O'qildi: 30
Noyabr 2, 2025
/ 11 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Bidʼat — dindagi yangiliklar
Savol
Savolim farz namozidan keyin salom bergach qo‘l siqishish va undan so‘ng qo‘llarni ko‘tarib duo qilish to‘g‘risida. Alloh subhanahu va taolodan ilm izlashimizda bizga madad berishini so‘rayman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Siz tilga olgan ikki amal haqida shariatda biror dalil kelmagan. Shu bois biz sunnatga ergashishimiz va dinga yangidan kiritilgan bid’atlardan uzoq turishimiz lozim. Eng to‘g‘ri yo‘l Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yo‘llaridir. Ishlarning eng yomoni esa dinga yangidan kiritilgan narsalardir, «har bir bid’at — zalolatdir».
Bu yerda taqiqlangan narsa musulmonning boshqa bir musulmon bilan qo‘l berib ko‘rishishi yoki Alloh azza va jallaga duo qilib qo‘l ko‘tarishi emas. Aksincha, bu ikki amalni aynan namozdan keyin salom bergach doimiy ravishda bajarish va uni shu o‘ringa xoslashdan qaytariladi.
Shuning uchun, agar kishi azon bilan iqomat orasida duoga qo‘l ko‘tarsa (chunki bu paytda duo qilish sunnatda tavsiya etilgan), masjidga kirib-chiqarkan uchragan birodarlari bilan qo‘l berib salomlashsa yoki yaqinda ko‘rishmagan birodari bilan qo‘l berib ko‘rishsa — bunga hech qanday zarar yo‘q.
Alloh taoloning marhamati bilan sunnatga amal qilishda va sevimli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yo‘llaridan borishda bizga tavfiq berilishini so‘raymiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?