Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bidʼat — dindagi yangiliklar » Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?
Fatvo: 75394

O'qildi: 591

14.01.2026

/ 25 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Rajab oyida ro‘za tutishning xos fazilati bormi?

Savol

Rajab oyida ro‘za tutishning fazli haqida hadislar kelganmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Javobning qisqacha mazmuni

  1. Rajab oyi urush harom qilingan oylardan biridir, lekin xususan Rajab oyi ro‘zasining fazli haqida bironta sahih hadis sobit bo‘lmagan.
  2. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan harom oylarda ro‘za tutish mustahabligiga dalolat qiluvchi rivoyatlar kelgan. Kimda-kim shu sababdan Rajab oyida ro‘za tutsa, shuningdek, boshqa harom oylarda ham ro‘za tutadigan bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Ammo ro‘za uchun faqat Rajab oyini xoslash joiz emas.

 

Rajab oyi harom oylardandir

Rajab oyi Alloh taolo O‘zining kalomida zikr qilgan harom oylardan biridir:

﴿إِنَّ عِدَّةَ الشُّهُورِ عِنْدَ اللَّهِ اثْنَا عَشَرَ شَهْرًا فِي كِتَابِ اللَّهِ يَوْمَ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ مِنْهَا أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ ۚ فَلَا تَظْلِمُوا فِيهِنَّ أَنْفُسَكُمْ﴾

«Albatta, oylarning sanog‘i Allohning nazdida, Alloh osmonlar va Yerni yaratgan kunida belgilab qo‘yganidek, o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rti (urush) harom qilingan (oylar)dir. Mana shu haq dindir (ya’ni, haq hukmdir). Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) o‘zlaringizga zulm qilmangiz!» (Tavba: 36).

 Harom oylar: Rajab, Zulqa’da, Zulhijja va Muharram oylaridir.

عَنْ أَبِي بَكْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «الزَّمَانُ قَدِ اسْتَدَارَ كَهَيْئَتِهِ يَوْمَ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ السَّنَةُ اثْنَا عَشَرَ شَهْرًا مِنْهَا أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ثَلَاثَةٌ مُتَوَالِيَاتٌ: ذُو الْقَعْدَةِ وَذُو الْحِجَّةِ وَالْمُحَرَّمُ وَرَجَبُ مُضَرَ الَّذِي بَيْنَ جُمَادَى وَشَعْبَانَ».

Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Zamon* (Alloh) osmonlaru yerni yaratgan kundagidek holatiga qaytdi. Bir yil o‘n ikki oydir. Shulardan to‘rttasi harom oylar bo‘lib, uchtasi ketma-ketdir: zulqa’da, zulhijja, muharram va jumadul oxir bilan sha’bon o‘rtasidagi Muzarning rajabidir»,* dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3197; Sahihi Muslim, 1679).  (*«Zamon» so‘zi arab tilida «vaqt» degan ma’noni bildirib, har qanday qisqayu uzun vaqt uchun ishlatilaveradi. Bu yerda esa zamon deganda oy va yil nazarda tutilgan. Ularning Alloh osmonlaru yerni yaratgan kundagidek holatiga qaytishi harom oylarning o‘z joyiga qaytishidir. Johiliyatda odamlar harom oylarning o‘rnini o‘zgartirib yuborishar, urush qilgilari kelsa, harom oyni halol qilib olishar, urush qilgilari kelmasa, halol oyni harom oy qilib olishar edi. *Johiliyat davrida Muzar qabilasi rajab oyini boshqalardan ko‘ra ko‘proq ulug‘lagani uchun ushbu oyning nomi ularga nisbat berib ham yuritilgan).

Ushbu oylarning «harom» deb nomlanishining ikki sababi bor:

  1. Dushman boshlamaguncha bu oylarda urush qilish harom bo‘lgani uchun;
  2. Bu oylarda harom qilingan ishlarni sodir etishning gunohi boshqa oylardagidan ko‘ra og‘irroq bo‘lgani uchun.

Shu sababli Alloh taolo ushbu oylarda gunoh-ma’siyatlar qilishdan bizni qaytarib:

﴿فَلَا تَظْلِمُوا فِيهِنَّ أَنْفُسَكُمْ﴾

«Bas, u oylarda o‘zlaringizga zulm qilmangiz!» (Tavba: 36) dedi. Vaholanki, ma’siyat qilish ushbu oylarda ham, boshqa oylarda ham harom va man etilgan ishdir, lekin ushbu oylarda haromlik darajasi yanada og‘irroq bo‘ladi.

