi Muslim, 1631).

Shunday ekan, otangizga vafotidan keyin foyda keltiradigan eng muhim narsa va u qabrda ekanida unga qila oladigan eng katta yaxshiligingiz – uning haqqiga duo qilish, mag‘firat va rahmat so‘rash, jannat va do‘zaxdan najot tilash hamda boshqa ezgu duolarda jiddu-jahd qilishingizdir.

Marhumning haqqiga o‘g‘il-qizlarining istig‘for aytishi – ya’ni unga mag‘firat tilab duo qilishlari – ulug‘ fazilat hisoblanadi. Hadisi sharifda kelganidek:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الرَّجُلَ لَتُرْفَعُ دَرَجَتُهُ فِي الْجَنَّةِ فَيَقُولُ: أَنَّى هَذَا؟ فَيُقَالُ: بِاسْتِغْفَارِ وَلَدِكَ لَكَ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishining jannatda martabasi ko‘tariladi va u: «Bu yerga qanday kelib qoldim?» deb so‘raydi. Unga: «Farzandingning sen uchun mag‘firat so‘rashi sababli», deb javob beriladi», dedilar (Ibn Moja, 3660; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 1617).

Ikkinchi: Marhumning nomidan sadaqa berish

Shuningdek, marhumga yetib borishi mumkin bo‘lgan narsalardan yana biri uning nomidan berilgan sadaqadir.

عَنْ عَائِشَةَ : «أَنَّ رَجُلًا قَالَ لِلنَّبِيِّ : إِنَّ أُمِّي افْتُلِتَتْ نَفْسُهَا، وَأَظُنُّهَا لَوْ تَكَلَّمَتْ تَصَدَّقَتْ، فَهَلْ لَهَا أَجْرٌ إِنْ تَصَدَّقْتُ عَنْهَا؟ قَالَ: نَعَمْ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Onam to‘satdan jon taslim qildi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilar edi. Uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?» dedi. U zot: «Ha», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1388).

أَنْبَأَنَا ابْنُ عَبَّاسٍ : «أَنَّ سَعْدَ بْنَ عُبَادَةَ تُوُفِّيَتْ أُمُّهُ وَهْوَ غَائِبٌ عَنْهَا فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّ أُمِّي تُوُفِّيَتْ وَأَنَا غَائِبٌ عَنْهَا أَيَنْفَعُهَا شَيْءٌ إِنْ تَصَدَّقْتُ بِهِ عَنْهَا قَالَ: نَعَمْ. قَالَ: فَإِنِّي أُشْهِدُكَ أَنَّ حَائِطِيَ الْمِخْرَافَ صَدَقَةٌ عَلَيْهَا».

Ibn Abbos roziyallohu anhumo ma’lum qildi: «Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhuning onasi u yo‘qligida vafot etdi. Shunda u: «Ey Allohning Rasuli, onam men yo‘qligimda vafot etdi. Agar biror narsani uning nomidan sadaqa qilsam, unga manfaat beradimi?» dedi. U zot: «Ha», dedilar. U: «Sizni guvoh qilib ayta­manki, Mixrof chorbog‘im uning uchun sadaqadir», dedi» (Sahihi Buxoriy, 2756).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: «أَنَّ رَجُلًا قَالَ لِلنَّبِيِّ : إِنَّ أَبِي مَاتَ وَتَرَكَ مَالًا، وَلَمْ يُوصِ، فَهَلْ يُكَفَّرُ عَنْهُ أَنْ أَتَصَدَّقَ عَنْهُ؟، قَالَ: «نَعَمْ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Otam vafot etdi. Undan menga mol-mulk qoldi, biroq o‘zi vasiyat qilmadi. Endi uning nomidan sadaqa qilishim uning gunohlariga kafforat bo‘ladimi?» dedi. U zot: «Ha», dedilar» (Sahihi Muslim, 1630).

عَنْ سَعْدِ بْنِ عُبَادَةَ، قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ أُمِّي مَاتَتْ، أَفَأَتَصَدَّقُ عَنْهَا؟، قَالَ: «نَعَمْ»، قُلْتُ: فَأَيُّ الصَّدَقَةِ أَفْضَلُ؟، قَالَ: «سَقْيُ الْمَاءِ»

Sa’d ibn Uboda aytadi: «Men: «Ey Allohning Rasuli, onam vafot etdi. Uning nomidan sadaqa beraymi?» deb so‘radim. U zot: «Ha», dedilar. «Qaysi sadaqa yaxshiroq?», deb so‘raganimda, «Suv berish», deb javob berdilar» (Nasoiy, 3664; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Nasoiy», 3664).

Uchinchi: Marhumning nomidan haj va umra qilish

Shuningdek, marhumga yetib boradigan narsalardan yana biri: tirik odam avval o‘zi uchun haj va umra qilganidan so‘ng, uning nomidan haj va umra qilishidir.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ بُرَيْدَةَ ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: «بَيْنَا أَنَا جَالِسٌ عِنْدَ رَسُولِ اللهِ إِذْ أَتَتْهُ امْرَأَةٌ فَقَالَتْ: إِنِّي تَصَدَّقْتُ عَلَى أُمِّي بِجَارِيَةٍ، وَإِنَّهَا مَاتَتْ قَالَ: فَقَالَ: وَجَبَ أَجْرُكِ، وَرَدَّهَا عَلَيْكِ الْمِيرَاثُ، قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّهُ كَانَ عَلَيْهَا صَوْمُ شَهْرٍ أَفَأَصُومُ عَنْهَا؟ قَالَ: صُومِي عَنْهَا قَالَتْ: إِنَّهَا لَمْ تَحُجَّ قَطُّ أَفَأَحُجُّ عَنْهَا؟ قَالَ: حُجِّي عَنْهَا».