Sa’diy rahimahulloh aytgan: «Bas, u oylarda o‘zlaringizga zulm qilmangiz!» jumlasidagi olmosh o‘n ikki oyga tegishli bo‘lishi ehtimoli bor, ya’ni Alloh taolo ularni bandalar uchun o‘lchov qilganini, ularni toat-ibodat bilan obod qilish lozimligini, bu ne’mat uchun Allohga shukr qilishni va bu oylarni bandalar manfaati uchun belgilaganini bayon qildi, shunday ekan, bu oylarda o‘zingizga zulm qilishdan ehtiyot bo‘ling. Shuningdek, olmosh to‘rtta harom oyga tegishli bo‘lishi ham ehtimoldir va bu – har vaqt zulmdan qaytarilgani holda, xususan mana shu oylarda ularning haromligi ziyoda bo‘lgani va bu oylardagi zulm boshqa oylardagidan ko‘ra og‘irroq bo‘lgani uchun eslatma berilmoqda» (Tafsiri Sa’diy: 373).

 

Rajab oyida ro‘za tutishning fazli haqida hadislar kelganmi?

Rajab oyi ro‘zasiga kelsak, uning ro‘zasining fazli haqida xos ravishda yoki bu oydagi xos bir kunda ro‘za tutish haqida bironta sahih hadis sobit bo‘lmagan. Ba’zi odamlarning ushbu oyning ba’zi kunlarini boshqalardan afzal deb e’tiqod qilib, ro‘za uchun ajratishlarining shariatda asosi yo‘q. Biroq, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan harom oylarda (shu jumladan Rajab oyida ham) ro‘za tutish mustahabligiga dalolat qiluvchi rivoyat kelgan.

«عَنْ مُجِيبَةَ الْبَاهِلِيَّةِ، عَنْ أَبِيهَا، أَوْ عَمِّهَا، أَنَّهُ أَتَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، ثُمَّ انْطَلَقَ فَأَتَاهُ بَعْدَ سَنَةٍ، وَقَدْ تَغَيَّرَتْ حَالُهُ وَهَيْئَتُهُ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَمَا تَعْرِفُنِي، قَالَ: «وَمَنْ أَنْتَ؟» قَالَ: أَنَا الْبَاهِلِيُّ، الَّذِي جِئْتُكَ عَامَ الْأَوَّلِ، قَالَ: «فَمَا غَيَّرَكَ، وَقَدْ كُنْتَ حَسَنَ الْهَيْئَةِ؟»، قَالَ: مَا أَكَلْتُ طَعَامًا إِلَّا بِلَيْلٍ مُنْذُ فَارَقْتُكَ، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِمَ عَذَّبْتَ نَفْسَكَ، ثُمَّ قَالَ: «صُمْ شَهْرَ الصَّبْرِ، وَيَوْمًا مِنْ كُلِّ شَهْرٍ»، قَالَ: زِدْنِي فَإِنَّ بِي قُوَّةً، قَالَ: «صُمْ يَوْمَيْنِ»، قَالَ: زِدْنِي، قَالَ: «صُمْ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ»، قَالَ: زِدْنِي، قَالَ: صُمْ مِنَ الحُرُمِ وَاتْرُكْ، صُمْ مِنَ الحُرُمِ وَاتْرُكْ، صُمْ مِنَ الحُرُمِ وَاتْرُكْ «، وَقَالَ: بِأَصَابِعِهِ الثَّلَاثَةِ فَضَمَّهَا ثُمَّ أَرْسَلَهَا»

« Mujiyba Bohiliyya otasi [yoki amakisi] roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, so‘ng qaytib ketdim. Bir yildan keyin ahvolim, ko‘rinishim o‘zgargan holda yana kelib, «Ey Allohning Rasuli, meni tanimayapsizmi?» dedim. «Sen kim eding?» dedilar. «O‘tgan yili oldingizga kelgan Bohiliyman», dedim. «Nima uchun o‘zgarib ketding? Ko‘rinishing yaxshi edi-ku?» degan edilar, «Huzuringizdan ketganimdan keyin faqat kechasigina taom yedim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nima uchun o‘zingni azobga solding?» dedilar-da, so‘ngra: «Sen sabr (Ramazon) oyining ro‘zasini va har oyda bir kun ro‘za tutgin», dedilar. Men bo‘lsa «Ziyoda qiling, quvvatim yetadi», dedim. U zot: «Ikki kun ro‘za tut», dedilar. Men «Yana ziyoda qiling», dedim. U zot: «Uch kun ro‘za tut», degan edilar, yana «Ziyoda qiling», dedim. Shunda u zot: «Haram oylarning ba’zilarida ro‘za tutib, ba’zilarida tutmagin. Haram oylarning ba’zilarida ro‘za tutib, ba’zilarida tutmagin. Haram oylarning ba’zilarida ro‘za tutib, ba’zilarida tutmagin» deb, uchta barmoqlarini bukib-ochib ishora qildilar» (Abu Dovud, 2428; Hadis hukmi: «zaif». Manba: «Zaiful Jome’», 3491).

Agar ushbu hadis sahih bo‘lsa, u harom oylarda ro‘za tutish mustahabligiga dalolat qiladi. Kimki shu sababdan Rajab oyida ro‘za tutsa va boshqa harom oylarda ham ro‘za tutib yurgan bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Ammo ro‘za uchun faqat Rajabni xoslash joiz emas.

Shayxulislom rahimahulloh aytadi: «Rajab oyini xoslab ro‘za tutish borasidagi hadislarning barchasi zaif, balki to‘qima hamdir. Ahli ilmlar bu hadislarning birortasiga suyanmaydilar. Ular fazoilul a’mol bobida rivoyat qilinadigan zaif hadislar turiga kirmaydi, balki aksariyati to‘qima va yolg‘ondir. «Musnad»da va boshqa hadis to‘plamlarida Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan harom oylar: Rajab, Zulqa’da, Zulhijja va Muharramda ro‘za tutishga buyurganlari haqida hadis kelgan. Bu to‘rtta oyni jamlab ro‘za tutish haqidadir, faqat Rajabni xoslab olganlar uchun emas» (Majmu’ al-Fatovo», 25/290).

Ibn Qayyim rahimahulloh aytdi: «Rajab oyida ro‘za tutish va bu oydagi ba’zi kechalarda xos namoz o‘qish haqida kelgan hadislarning barchasi to‘qima, yolg‘ondir» («Al-Manor al-Munif», 96).

Hofiz Ibn Hajar: «Rajab oyining fazli haqida, na uning ro‘zasi, na undan muayyan bir kunning ro‘zasi va na undagi xos bir kechaning tungi namozi haqida hujjat bo‘lishga yaraydigan bironta sahih hadis kelmagan», degan (Tabyin al-Ajab», 11).

Shayx Sayyid Sobiq rahimahulloh esa: «Rajab ro‘zasining boshqa oylardagi ro‘zadan ortiqcha fazli yo‘q, faqatgina u harom oylardan ekani bundan mustasno. Sahih sunnatda bu oydagi ro‘zaning xos fazilati haqida biror hadis kelmagan. Bu borada kelgan hadislar esa hujjatga yaramaydi», degan (Fiqhus Sunna, 1/383).

 

Rajab oyining yigirma yettinchi kuni ro‘za tutishning hukmi nima?

Shayx Ibn Usaymin rahimahullohdan Rajab oyining yigirma yettinchi kuni ro‘za tutish va o‘sha kechada namoz o‘qish haqida so‘raldi. U kishi: «Rajab oyining yigirma yettinchi kunida kunduzi ro‘za tutish va kechasini xoslab namoz o‘qi bid’atdir va har bir bid’at zalolatdir», deb javob berganlar (Majmu’ fatava Ibn Usaymin, 20/440).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qo‘l ko‘tarib duo qilish hukmi

    Savolim farz namozidan keyin salom bergach qo‘l siqishish va undan so‘ng qo‘llarni ko‘tarib duo qilish to‘g‘risida. Alloh subhanahu va taolodan ilm izlashimizda bizga madad berishini so‘rayman.
  • Yarim oy va yulduz Islom ramzimi?

    Musulmonlar uchun yarim oy va yulduz ramzi nimani anglatadi? Saytingiz va kutubxonamdagi manbalarni titkilab, Usmonlilar imperiyasi bayrog‘iga havoladan boshqa hech narsa topmadim. E’tiboringiz uchun rahmat.
  • Dafn marosimida taqiqlangan amallar

    Men sizdan dafn marosimida biz qiladigan quyidagi amallarning Allohning shariatiga muvofiqligi haqida fatvo so‘ramoqchiman:– Marhumning qabri ustida «Fotiha» surasini o‘qiymiz;– Ta’ziya “Muattam”da (ya’ni, marhumning uyida yoki maxsus ajratilgan joyda) uch kun yoki undan ortiq davom etadi va biz u yerda yeb-ichamiz; – Har bir kishidan yigirma besh riyal yig‘ib, marhumning oilasiga beramiz;– Vafotdan uch kun o‘tgach qo‘y yoki shunga o‘xshash hayvon so‘yiladi;– «La ilaha illalloh» deya takbir aytib mayda toshlar teriladi va ular marhumning qabriga qo‘yiladi;– Ayollar baland ovozda yig‘lab-siqtaydilar, yuzlariga uradilar va marhumning yaxshi fazilatlarini tilga oladilar.;– Ayollar marhumga aza tutib dag‘al qora kiyim kiyib olishadi va idda davrida hech qanday ish qilmaydilar, jumladan ovqat pishirish yoki boshqa odatiy yumushlarni bajarmaydilar.
  • Shar’iy dalilsiz kunni xoslash joiz emas

    Rajab oyining o‘n uchinchi, yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma yettinchi kunlari qanday ahamiyatga ega?