Abdulloh ibn Burayda otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edim, bir ayol kelib, «Men onamga bir joriya bergan edim. (Onam) vafot etib qoldi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga ajring vojib bo‘libdi, endi meros (haqqi) uni senga qaytaradi», dedilar. U: «Ey Allohning Rasuli, (onamning) zimmasida bir oylik ro‘zasi ham bor edi, uning nomidan ro‘zasini tutsam bo‘ladimi?» dedi. U zot: «Uning nomidan ro‘za tutaver», dedilar. U: «U hech haj qilmagan edi, uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?» degan edi, u zot: «Uning nomidan haj qilaver», dedilar» (Sahihi Muslim, 1149).

Toʻrtinchi: Marhumning nomidan roʻza tutish

Yuqoridagi hadis marhumning nomidan ro‘za tutish ham joiz ekaniga dalolat qiladi.

Beshinchi: Marhumning nazrini ado etish

Shuningdek, marhumga foyda keltiradigan yana bir amal – uning nazrini ado etishdir.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ: «أَنَّ امْرَأَةً جَاءَتْ إِلَى النَّبِيِّ فَقَالَتْ: إِنَّ أُمِّي نَذَرَتْ أَنْ تَحُجَّ فَمَاتَتْ قَبْلَ أَنْ تَحُجَّ، أَفَأَحُجُّ عَنْهَا؟ قَالَ: نَعَمْ، حُجِّي عَنْهَا، أَرَأَيْتِ لَوْ كَانَ عَلَى أُمِّكِ دَيْنٌ أَكُنْتِ قَاضِيَتَهُ؟ قَالَتْ: نَعَمْ. فَقَالَ: فَاقْضُوا الَّذِي لَهُ؛ فَإِنَّ اللهَ أَحَقُّ بِالْوَفَاءِ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Onam haj qilishni nazr qilgan edi. Haj qila olmay vafot etdi. Uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Ha, uning nomidan haj qil. Oʻzing ayt-chi, onangning zimmasida qarz bo‘lsa, uni o‘tagan bo‘larmiding?» dedilar. U «Ha», deb javob berdi. «Allohning haqqini ham o‘tanglar, chunki U Zot vafoga eng haqlidir», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 7315).

Oltinchi: Marhumni qurbonlikka sherik qilish

Shuningdek, marhumga foyda keltiradigan yana bir amal – qarindoshi o‘z qurbonligiga uni sherik qilishidir.

عَنْ عَائِشَةَ: « أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: بِاسْمِ اللهِ، اللَّهُمَّ تَقَبَّلْ مِنْ مُحَمَّدٍ، وَآلِ مُحَمَّدٍ، وَمِنْ أُمَّةِ مُحَمَّدٍ. ثُمَّ ضَحَّى بِهِ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bismillah! Allohim, Muhammaddan, oli Muhammaddan va ummati Muhammaddan qabul qilgin» deb, qurbonlik qildilar» (Sahihi Muslim, 1967). Oli Muhammad – Muhammad oilasiga tiriklar ham, vafot etganlar ham kiradi.

Ayollarning qabristonlarni ziyorat qilish masalasiga kelsak, bu haqda oldingi savolda javob berilgan (251-savolga qarang).

Singlim, bilib qoʻying, otangiz haqqiga duo qilish bilan mashg‘ul bo‘lish siz uchun muhimroq va yaxshiroqdir, marhumga esa sizning ovozingizni eshitishi yoki eshitmasligini o‘ylashdan ko‘ra foydaliroqdir. Shuning uchun ham unga, ham o‘zingizga foyda keltiradigan amallarni qilishga harakat qiling. Siz va oilangiz marhum uchun turli marosimlar, jumladan, mayyit dafn etilgandan keyin, uch, yetti, marhumning yigirmasi, qirqi va yili kabi hamda «Fotiha» o‘qish marosimi uchun odamlarni yigʻish, qabr boshida man etilgan ishlarni qilish kabi johillar tomonidan oʻylab topilgan, shar’iy asosi yoʻq va faqatgina taqliddan iborat taqiqlangan bid’atlardan saqlanishingiz lozim va lobud.

Allohdan otangizni mag‘firat qilishini, unga va barcha musulmon marhumlarga rahm qilishini so‘rayman.

Albatta, U Mag‘firatli va Rahmli Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

    Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ramazon kunduzida er-xotinlik qilish xatari

    Maʼlumki, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishining jazosi qul ozod qilish yoki ikki oy ketma-ket roʻza tutish yoxud oltmish miskinga taom berishdir. Bu masalaga oid bir qancha savollarim bor: 1. Agar erkak kishi xotini bilan boshqa-boshqa kunlarda bir necha marta jinsiy aloqa qilsa, uning har bir kuni uchun ikki oydan roʻza tutadimi yoki ikki oy roʻza tutsa, barcha aloqa qilgan kunlari uchun kifoya qiladimi? 2. Agar ushbu jarimaga tushgan kishi yuqorida zikr qilingan hukmni bilmagan boʻlsa, balki har bir yaqinlik kunini bir kun roʻza tutish bilan qazo qilaman deb oʻylagan boʻlsa, bu holatda hukm oʻzgaradimi? 3. Eriga lozim boʻlgan kafforat xotinga ham lozim boʻladimi? 4. Miskinlarni toʻydirish oʻrniga pul toʻlash joizmi? 5. Bir miskinga er va xotini nomidan birgalikda taom berish joizmi? 6. Agar toʻydirishga hech bir miskinni topa olmasa, pulni Riyozdagi «al-Birr» jamiyati kabi xayriya tashkilotlaridan biriga yoki boshqa tashkilotlarga toʻlashi joizmi?